O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
21.05.2020

QONUNNING MUKAMMALLIGI

loyihaning puxtaligida

Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi aslida bir-biriga yaqin tushunchalar bolib, mazkur atamalar mamlakat qonunchiligida yangi me’yorlar bilan mustahkamlanishi yuzasidan muhokamalar olib borildi. Yani, ov qilish, deb tabiatda erkin holatda yashayotgan yovvoyi hayvonlarni (ularning yashash faoliyati mahsulotlarini) tutish maqsadida ularni izlash, ularning iziga tushish va ularni taqib qilish, tutishga urinish yoki tutishga aytiladi.

Ovchilik xojaligi esa hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga doir biotexnik tadbirlarni otkazish, yovvoyi hayvonlar soni hamda tutiladigan yovvoyi hayvonlarning hisobini yuritish faoliyatini amalga oshiradi. Shu maqsadda yuridik va jismoniy shaxslarning ovchilik xizmatlari korsatishi uchun ularga ov qilish joylari osha hududda tashkil etiladi.

Ushbu tushunchalar kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi tomonidan videomuloqot shaklida otkazilgan navbatdagi yigilishda korib chiqilgan «Ov qilish va ovchilik xojaligi togrisida»gi qonun loyihasidan orin olgan. Mazkur hujjatda ov qilish bilan bogliq munosabatlar tartibga solinishi nazarda tutilgan. Malumotlarga kora, hozir mamlakatimizda 40 mingga yaqin ovchi bor ekan. Loyihada yana qator masalalar qamrab olingan bolib, ularning ayrimlari fraksiya azolarining etirozlariga sabab boldi.

Sharofiddin NAZAROV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

— Odam ozini himoya qilish uchun noyob hayvonni oldirishga majbur bolsa, u javobgarlikka tortiladimi? Aytaylik, kutilmaganda odamga hujum qilgan ayiq yoki boridan ozini himoyalash maqsadida oqotar qurol bilan emas, tosh, otkir tigli yogoch yoki boshqa biror-bir qattiq jism bilan urib oldirilsa, qanday chora koriladi? Misol uchun, otgan yili Qashqadaryoda shunaqa holat roy berdi. Ayiq hujumidan himoyalanmoqchi bolgan odam javobgarlikka tortildi. Ov qilish uchun ruxsatnomasi bolgan xojalik xodimini topib kelishning imkoni bolmagan bu kabi vaziyatda odam ozini qay yosinda himoya qilishi kerak?

Yana bir masala: qishloqni oralab otgan kanaldan baliq ovlash uchun kanalning kattasidan ruxsat olishga togri keladimi? Baliq ovlashning ishqibozlari kop boladi. Odatda ularga qarmoqqa ilingan oljadan kora, ana shungacha bolgan jarayon maroqli va muhimdir. Taklif etilayotgan loyihada korsatilgan ruxsat olish bilan bogliq meyor ov qilishni sanat bilgan va bundan zavqlanadigan insonlar orasida etiroz tugdirishi mumkin. Ov qilish va ovchilik xojaligi togrisidagi qonun loyihasida bu kabi holatlarga toliq yechim berilishi kerak.

* * *

Internet va raqamli iqtisodiyot rivojlangani sari jinoiy daromadlarni yashirish, qonuniylashtirish, pul yuvish imkoniyatlari kopaymoqda. Xususan, kriptoaktivlar bilan bogliq zararli va xavfli harakatlar Ozbekistonda ham kuzatilayapti. Ayni paytda parlamentdagi OzXDP deputatlari ana shunday jinoiy harakatlarni cheklashga qaratilgan qonun loyihasini ham korib chiqdi. Fraksiya kun tartibidagi mazkur masalaga aloqador qonun loyihasi qizgin bahs-munozaralarga sabab boldi. Deputatlar moddalar aniq emasligi, bu ertaga har xil talqinlarga olib kelishi mumkinligini takidlab, qonun loyihasiga etirozlar bildirdi. Taqdim etilayotgan hujjatda kriptoaktiv tushunchasi ochib berilmagani, qonunchilikda mavjud bolmagan tushuncha yuzasidan meyorlar joriy etish qonun ijodkorligi tartib-qoidalariga mos emasligi takidlandi. Har bir taklif yozma ravishda qonun ijodkorlariga taqdim etilishiga kelishib olindi.

Shu kuni fraksiya yigilishida Ozbekiston Respublikasining mamuriy-hududiy tuzilishi togrisidagi, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga qoshimcha kiritish haqidagi, Boguvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qollanilishini taqiqlash togrisidagi Protokolga (Jeneva, 1925 yil 17 iyun) Ozbekiston Respublikasining qoshilishi haqidagi va yana boshqa qator qonun loyihalari atroflicha muhokama qilindi. Har bir masala yuzasidan deputatlar takliflari, fikr-mulohazalari bildirildi.

Ozbekiston XDP fraksiyasi azolari bundan keyin ham qonun loyihalari boyicha ozlarining qatiy pozitsiyalarida qolishi, xalq manfaatiga xizmat qiluvchi qonunlar yaratilishi tarafdori sifatida faoliyatini davom ettirishi alohida takidlandi.

Zilola UBAYDULLAYeVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: