O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.05.2019

BOLALARNING GAPIRISH HUQUQI KAFOLATLANADI

Feruza ESHMATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Mustahkam oila barpo etish, ogil-qizlarni kamolga yetkazish uchun intiladigan, bolalarning baxtidan quvonadigan xalqmiz.

Binobarin, Konstitutsiyamizda bola huquqlariga alohida urgu berilgan. Unda har bir bolaning jinsidan, irqidan, millatidan, tilidan, diniy qarashlari va etiqodlaridan, ijtimoiy kelib chiqishidan qati nazar, qonun oldida tengligi, shaxsiy huquq va erkinliklari, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari kafolatlangan. Jumladan, Asosiy qonunimizning 64-moddasida ota-onalar oz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanligi belgilangan. Davlat esa yetim hamda ota-ona vasiyligidan mahrum bolgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oqitish ishlarini oz zimmasiga olgan. Shuningdek, bolalar huquqlari va manfaatlariga taalluqli muhim xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilindi.

Masalan, bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi qonunda bolalarning huquqiy manfaatlarini taminlash va himoya qilishda ota-onalar, mahalla, talim muassasalari, davlat organlari va keng jamoatchilikning vazifalari, umuman, bu borada davlat siyosatining asosiy yonalishlari belgilab qoyilgan. Harakatlar strategiyasida ham ushbu masalalarga oid ustuvor vazifalar belgilangan.

Sohaga doir qator xalqaro hujjatlar qabul qilinishi, qonun hujjatlarining kuchga kirishi asosida mazkur huquqiy tamoyillar yanada takomillashmoqda. Xususan, Prezidentimizning aprel oyida elon qilingan bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori bola huquqlarini kafolatlashga hizmat qilishi bilan ahamiyatli.

Qarorda bolalar huquqlarini himoya qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratishga oid milliy harakatlar dasturi tasdiqlanishi belgilab berilgani mazkur hujjatning natijadorligini oshiradi. Muhim yangi tashabbuslardan biri shundaki, Jinoyat kodeksini BMTning bola huquqlari togrisidagi konvensiyasiga doir fakultativ protokolga muvofiqlashtirish nazarda tutildi. Shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash togrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqilib, qabul qilinishi ularning huquqlarini taminlab berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, bugungi kunda amaldagi bir qator qonunlarga, jumladan, bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi, huquqbuzarliklar profilaktikasi togrisidagi qonunlarga, Jinoyat kodeksiga ozgartirish va qoshimchalar kiritish orqali qonunchilik bazasi yanada mustahkamlanadi.

Alohida takidlash lozimki, bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boyicha shu kungacha alohida institut mavjud emasdi. Endilikda Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) orinbosari bola huquqlari boyicha vakil lavozimi joriy etilib, faqat bolalar huquqlarini taminlashga komaklashuvchi sektor tuzilishi bolalarning huquqlari himoyasi kuchayishiga keng imkoniyatlar yaratadi.

Qarorning eng ahamiyatli jihatlaridan yana biri bolaning manfaatlariga aloqador masala hal etilayotganida, uning fikri tinglanishini taminlovchi mexanizm shakllantirilishidir. Oqilona va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bolgan bola, yoshidan qati nazar, har qanday holatda oz fikrini ifoda qilishga haqli ekani qonun yoli bilan mustahkamlab qoyilishi dolzarb masala hisoblanadi.

Aholi bilan uchrashuvlarda xalqimiz tomonidan kop kotariladigan masalalardan biri qizlarning nikoh yoshini 18 yoshga kotarish edi. Ushbu qaror bilan xalqimiz xohish-istagi amalga oshirildi. Yani, joriy yilning 1 sentabridan boshlab nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun bir xil 18 yosh etib belgilandi. Bu esa qonunchiligimizning xalqaro huquqiy hujjatlarga mos ravishda takomillashtirilishi hisoblanadi.

Bir soz bilan aytganda, mazkur qarorning hayotga tatbiq etilishi bolalar huquqlarini taminlashga yonaltirilgan tizimli say-harakatlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Farzandlarimizning baxtli bolishdek ezgu niyatlarini amalga oshirishga barchamiz masulmiz va bu jarayonda yakdil bolib faoliyat olib bormogimiz zarur.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: