O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
17.03.2020

YaNGI ISh ORINLARI YaRATILIShI AHOLI MANFAATLARIGA XIZMAT QILADI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 12-13-mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida viloyatimiz rivojlanish darajasidan ortda qolayotganini afsus bilan ta’kidladi. 58 ming oila kambag‘allik iskanjasida kun kechirayotgani, 856 tasi ota nochor ahvolda ekani aytildi. Ayni vaqtda hududda 200 ming ish orni yaratish zarurligi takidlandi. Masalaning mohiyati haqida chuqur mulohaza qilib korsak, muammoning negizida ishsizlik yotganini koramiz. Xorijdagi vatandoshlarimiz oz uylariga qaytishi, oilasi bagrida bolib, farzandlari tarbiyasiga hissa qoshishi uchun yangi va munosib ish orinlari yaratish zarur. Aytish kerakki, bu oz-ozidan hal bolib qoladigan masala emas. Buning uchun davlat tashkilotlari rahbarlari bilan birgalikda partiya masullar mahalliy Kengashlar deputatlari ham jon koyitishi, har bir dasturning amalga oshishida jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini olib borishi talab etiladi.

Yuqorida keltirilgan muammolarni aholini tadbirkorlikka jalb qilib, yangi korxona va ish orinlari yaratish orqali hal etish bor haqiqat. Viloyatimizda juda katta imkoniyatlar mavjud. Ulardan samarali foydalanilsagina aholi oz turmushidan rozi bolib yashashiga imkon tugiladi.

Bu kabi jihatlarga jiddiy etibor qaratgan Prezidentimiz tuman va shaharlarda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, banklarni «loyihalar fabrikasiga» aytantirish zururligini aytib otdi. Shuningdek, 2,5 mingta bosh turgan binolar negizida ishlab chiqarish va xizmat korsatish obyektlarini tashkil etish, Hazorasp erkin iqtisodiy zonasini yangi loyihalar bilan toldirish borasida korsatmalar berildi.

Shuningdek, Hazorasp avtomobil zavodida Damas va Lobo avtomashinalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni 65 foizga yetkazish boyicha yangi loyihalar amaliyotga joriy etiladigan boldi.

Yana bir muhim jihat. Xorazm viloyati respublikamizdagi turistik ahamiyatga ega hududlardan biri hisoblanadi. Shu bois, kelajakda sayyohlik salohiyatini oshirish maqsadida Shovot kanalining ikki qirgogida kichik turizm zonasi hamda Xivada Xorazm xonlari shaharchasi tashkil etiladigan boldi.

Endigi masala bitta — viloyatimiz rivojlanishi, aholi roziligiga erishish uchun barchamiz bir tan-u, bir jon bolib ishlashimiz, fidoyilik korsatishimiz zarur. Har bir berilgan topshiriq, korsatma aholi manfaatlariga xizmat qilishini barchamiz his etib, qalban anglab turibmiz. Davlat rahbari komakka shay bolganda, biz ham labbay, deb bor kuch va mehnatimizni ayamasligimiz shart.

Feruz VAISOV,

Ozbekiston XDP Xonqa tuman kengashi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: