O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 1 2 3 4
05.08.2020

KORONAVIRUS: OSMA UKOL HAYoT UChUN XAVFLI...MI?

Ayni kunlarda ko‘rinmas dushman bilan kurash keskin tus olayotganini barchamiz korib, bilib turibmiz. Erta tongdanoq televizorni yoqib yoki ijtimoiy tarmoqlarga kirib, eng songgi raqamlar, jahondagi va yurtimizdagi vaziyat bilan qiziqamiz. Biror yaxshi xabar, yangilikka umid boglaymiz. Kasallanganlar soni kamayishini kutamiz, olim qayd etilmagan bolsin-da, deya niyat qilamiz. Afsuski, hali vaziyat biz kutgandek yumshamayapti. Yer yuzini larzaga solgan, faqatgina maxsus uskuna yordamida korish mumkin bolgan zarra — dushmanga qarshi kurash choralari davom etmoqda.

Mamlakatimizda ham bu borada tinimsiz izlanishlar, yangicha davolash usullari, insonlarning hayotini saqlab qolishga urinishlar tunu kun olib borilmoqda. Aholi karantin qoidalariga amal qilishga chaqirilmoqda, ogohlikka da’vat etilmoqda. Shunga qaramasdan, ayrim kongilsiz holatlar uchrab turibdi. Kozga korinmas yov oramizda ekanini hamyurtlarimizga yana bir anglatish maqsadida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi azosi Sevara UBAYDULLAYeVAga savollar bilan murojaat qildik.

Yevropaning ayrim mamlakatlarida, shimoliy yarim sharda koronavirus tarqalish jarayoni kuchayishi kuzatilmoqda. Jahon sogliqni saqlash tashkiloti vaziyatga izoh berar ekan, bunga asosan, yoshlarning etiborsizligi, hushyorlikni susaytirgani sabab bolayotganini bildirgan. Sizning bunga munosabatingiz qanday?

Ayni damda yer yuzidagi barcha insonlar bir yovga qarshi kurash olib bormoqda. Aksariyat davlatlar bu borada ancha oldinga odimlayotgan bolsa, boshqalari ikkinchi, uchinchi tolqinga tayyorgarlik korish lozimligini takidlashmoqda. Bilasizmi, dushman aniq, unga qarshi kurash strategiyasi ham ishlab chiqilgan. Biroq unga barchamiz ham birdek amal qilmayotganimiz achinarli. Kundan-kunga kasallanganlar soni oshib borayotgani ham fikrimiz dalilidir. Albatta, bunga turli omillar sabab bolgan.

Avval boshida koronavirus insonlar tomonidan oylab topilgan, deya kopchilik SOVID2019 ning mavjudligiga ham ishonishmadi. Vaqt otib, qarindoshlari, uzoq-yaqin tanishlari koronavirusga chalingani va boshqa muammolar mavjudligiga amin bolishdi. Shuningdek, kopchilik yoshlar vaziyatni jiddiy qabul qilmadi. Bolalarda kasallik yengil otishi borasida xabarlar, mutaxassislarning fikrlari xotirjamlikka berilishlariga asos boldi, deb oylayman. Shu jihatdan olib qaraganda, Jahon sogliqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining dunyo ahliga murojaati orinli, deb bilaman. Har bir inson ozining bolaligini, osmirlik davrini yodga olsa, vaziyat yanada oydinlashadi. Mazkur davrda uncha-buncha xavf pisand qilinmaydi. Turli xastaliklarga beetibor qaraladi. Bizga yuqmaydi, yosh organizm virusga qarshi kurasha oladi, qabilida ish tutadi. Hozir ham kocha-kuyda asosan yigit-qizlarning bemaqsad kezishayotganiga guvoh bolayotganimiz rost. Kop hollarda tibbiy niqoblarini dahaniga taqqanini koramiz. Bu xatti-harakatlarimizning barchasi ozimiz va yaqinlarimizning hayoti uchun katta xavf tugdiradi. Eng asosiysi, shuni unutmaslikni soragan bolardim.

Koronavirus borligi tasdiqlangan inson nimalarga amal qilishi lozim? Uy sharoitida davolanayotganlarga qanday tavsiyalar bergan bolardingiz?

Avvalo, BSR testi orqali sizda virus borligi tasdiqlangan bolsa, shaxsiy gigiyenaga qatiy rioya qilish shart. Shu orqali yon-atrofdagilarga koronavirus yuqishining oldi olinadi. Yana kop miqdorda suyuqlik ichish yaxshi samara beradi. Shuningdek, soglom ovqatlanish rejimiga etiborli bolish tavsiya etiladi. Zoriqmagan holda, jismoniy faol bolish, kayfiyatni kotarish zarur. Hammasi oz qolimizda.

Uchrashuvlar, brifinglar davomida yurtdoshlarimiz qanday dori vositalarini istemol qilsa, yaxshi samara berishini sorashadi. Ularga javobim bitta. Har bir insonning organizmi oziga xos. Unga davo choralari korilayotganda yoshi, jismoniy holati, yondosh kasalliklari, xastalikning qaysi bosqichida ekani togrisidagi malumotlar juda muhim sanaladi. Bularni esa oilaviy shifokor yaxshi biladi. Bemorga qaysi preparat samara berishini ham u yaxshi anglaydi. Demak, organizmda koronavirus borligi malum bolsa, eng avvalo, shifokorga murojaat etishlari shart. Yol-yoriqni mutaxasis korsatishi lozim. Ambulator hamda statsionar sharoitda ham koronavirusni davolash boyicha qollanma ishlab chiqilgan bolib, respublikamizdagi barcha oilaviy poliklinikalarga, tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.

Odamlar orasida osma ukol organizmdan virusni yuvib chiqaradi, degan qarash bor. Mutaxasis sifatida fikringizni bildirsangiz.

Tan olish kerak. Kopchilik kasallikka chalinganda vrachga boradi yoki oziga-ozi davo choralarini koradi. Mutaxassisga murojaat qilganda ham yozilgan retseptini kozdan kechirar ekan, osma ukollar bor-yoqligiga etibor qaratadi. Agar osma ukollar retseptdan joy olmagan bolsa, shifokor malakasiga u darajada ishonchi bolmaydi. Togri, qaysidir hastaliklarda bu ish berishi mumkin. Ammo koronavirusda buning mutlaqo aksi. Ayniqsa, uy sharoitida. Aksariyat ahvoli ogirlashgan bemorlar ham ozboshimchalik bilan turli dori vositalaridan foydalanganini kordik. Natijada opkada suv yigilib, shishadi. Bu bemorning olim holatigacha olib borishi mumkin. Har qanday dori vositasini qollashdan oldin, mutaxassisga murojaat qilishingizni soragan bolardim.

Shuningdek, Plakvinil dori vositasini qollash boyicha ham turli bahs-munozaralar bolmoqda. Bu borada ham oz fikrimni bildirsam. Har bir tibbiyot hamda dori vositasidan maqsadli, kasallikni malum bir darajasida foydalaniladi. Plakvinil dastlab koronavirusdan ambulator sharoitda davolanishda qollanilgan va kutilgan samarani bermagan. Biroq statsionar davolanishda foyda beryapti. Buni kopchilik dunyo olimlari ham aytishmoqda.

Lekin bu bilan qaysidir preparat yaxshi, qay biri samarasiz, demoqchi emasman. Har bir inson alohida individual shaxs ekanini va har bir organizm oziga xosligini unutmasligimiz shart. Kimgadir ijobiy tasir qilgan dori vositasi hammaga birdek tavsiya etilmaydi. Yana bir bor takidlayman, biror tanishingizning sogayishiga sabab bolgan dorini eshitib olib, uni mutaxassis maslahatisiz qollash haqida aslo oylamang. Bu juda ham hunuk oqibatlarga, qaytarib bolmas kongilsizliklarga sabab bolib qolishi mumkin. Shifokor bilan maslahatlashmasdan ozbilarmonlikka yol qoyilishi oqibatida, bemorlarni saqlab qolishga qiynalyapmiz. Tibbiyot xodimi yillar davomida oqib, organganlari asosida javobgarlikni oz zimmasiga olib, sizga davolash qollanmasini yozadi. Ularga ishonch bildirsangiz, foydadan xoli bolmaydi. Mabodo biror aks tasir sezilganda ham, sizga dori yozib bergan odam uni qanday bartaraf qilishni biladi. Zero, inson hayotidan ustun hech nima yoq.

Sarvarjon RAHIMOV,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: