O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
18.02.2020

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI MOYNOQDA

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand davlat universiteti boshlangich tashkiloti yetakchilari hamda bir guruh faol talabalar Qoraqalpogistonning Moynoq tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Orolboyiga borishdi.

Samarqanddan roppa-rosa on ikki soatda yetib kelgan poyezd Nukus vokzalida toxtadi. Yolning uzoqligi va charchogiga qaramasdan, faol yoshlar “Qaydasan, Moynoq?”, deya manzil sari oshiqdilar.

Odatda Orolboyi haqida gapirilganda, koz oldimizga keng sahro va chol keladi. Ammo talabalarning ilk taassurotlari kutilganidan boshqacha boldi. Nigohlar hayhotdek chol qoynida obod va orasta, zamonaviy shaharga tushdi, bundan benihoya hayratlanishdi.

SamDU talabalari Prezidentimiz tashabbusi, sa’y-harakati bilan bu maskanda amalga oshirilgan ozgarishlarga, zamonaviy infratuzilma takomilga yetayotganiga bevosita guvoh boldi. Betakror inshootlar, sport va umumtalim maktablari, savdo va madaniy-maishiy binolar, yoshlar mehnat guzarlari, Nuroniylar maskani, maktabgacha talim muassasalari barpo etilgani aholiga koplab qulaylik yaratilgani kishi qalbini faxrga toldirdi. Bu yerda ekologik vaziyatni yaxshilash, aholining yashashi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida hamjihatlik bilan kurashayotgan zamondoshlarimizni korish mumkin.

Shu kunlarda 2017-2021 yillarga moljallangan Davlat dasturi asosida Moynoq tumanida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qongirotdan Moynoqqacha bolgan 101 kilometrlik masofaga quvur yotqizilib, bu yerga toza suv keltirildi, odamlarning asriy orzusi royobga chiqdi.

Yol-yolakay Moynoq biqinidagi ayanchli manzaralar talabalarni befarq qoldirmadi. Ular Orol muzeyi, Kemalar qabristonini ham borib korishdi. Otgan asrning fojiasiga birinchi bor robaru kelgan yoshlarning qalbi titradi.

Chol qarida yoqolib ketgan Orol dengizining rutubatli manzarasi guvohi boldik, deydi yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti yetakchisi Husan Toxtayev. 1960 yillardagi dengiz xaritasini kozdan kechirdik. Ming afsuski, bugun mana shunday katta dengizda suv yoq. Yigirmanchi asrning eng katta fojiasi, insoniyat oldidagi katta sinov, ekologik tanazzul edi bu manzaralar. Aslida, Orol dengizining maydoni 66458 kvadrat kilometr, ortacha chuqurligi 20-25 metr, eng chuqur joyi esa 67 metr bolgani haqida ilmiy asoslar mavjud. Bugun esa mana shu ulkan suv havzasi deyarli kolmakka aylanib qolgan. Dengizning suvi keyingi 50-55 yilda 15 martadan ziyod kamayib, suv sathi 25 metrga pasaygan, hududda 5,5 million gektar tuzli qum maydonlari hosil bolgan. Bu bizning tabiatga bolgan munosabatimizni ozgartirishga, tabiat nematlarini asrashga undaydi. Hozir bu yerda minglab gektar maydonlarga chol giyohlari, saksovul va iqlimga mos, chidamli nihollar ekilmoqda. Orol dengizining qurigan hududida iqlimbop qandim, cherkes singari osimliklar ekilib, tuzli chang-tozon kochishining oldi olinayapti. Qum barxanlari kochishining, tuzlanishning shashti pasaytirilmoqda. Bunga talabalar ham oz hissasini qoshdi.

Samarqand davlat universitetining 15 nafar talabasi bilan saksovul ekiladigan chol hududiga keldik, deydi Allayor Norboyev. Biz 2 gektar maydonga saksovul ekdik. Mutaxassislar fikricha, saksovulning kokarishiga 20 foizgacha kafolat bor ekan. Shamol, chang-tozonga qaramasdan, koplab fidoyi yurtdoshlarimiz ushbu ezgu hasharda ishtirok etmoqda. Otqazilgan saksovullar kelajakda tabiatimizning, ekologik muhitning yaxshilanishiga xizmat qilishidan umidvormiz.

SamDU yoshlari otgan yili ham professor-oqituvchilar va talabalar bilan Orolboyiga borib, ilmiy izlanishlar otkazgan holda daraxtlar ekkandi. Bu anana davom etmoqda. Zero, Vatanimizning har bir qarich yeri uchun barchamiz birdek masulmiz.

Amriddin ZAYNIYeV,

Samarqand davlat universitetining

2-bosqich talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: