O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.09.2020

Tugilgan kun tadbiri tort kishining umriga zomin boldi

Har gal biror maqolaga qo‘l urishdan oldin tanlangan mavzu haqida izlanaman, yangi soz topishga harakat qilaman. Lekin bu safar kop marta aytilayotgan, qayta-qayta ta’kidlanayotgan masalaga toxtalmoqchiman. Korinmas dushman qarshisida insoniyat hamon ojiz qolyapti. Atrofimizda sodir bolayotgan voqealar, yaqinginamizdagi dahshatlardan negadir hali-hamon xulosa chiqarib ololmayotganimiz achinarli.

Yurtimizda COVID-19 infeksiyasi ilk bor tasdiqlanganiga mana 6 oydan oshdi. Otgan kunlar davomida biz bilgan va bilmagan koplab insonlarni hayotdan olib ketgan virus oramizda borligiga hanuz shubha bilan qaraydiganlar oz emas. Davlat rahbari, mutaxassislar, tibbiyot olimlari, ijro hokimiyati aholi hayotini asrab qolish, iqtisodiy ahvolni yaxshilash, inqirozdan eng kam talafot bilan chiqib olishi uchun jon-jahdi bilan kurashayotgan bir paytda biz — odamlar nimalar bilan ovora bolayapmiz? Pandemik vaziyat sabab ornatilgan karantin talablariga bepisandlik bilan qarash, joriy etilayotgan yengilliklarni notogri talqin qilish, xastalikni mensimaslikning ayanchli oqibatlari haqida chuqurroq oylab korayapmizmi?

Yaqinda bir uzoqroq qarindoshim 60 yoshga toldi. Bu shunchaki raqam emas. Uning ortida ne-ne bedor tunlar, hasratu tashvishlar, oqargan sochlar, yuzlarda esa yillar suroni solgan izlar bor, albatta. Ammo bugungi sharoitdan kelib chiqib, bu qutlug yoshni oilaviy dasturxon atrofida nishonlash, Yaratganga shukronalik aytish orniga dabdabali yubileyni istagan yurak bugun urishdan toxtaganiga siz ishonmassiz, lekin bu achchiq haqiqat.

Koronavirusga qarshi kurashish boyicha maxsus komissiya qaroriga kora, majburiyat, zarurat yuzasidan nikoh toyi yoki aza marosimlari otkazilishiga ruxsat berilgani barchaga malum. Tugilgan kun, gap-gashtaklar, maqsadsiz banketlar tashkil etish kora-bila turib ozini otga otish bilan barobar. Ming afsuski, shunday hollar bolyapti.

Voqeani qisqacha bayon qilsam. Dugonalari, qarindosh-uruglarini 60 yoshini nishonlash marosimiga taklif qilgan ayolning quvonchi uzoqqa bormadi. Mehmonlar orasida tojdor virus bilan kasal bolgani hamda 3 kundan buyon ozini yaxshi his qilmayotganini aytgan ayolning gapi hech kimning diqqatini tortmadi. Oyin-kulgu avjiga chiqqan paytda na karantin talablari, na sanitariya qoidalari esga keldi. Qarabsizki, oradan uch kun otib, yubiley nishonlagan ayolning qoshnisi COVID-19ning otkir korinishi bilan hayotdan koz yumdi.

Shunda ham tantanani otkazgan ayol shifokor korigidan otish haqida oylab kormadi. 60 yoshni nishonlagan ayol hamda uning mehmonga kelgan qudasida ham virus alomatlari paydo boldi. Isitma, bosh va tanadagi ogriq, holsizlik, nafas olish bilan bogliq muammolar asta-sekin avj ola boshladi. Biz ismini hamda manzilini sir tutishni istagan inson yubileydan song 21 kun otgach, bu yorug olamni tark etdi. Buning ustiga, dafn marosimida ishtirok etgan ayolning tugishgan ukasi ham kop otmay aynan shu korinmas dushman domiga tushib, olamdan otdi. Bu vaqt oraligida marosimga kelgan bir qancha odamda kasallikning turli darajadagi holatlari kuzatildi.

Kuni kecha marhumaning qudasi bilan gaplashdim. Hol-ahvol soradim. Uning aytishicha, qudasi tabiatan gayratli, shijoatli bolgan. Uning olimi 3 nafar pahlavondek ogillarni esankiratib qoygan. Ota-onasidan keyin ularga tirgak bolar, deb kutilgan togasi ham vafot etganini alam-afsus bilan aytdi.

Telefon orqali bir necha daqiqa davom etgan suhbatimiz soatlab chozilgandek tuyuldi. Bu voqea men uchun ham yana bir saboq vazifasini otadi. Otgan haftada toyiga taklif qilgan tanishimga uzrimni bildirishga qaror qildim. Tinchlik va soglik bolsa, toy-tantana, bazmu ziyofatlar hali kop va xob davom etaveradi. Faqat murakkab vaziyatda ozimiz hamda atrofdagilar hayotini xatarga qoymaylik. Toy-u tomosha, tugilgan kun, gap-gashtaklar, mehmondorchiliklardan bugun ozimizni tiyib tursak, nafaqat salomatligimizni, balki hayotimizni ham asragan bolamiz.

Zilola UBAYDULLAYEVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: