Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
10.10.2015

SAVOL VA JAVOB

Men O‘zXDP a’zosiman. Shu sababli siyosiy partiyalarga bog‘liq xabar va yangiliklar bilan muntazam tanishib boraman. Meni bir savol qiziqtiradi. Deputatlar faoliyati kafolatlanganmi? Ularning huquqlari qanday muhofaza qilinishi haqida to‘liqroq tushunchaga ega bo‘lishni istardim.

Dilnoza SHANAYEVA,  Toshkent viloyatidan.

 

Qahramon MIRZAYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Albatta, har bir soha vakillarining o‘ziga xos huquq hamda vakolatlari qonunchiligimizda mustahkam kafolatlangan. Xususan, deputatning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasida belgilangan. Unga ko‘ra, har bir deputatga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi.

Deputatning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki o‘zga tarzda javobgar hisoblanadi.

Deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida deputatga qay tarzda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Deputatning ishiga to‘sqinlik qiladigan, bila turib unga yolg‘on axborot beradigan, deputat faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslarga qonunga muvofiq javobgarlik bo‘ladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

So‘nggi yangiliklar: