O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
18.02.2020

LITSENZIYALASh VA RUXSATNOMALAR BERISh TARTIBI TUBDAN TAKOMILLAShTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 fevral kuni tadbirkorlik faoliyatida litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartibini tubdan takomillashtirish boyicha ustuvor vazifalarga bagishlangan yigilish otkazdi.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga yaqinda yollagan Murojaatnomasida tadbirkorlik faoliyatida litsenziyalash tartibini qayta korib chiqish va yaxshilash yuzasidan aniq vazifalarni belgilab bergan edi.

Ilgor xorijiy tajriba asosida litsenziya va ruxsatnomalar turini qisqartirish, ularni berish tartibini soddalashtirish va tegishli talablar bajarilishini monitoring qilishning oshkora mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kun talabidir.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman tarkibida maxsus Ishchi guruh tuzilgan.

Yigilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur Ishchi guruh ishini tashkil etishdagi asosiy yonalishlarni belgilab berdi.

Avvalo, inson sogligiga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlari litsenziyalashdan chiqarib tashlanishi lozimligi ta’kidlandi. Masalan, oquv markazlaridagi oqitish jarayoni fuqarolar hayoti va sogligiga ziyon yetkazmasa-da, litsenziyalanadi.

Ayni paytda ayrim litsenziya shartlari sohada raqobatni ham cheklamoqda. Xususan, kredit tarixi togrisidagi malumotlarni tarqatish bilan yagona kredit byurosi shugullanib, bozorga boshqa tadbirkorlar kirishiga imkon deyarli qolmaydi. Kredit byurosini ochish uchun kamida 10 ta tijorat bankining roziligini olish talab etiladi. Mavjud 30 ta bankdan 26 tasi ushbu yagona kredit byurosining muassisi hisoblanib, qolgan 4 ta bank yangi byuro tashkil etishga rozilik bergan taqdirda ham tashabbuskor litsenziya ololmaydi.

Shu bilan bir qatorda, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullarini keng joriy qilish lozimligi qayd etildi.

Xorijiy tajribada litsenziyalash orniga xabardor qilish, majburiyatni sugurtalash, ozini-ozi boshqarish, texnik tartibga solish kabi muqobil usullar mavjud. Misol uchun, turar joy obyektlarini noturar joy sifatida qayd etish uchun tadbirkor alohida ruxsatnoma olishi kerak. Vaholanki, buning uchun davlat idoralari xabardor qilinsa, kifoya bolishi mumkin.

Xuddi shunday, rieltorlik, auditorlik, sud boshqaruvchiligi kabi faoliyat turlari bilan shugullanuvchilarning javobgarligini sugurtalash yoki ozini-ozi boshqarish tizimlariga otkazish mumkin.

Shu munosabat bilan Adliya va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ikki oy muddatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullarini joriy qilish vazifasi yuklatildi.

Davlatimiz rahbari litsenziya va ruxsatnomalar berish tartibi va muddatlarini ham qayta korib chiqish zarurligini takidladi.

Adliya vazirligiga bir oy muddatda litsenziya va ruxsatnoma berish muddatlari va tolovlarini organib chiqib, ularning shartlarini aniq belgilash yuzasidan topshiriq berildi.

Bundan tashqari, bazi holatlarda tadbirkor litsenziya olish uchun uzoq vaqt davomida sarson bolib, kerakli hujjatlarni toplab topshiradi, biroq arzimagan sabablar bilan uning arizasi qaytariladi.

Yigilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev litsenziyalash jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni toliq joriy qilish zarurligini qayd etdi.

Litsenziyalarning 79 foizi, ruxsat beruvchi hujjatlarning 80 foizi hanuzgacha qogoz shaklida berilmoqda. “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi 2014 yilda tashkil etilganiga qaramay, bugungi kunda bu portal deyarli faoliyat yuritmayapti. Otgan yili 4 mingdan ortiq litsenziya bir darcha tamoyiliga rioya qilinmasdan berilgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga joriy yil 1 avgustga qadar litsenziya berish bilan bogliq barcha jarayonlarning toliq avtomatlashgan yagona elektron tizimini ishga tushirish vazifasi qoyildi.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, litsenziya talablariga rioya etishni monitoring qilishning yangi, oshkora tizimini joriy qilish lozimligini qayd etdi. Masalan, yongin nazorati organlari yonginga qarshi vositalarni ornatuvchilar faoliyatini nazorat qilishi kerak bolsa-da, bunday nazorat tizimi amalda mavjud emas.

Ilgor xorijiy tajriba asosida barcha litsenziya talab qiluvchi faoliyat turlarida avtomatlashtirilgan risk-analiz tizimini va masofaviy nazoratni yolga qoyish zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, Prezidentimiz takidlaganidek, sohada korrupsiya va turli suiistemolchiliklarning oldini olish maqsadida jamoatchilik nazorati tizimini joriy qilish talab etiladi.

Yigilishda mutasaddilar olib borilayotgan ishlar hamda har bir tarmoq kesimida qaysi litsenziya va ruxsatnomalarni qisqartirish mumkinligi togrisida axborot berdi.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: