Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
25.07.2015

DOLZARB QONUN LOYIHALARI KO‘RIB CHIQILDI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida qator qonun loyihalari atroflicha muhokama etildi.

Dastlab «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, sud va prokuratura organlarining tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi rolini oshirish, tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanishi bo‘yicha nazorat mexanizmini takomillashtirish, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlarining noqonuniy harakatlari uchun javobgarlikni kuchaytirish masalalari ko‘zda tutilmoqda. Shu maqsadda qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilyapti.

– Fuqarolik kodeksiga muvofiq, mulk faqat sud qarori asosida musodara qilinishi yoki haq to‘lanmagan tarzda olib qo‘yilishi mumkin, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Dilmurod Sa’dullaev. – Ayni vaqtda amaldagi qonunchilik ayrim nazorat organlarining mulkni musodara qilish huquqini ko‘zda tutadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sud organlarining rolini oshirish maqsadida tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni faqat sud qarori asosida musodara qilish mexanizmini joriy qilish taklif etilmoqda. Shu munosabat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi Qonunning ayrim moddalariga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Fraksiyamiz ta’kidlaydiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining manfaatlari himoya qilinishi ushbu sektordagi ish o‘rinlari kafolatli saqlanishiga, o‘z ishini yo‘lga qo‘yish niyatidagi yurtdoshlarimiz faoliyatini rag‘batlantirishga ham xizmat qiladi. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda aholi bandligining oshishiga mustahkam zamin yaratadi.

Deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ham birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi va atroflicha muhokama etishdi.

Mazkur qonun loyihasida yo‘l harakati qoidabuzarliklarining oldini olish samaradorligini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlashning komputerlashgan boshqaruv tizimini joriy etish, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganida javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga rioya etish  masalalari ko‘zda tutilmoqda. Bu transport vositalari haydovchilarining mas’uliyatini oshirish, yo‘l transport hodisalari oqibatida kelib chiqadigan o‘lim, og‘ir tan jarohati olish kabi noxush holatlarni kamaytirishga, umuman,  fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston XDP fraksiyasi kun tartibidagi boshqa qonun loyihalarini ham elektorat manfaatlari nuqtai-nazaridan kelib chiqib, muhokama qildi va ularni konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatladi.

 

Gulruh ODASHBOYEVA,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

So‘nggi yangiliklar: