O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.10.2019

TILGA EHTIROM ELGA EHTIROM

Baxtiyor ABDUShUKUROV, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori:

— Har qaysi xalqning ona tili va adabiyoti uning milliy ruhi va ozligi, madaniy-ma’rifiy olami, milliy goyasining asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham qachonki istilochi kuchlar el-yurtimizni oziga qaram qilmoqchi bolsa, avvalo, uni oz tili va dinidan, tarixi va madaniyatidan, milliy gururidan judo etishga uringan. Olkamiz qaramlik changaliga tushib qolgan istibdod davrlarida ona tilimizning rivojlanish imkoniyatlari cheklab qoyilgani hech kimga sir emas.

1989 yil 21 oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat mustaqilligi sari qoyilgan dastlabki dadil qadam edi. Istiqlol yillarida ona tilimizni tom manoda davlat tiliga aylantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Xususan. ozbek tilida ish yuritish, hujjatlar tayyorlash boyicha qollanmalar yaratildi, mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya hamda lugatlar, darslik, oquv qollanmalar nashr etildi, 2003 yilga qadar «Atamashunoslik qomitasi» faoliyat yuritdi. Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil qilingan ushbu qomitaning samarali mehnati evaziga muxtoriyat, mamuriyat, mamur, muqobil, hakam, tashrif, insonparvarlik, xususiylashtirish, boshboshdoqlik, qoldiq (saldo), iqtisodiyot, malumotnoma, reja, dastur, uyushma, kengash singari juda kop ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarga doir tushunchalar qaytadan qollanishga kiritildi. Xorijiy terminlarni soz yasalish usullari (soz yasovchi modellar) asosida yangidan yuzaga kelgan yasamalar bilan almashtirish jarayonida ozbek tili lugat fondida oluvchi (adresat), jonatuvchi (adresant), tavsiyanoma (xarakteristika), buyurtma (zayavka), narxnoma (preyskurant), malumotnoma (spravka), fuqarolik (poddanstvo), daxlsizlik (immunitet), ishbilarmon (predprenimatel), tamirchi (restavrator), korik-tanlov singari kopgina terminlar mustahkam ornini topdi.

Ayniqsa, keyingi uch yil ichida bu borada olib borilayotgan say-harakatlarni alohida takidlash lozim. Ozbek tili va adabiyotining oziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli bilan bogliq masalalarni chuqur organish, ozbek tili va adabiyoti fanini oqitish hamda ushbu soha boyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan oshirish maqsadida 2016 yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi buning yorqin isbotidir. Universitetda ozbek tili va adabiyotining xalqimiz manaviy rivoji, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan orniga bagishlangan dolzarb mavzularda muhim ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda, lugatlar, risola, oquv qollanma va darsliklar nashr etilmoqda. Yetuk mutaxassislar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, mazkur yonalishda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosini isloh qilish va imlo qoidalarini takomillashtirish masalalariga katta etibor berilmoqda. Bu yerda ozga tilli guruhlarda ozbek tili, noshirlik ishi, folklorshunoslik va dialektologiya, adabiyotturkologiya, oliy adabiyot kursi, gid hamrohligi va turizm kabi yangi talim yonalishlari hamda mutaxassisliklar faoliyati yolga qoyildi. Universitet rahbariyati, professor-oqituvchilari tashabbusi bilan Amerika, Fransiya, Angliya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Shvetsiya singari davlatlarning qator oliy talim muassasalarida ozbek tili kurslari, fakultet va markazlar ochildi. Bir soz bilan aytganda, tilimiz siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy-marifiy jabhalarda faol qollanib, xalqaro minbarlarda baralla yangray boshladi.

Ayni paytda, tilimizning rivoji, keng qamrovli qollanishi, shuningdek, davlat va jamiyat hayotidagi tasiri hamda mavqeini yanada oshirishga tosiq bolayotgan qator dolzarb muammolar ham borki, ular kishi konglini xira qiladi. Bular:

- OAV, internet, xususiy kongilochar nashrlar, telekanal va radiokanallar, bazi idora hamda tashkilotlarda davlat tili qoidalariga amal qilmaslik;

- metro, kochalardagi reklama, elon, bekatlar va avtobuslardagi yozuvlarda uchraydigan koplab imloviy xatolar;

- qahvaxona, toyxona, dokonlar, turli firmalar va masuliyati cheklangan jamiyatlar, xizmat korsatish shoxobchalari, garchi, xorijiy mablaglar yordamida ishlamasa-da, ularning chet tilida nomlanishi;

- mahsulotlar, tovarlar, jihozlar, uy-joylar, qurilish materiallari oldi-sotdisi, avtomobillarga servis xizmati korsatish shoxobchalari bilan bogliq elonlarning ozga tilda berilishi;

- teleboshlovchilarning shevaga xos sozlarni ishlatishi, ular nutqidagi uslubiy galizliklar, korsatuvlar va kundalik muloqotlarda chet sozlarni aralashtirib qollash, xususiy telekanallardagi korsatuvlarning manaviyatimizga yot mazmun va shaklda nomlanishi;

- Davlat tili togrisida va Reklama togrisidagi qonunlardagi ayrim moddalarning bir-birini inkor qilishi;

- fundamental tadqiqotlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilining tolaqonli qollanmayotgani bilan bogliq masalalar;

- ozbek tilining shevalari, tarixiy taraqqiyoti bilan bogliq ilmiy tadqiqotlar samarasini oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash va hokazo.

Qolaversa, bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oz milliy manfaatlarini taminlash, bu borada avvalo, oz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishni kun tartibiga qoymoqda. Shu manoda, Prezidentimizning Ozbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinganining ottiz yilligini keng nishonlash togrisidagi qarori, 21 oktabr kuni hukumat miqyosida ozbek tiliga davlat tili maqomi berilganining ottiz yilligiga bagishlangan tantanali marosimning tashkil etilishi va unda davlat rahbarining nutq sozlashi xalqimiz, avvalo, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy anana, qadriyatlarimizga muhabbat hamda sadoqat ruhida tarbiyalashda ozbek tilining ahamiyati tobora ortib boryotganini korsatadi.

Shuningdek, ozbek tili bayramining mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng nishonlanishi xalqimizning milliy ruhi va gururini yuksaltirish bilan birga, davlat tilini hayotimizda tolaqonli joriy etishga xizmat qiladi. Prezidentimizning kuni kecha elon qilingan davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmogida munosib orin egallashini taminlashga qaratilgan Ozbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni qayd etilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda muhim dasturi amal vazifasini otaydi. Mamlakatimizda davlat tilini tolaqonli joriy etishni kozda tutgan, goyat zurur paytda imzolangan mazkur farmonga muvofiq 21 oktabr sanasi Ozbek tili bayrami kuni sifatida etirof etildi. Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Farmonda departamentning asosiy vazifalari ham belgilab berildi. Xususan: davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili togrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boyicha faoliyatini muvofiqlashtirish; ozbek tilining yozma nutqi meyor va qoidalarini ishlab chiqish boyicha hamda lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosini toliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish; ilmiy asoslangan yangi soz va atamalarni istemolga kiritish, zamonaviy atamalarning ozbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qollanishini taminlash, geografik va boshqa toponimik obektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish; davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qollab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Farmonga asosan Davlat tili haqidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqilishi, xorijiy davlatlar tajribasini chuqur organgan holda ilmiy asoslangan yangi soz va atamalarni rasmiy istemolga kiritish boyicha Atamalar komissiyasini tashkil etilishi ozbek tilining davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bolib maydonga chiqishida, shu bilan birga, atamalar unifikatsiyasini otkazish, terminologik apparatning mukammalligini taminlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

2020-2030 yillarda ozbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihasini tayyorlash masalasi esa davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida bugun mamlakatimizda yana bir muhim qadam tashlanganining dalilidir.

Zikr etilgan dasturdan boshqa meyoriy hujjatlarda kuzatilmagan mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarga davlat tilini organish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish; xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va ozbek tilini organish istagida bolgan chet el fuqarolari uchun ozbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, ozbek tilini orgatish boyicha maxsus kurslarni tashkil etish singari yonalishlarning orin olishi ozbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayoti va xalqaro miqyosdagi obro-etiborini tubdan oshirishga komaklashadi.

Darhaqiqat, bugun Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari qadam tashlayotgan mamlakatimizda davlat tili masalasi milliy goyamizning asosiy tamoyillaridan biriga aylandi. Prezidentimiz takidlaganidek, har birimiz davlat tiliga bolgan etiborni mustaqillikka bolgan etibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.

Xulosa shuki, milliy manaviyatimizning ozagi, xalqimiz mavjudligi va tirikligining belgisi hisoblangan, qolaversa, bugun bizning kimligimizni butun jahonga namoyish qilayotgan boy tilimizni koz qorachigidek asrab-avaylashimiz, uning kelgusidagi taqdiri uchun qaygurishimiz lozim. Zero, tilimizning rivoji mamlakatimiz taraqqiyotini taminlovchi omillardan biridir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: