O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
22.04.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi togrisida»gi qaroriga

SH A R H

Kommunal soha mamlakatimiz hududiy infratuzilmasining eng muhim tarkibiy qismini tashkil etadi, uning faoliyati esa odamlarimizning munosib hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantiradi, uy-joylar va aholi punktlarining har jihatdan shinam va qulay bolishini taminlaydi.

Mazkur sohaning taraqqiyot darajasi va faoliyat samaradorligi aholining shunga mos hayot sifatini shakllantiradi, turmush darajasi va hayot tarzini aks ettiradi, iqtisodiy salohiyatni yanada yuksaltirish omillaridan biri bolib xizmat qiladi. Bularning barchasi ozaro bogliq bolib, sifatli xizmat — soglom jamiyat garovidir.

Mustaqillik yillarida Ozbekistonda aholini sifatli ichimlik suvi bilan taminlashni yaxshilash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirildi. Respublikamizda ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirishga oid muhim ustuvor yonalishlar, dastur va loyihalarning izchil amalga oshirilishi shahar va tumanlarda, jumladan, qishloq joylarda markazlashtirilgan ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya xizmatlarini sezilarli ravishda yaxshilash imkonini berdi.

Faqat 2011-2016 yillarda mamlakatimizda qariyb 13 ming kilometrdan iborat yirik suv quvurlari va tarmoqlari, bino va inshootlarda 1 ming 600 dan ortiq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1 ming 400 ta suv minorasi va rezervuari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi.

Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlarining grant va kreditlarini jalb etish hisobidan ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bolmagan koplab aholi punktlari talabga javob beradigan ichimlik suvi taminoti bilan qamrab olindi.

Shu bilan birga, ayrim aholi punktlarini, eng avvalo, Qoraqalpogiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi aholi maskanlarini sifatli ichimlik suvi bilan taminlashga oid qator muammolar hanuzgacha hal etilmasdan qolmoqda.

Yurtimizda oilalar va mahallalar soni muntazam kopayib, yuzlab yangi turar joy mavzelari, aholi punktlari barpo etilayotgani va shaharlarning kengayib borayotgani ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya tizimini tubdan yaxshilash borasida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bu chora-tadbirlar energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida suv chiqarish va kanalizatsiya-tozalash inshootlari, suv otkazgichlar, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilishi lozim.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi togrisidagi qarori ana shu muhim vazifalarni hisobga olgan holda qabul qilingan va u aholining keng qatlamlari, ayniqsa, qishloq aholisi uchun yanada qulay va munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, 2017-2021 yillarda mamlakatimizda ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya xizmatlari korsatish samaradorligini oshirish, istemolchilarning barcha hududlarda sifatli ichimlik suvidan foydalanishini taminlashga qaratilgan.

Mazkur qaror bilan, xususan, quyidagi dastur va loyihalar tasdiqlanmoqda:

10,2 ming kilometr ichimlik suvi quvurlari va tarmoqlari, 1677 ta suv chiqarish qudugi, 1744 ta suv minorasi va rezervuari qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, 1440 dona nasos uskunasini ornatish nazarda tutilayotgan tumanlar va aholi punktlari boyicha 2017-2021 yillarda ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining yigma va manzilli parametrlari;

20 ta ichimlik suvi taminoti obyektini qurish va rekonstruksiya qilish, 302 kilometrdan iborat suv otkazish va vodoprovod tarmoqlarini barpo etish boyicha yirik loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan 2017-2021 yillarda mintaqalararo ahamiyatga molik ichimlik suvi taminoti tizimlari va ota muhim obyektlarni barpo etish hamda rekonstruksiya qilish boyicha manzilli dastur;

xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb etgan holda, respublikamiz hududlarida 36 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadigan 2017-2021 yillarda Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda ichimlik suvi tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi.

Dasturni 2017-2021 yillarda moliyalashtirish uchun 4,8 trillion som, jumladan, davlat byudjetidan 2,2 trillion som, xalqaro moliya institutlarining 2,6 trillion som yoki 730,7 million dollar miqdoridagi mablaglari yonaltiriladi.

Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va Dasturning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun Idoralararo ishchi komissiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, qarorda Toza ichimlik suvi jamgarmasini tashkil etish nazarda tutilgan bolib, uning mablaglari mamlakatimizda ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishga, respublikamiz aholisi, ayniqsa, qishloq aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taminlashga yonaltiriladi.

Bundan tashqari, qarorda ichimlik suvi taminoti tizimi obyektlaridan yanada ishonchli foydalanish maqsadida har bir aholi punktidagi ichimlik suvi taminoti obyektlarini pasportlashtirish va ichimlik suvi taminoti tizimi obyektlarining elektron malumotlar bazasini yaratish nazarda tutilgan.

Ushbu qarorning amalga oshirilishi:

birinchidan shahar va tumanlar, qishloq va mahallalarda ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya tizimlarini tubdan yaxshilash;

ikkinchidan aholini markazlashgan ichimlik suvi taminoti bilan qamrab olishni respublikamiz miqyosida 84 foizga, bir qator hududlarda esa 90 foizga yetkazish;

uchinchidan aholi keng qatlamlari, ayniqsa, qishloq aholisi uchun yanada qulay va munosib ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.

Bir soz bilan aytganda, ushbu muhim hayotiy vazifalarning amalga oshirilishi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, shahar va qishloqlarimizning yanada obod bolishi, xalqimizning hayot darajasi va sifati yuksalishiga xizmat qiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: