O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
16.12.2019

KONSTITUTSIYA VA QONUN USTUVORLIGINI TAMINLASh, BU BORADA JAMOATChILIK NAZORATINI KUChAYTIRISh HAMDA JAMIYaTDA HUQUQIY MADANIYaTNI YuKSALTIRISh BOYIChA QOShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Ma’lumki, mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taminlash demokratik huquqiy davlat barpo etishning bosh mezoni bolib kelmoqda.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlarning samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taminlash bilan bevosita bogliqdir. Shuning uchun ham hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida mehnat qilayotgan insonlar, birinchi navbatda, rahbar xodimlar, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini togri tashkil etishi, bu qoidalarga butun jamiyat azolari qatiy amal qilishi shart bolgan muhitni yaratish goyat muhim va dolzarb vazifaga aylanmoqda.

Mamlakatimizda jadal suratlar bilan olib borilayotgan ozgarish
va yangilanishlar negizida, avvalambor, Konstitutsiyamizda belgilangan
davlat organlarining xalq manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi haqidagi qoidani amalda tatbiq etishdek ezgu maqsad mujassam ekani ham aynan shuni taqozo etmoqda.

Bu borada Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash uchun koplab yangi qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilinayotgani muhim ahamiyatga ega bolmoqda.

Ayni vaqtda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taminlash qonun buzilishi bilan bogliq salbiy oqibatlarga qarshi samarali kurashishni hamda bunday holatning barvaqt oldini olishga qaratilgan tasirchan tizimni shakllantirishni talab etmoqda.

Qonuniylikni mustahkamlashda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish goyat muhim ahamiyatga ega bolib, bu har bir shaxsda qonunlarga, inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bolishni hamda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirishni kun tartibiga eng asosiy masala qilib qoymoqda.

Shu bilan birga, Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratining tasirchan shakllarini joriy etish, ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga har qanday shaklda tazyiq otkazishga yol qoyilmaslik ham alohida ahamiyatga egadir.

Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, qonun ustuvorligini sozsiz taminlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishda jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish hamda bu jarayonda ommaviy axborot vositalari ishtirokini kengaytirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagishlangan tantanali marosimda belgilab berilgan vazifalarga muvofiq Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi orinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Dasturni amalga oshirishning asosiy maqsadi etib quyidagi pirovard natijalarga erishish belgilansin:

Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari qonunlarga toliq muvofiq bolishini taminlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga kotarish, huquqiy axborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazish, har bir fuqaro va mansabdor shaxslarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat hissini shakllantirish;

Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalarini qollab-quvvatlash, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish;

odil sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obrosini oshirish va chinakam mustaqilligini taminlash;

davlat va jamiyat boshqaruvida, davlat organlarining kundalik faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xalq manfaati yolida xizmat qiladigan idoralarga aylantirish;

Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini oliy qadriyat sifatida yanada mustahkamlash, mulk daxlsizligini kafolatlash.

3. Belgilab qoyilsinki:

a) 2020 yil 1 martdan boshlab:

aholi maskanlarining memoriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab osha hududdagi aholi ortasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan otkaziladi;

jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida elon qilib boriladi;

b) 2020 yil 1 apreldan boshlab:

shaxsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibi joriy etiladi;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari zimmasiga ular tomonidan shaxs ushlanganidan song uning ushlangani va ushlab turilgan joyi togrisida oila azolaridan birini, ular bolmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol xabardor qilish boyicha majburiyat yuklanadi;

v) 2020 yil 1 iyuldan boshlab huquqni cheklaydigan protsessual majburlov choralarini qollash, jumladan, shaxsni ushlab turish holatlari yagona elektron hisobga olish tizimiga kiritib boriladi.

4. Qonunlar ijrosini taminlashning samaradorligini oshirish yuzasidan:

a) Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va huquqni qollash amaliyotini organish hamda qonunosti hujjatlarining qabul qilinishini monitoring qilib borish, qabul qilingan qonunlarni aholi ortasida keng targib qilish ishlarini takomillashtirish va kuchaytirish tavsiya etilsin;

b) Ozbekiston Respublikasi Oliy sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud yoli bilan himoya qilishda qonunlarning bir xil va togri qollanilishi holatlarini organish yuzasidan sud amaliyotini har chorakda umumlashtirib borish, zaruratga kora tegishli Plenum qarorlarini qabul qilish tavsiya etilsin;

v) Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunlar ijrosining maqsadli va kompleks organilishini hamda uning natijalarini reja asosida har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida muhokama qilib borilishini taminlasin.

5. Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:

prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qozgatish, jinoyat ishi qozgatishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni toxtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish;

sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan, ishning har tomonlama, tola va xolisona organilishiga tosqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda tasir otkazish holatlari boyicha javobgarlikni kuchaytirish.

6. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boyicha maslahat kengashi (A.Saidov):

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, Ozbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda, 2020 yil 1 martga qadar ilgor xorijiy tajribani organgan holda, har bir soha va tarmoq boyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tasirchan hamda zamonaviy tizimini yaratish boyicha kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

jamoatchilik nazorati sohasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikning zamonaviy mexanizmlarini hamda ularning faoliyatini qollab-quvvatlash choralarini joriy qilish boyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat fondiga 2020 yil 1 mayga qadar nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari ortasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali va zamonaviy mexanizmlarini joriy etish hamda mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish boyicha eng yaxshi takliflarning davlat granti tanlovlarini otkazish tavsiya etilsin.

7. Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazi 2020 yil 1 mayga qadar xalqaro tashkilotlar, jamoatchilik, soha mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida keng muhokama qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasining milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:

Ozbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining toliq bajarilishini taminlash;

fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimini yaratish;

qonunchilikka va davlat organlari, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliy faoliyatiga inson huquq va erkinliklari sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish mexanizmlari va tartibi samaradorligini oshirish;

aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan, bu borada samarali axborot va marifat tarqatish, talim berish faoliyatini tashkil etish;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga kotarish.

8. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:

2020 yil 1 iyulga qadar ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini taminlash, davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari)dan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, jurnalistlarning oz kasbiy faoliyatiga oid majburiyatlari belgilanishini nazarda tutuvchi “Teleradioeshittirishlar togrisida”gi va Ommaviy axborot vositalari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2020 yil 1 martga qadar barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taminlash, ularda jamoatchilik, xususan, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yangi bosqichga kotarish boyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

9. Ozbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Adliya vazirligi, Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar mavqeini tubdan oshirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:

Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash;

Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Advokatlar palatasi faoliyati bilan bogliq bolgan vakolatlarini qayta korib chiqish orqali ushbu tuzilmaning roli va ahamiyatini yanada oshirish;

tergovchi, prokuror va sud tomonidan davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini xalqaro standartlar asosida qayta korib chiqish;

advokatlar uchun qoshimcha imtiyozlar belgilash.

10. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2020 yil 1 martga qadar:

aholiga, ayniqsa, yoshlarga ularning huquqlarini tushuntirishda amaliy, tasirchan va innovatsion mexanizmlarni qollashni nazarda tutuvchi Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2020-2021 yillarda samarali amalga oshirish boyicha Yol xaritasi loyihasini ishlab chiqsin va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;

qonunchilikni yangilash va tizimlashtirish boyicha yangi tizimni yaratish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. Vazirliklar, davlat qomitalari va idoralar rahbarlari:

Dasturda belgilangan tadbirlar oz vaqtida va sifatli bajarilishini, unda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qonunchilik va amaliyotni chuqur tahlil qilgan holda hamda rivojlangan mamlakatlarning ilgor tajribasi asosida ishlab chiqilishini va keng jamoatchilik ortasida, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinishini;

Dasturning amalga oshirilishi holati togrisida Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga har chorakda axborot taqdim etib borilishini taminlasin.

12. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

Dasturda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilib borsin;

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga monitoring natijalari togrisida har chorakda axborot kiritib borilishini taminlasin.

13. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Ozbekiston Milliy axborot agentligi hamda Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari hamda Internet tarmogida keng yoritilishini tashkil etsin.

14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.MIRZIYoYeV

Toshkent shahri,

2019 yil 13 dekabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: