O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 1 2 3 4
29.07.2020

ChEKLOVLAR DAVOM ETADI

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabariga kora, 2020 yil 28 iyul soat 10:00 holatiga kora, Ozbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 506 (+297) nafarni tashkil etgan. Yangi kasallanish holatlarining 125 nafari Toshkent shahrida (ulardan 72 nafari tana harorati kotarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bolganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 53 nafari esa Qozogistondan «Gishtkoprik» chegara posti orqali kelgan va Ortasaroy karantin markaziga joylashtirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orsida), 68 nafari Toshkent viloyatida, 32 nafari Buxoro viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 18 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Navoiy viloyatida, 10 nafari Fargona viloyatida, 9 nafari Andijon viloyatida hamda 3 nafari Qoraqalpogiston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bolganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 11674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sogaygan. Hozirda mamlakatimizda 9 710 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boyicha davo choralari korilmoqda. Ulardan 215 nafari ogir, 81 nafari esa ota ogir ahvolda.

Bundan tashqari, Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 34 yoshli Sh.M. (ayol) joriy yil 16-21 iyul kunlari shahar 9-son tugruq kompleksida ?7 haftalik 6-homiladorlik, 5-tugruq, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas yetishmovchiligi tashxisi bilan davolangan.

Bemorda COVID-19 tasdiqlangach, shahar 3-son tugruq kompleksiga otkazilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining ota ogir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoyilgan. Xastalik otkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida otkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogirlashib, otkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Respublika maxsus komissiyasi axborotida aytilishicha, karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirildi.

Karantin cheklovlari amal qiladigan davrda quyidagilarga qat’iy etibor qaratish belgilandi:

a) davlat organlari va tashkilotlariga:

xodimlarini xatlovdan otkazgan holda, ish joyiga faqatgina zarur bolgan mutaxassislarni bevosita jalb etishga ruxsat berilganini inobatga olib, qolgan xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat tatiliga chiqarishni yoxud masofadan turib (onlayn) ishlashini tashkil etishga toliq rioya etilishini taminlash;

xodimlarini vaqtinchalik xizmat safariga yuborishni toxtatish;

yigilishlarni faqatgina onlayn tarzida tashkil etish;

xodimlar orasida koronavirus bilan kasallanganlar mavjud bolgan taqdirda, ulardan xabar olish, davolanish maqsadida zarur dori vositalari va buyumlarni xarid qilish uchun xodimning sharoitini inobatga olgan holda, moddiy yordam ajratish;

b) fuqarolarga:

toy, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni otkazmaslik;

jamoat joylarida, kocha, maydon va mahallalarda uch kishidan ortiq toplanmaslik, qatiy ijtimoiy masofani saqlash (2 metr), tibbiy niqoblar va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;

yoshi katta va muayyan turdagi kasalligi (qandli diabet, metobolik sindromlari, autoimun kasalliklari, qon, yurak, tomir, onkologik kasalliklar va b.) mavjud fuqarolarga koronavirus kasalligi kuchli tasir korsatishini inobatga olib, 65 yoshdan oshgan fuqarolarni “ozini ozi yakkalash” hayot tarziga qatiy rioya etish hamda sababsiz uydan tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi.

Shuningdek, joriy yilning 15 avgustga qadar bazi bir faoliyat turlariga ornatilgan cheklovlar ham uzaytirildi.

Quyidagi faoliyat turlarini toxtatish boyicha cheklov 15 avgustiga qadar uzaytirildi:

parklar va istirohat boglaridagi attraksionlar;

buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shugullanuvchi yirik dokonlar;

sport zallari, fitnes klub, trenajer, basseynlar;

umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona);

maktabgacha talim tashkilotlari, oquv kurslari va har qanday togaraklar;

sanatoriylar (koronovirus infeksiyasidan davolangan va reabilitatsiya otayotgan bemorlarga tibbiy yordam tashkil etiladigan sanatoriylardan tashqari), pansionatlar, bolalar oromgohlari, xostellar, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;

sartaroshxona va gozallik salonlari;

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yonalishsiz taksilarning kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno).

Dam olish kunlarida avtotransportlar harakati yana cheklanadi. BEMORLARNI OLIB KETAYoTGAN TRANSPORT VOSITASI TOXTATILMAYDI

Joriy yil 31 iyul (Qurbon hayiti kuni), 1-2 avgust hamda 8-9 avgust (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yonalishsiz taksilarning harakati toliq toxtatiladi.

Bemorlarni olib ketayotgan transport vositalaridan maxsus ruxsatnoma soralmaydi.

Shu bilan birga, fuqarolarga kechiktirib bolmaydigan tez tibbiy yordam korsatish (homiladorlik, tugruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini korsatish, test va qon topshirish, jarrohlik amaliyoti zarur bolganda, inson sogligiga va hayotiga xavf tugdirayotgan boshqa holatlar) bilan bogliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar talab etilmasligi belgilandi va shu munosabat bilan mutasaddilarga mazkur holatlarda fuqarolarning avtotransport vositalari harakatlanishiga tosqinlik qilmaslik, zarur hollarda fuqarolarni manziliga yetkazishda amaliy yordam korsatish yuzasidan aniq korsatma berildi, deyiladi komissiya qarorida.

Mazkur cheklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bundan tashqari, respublikamizdagi epidemiologik vaziyat ogirlashgani munosabati bilan, shuningdek, aholi ortasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish hamda epidemiologlarning tavsiyalarini inobatga olgan holda, joriy yilning 31 iyul (Qurbon hayiti kuni), 1-2 avgust hamda 8-9 avgust (shanba va yakshanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:

aholiga — ozini ozi yakkalash hayot tarziga qatiy rioya etgan holda oz uylarida qolish;

davlat organlari va muassasalari, xojalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga xodimlarni ishga jalb etmaslik, ularning uyda qolishi uchun sharoit yaratish.

EKSPERTLAR BEMOR UChUN ENG ZARUR TAVSIYaLARNI BERDI

Tez yordam televizion dasturida shifokorlar tomonidan COVID-19`ga chalingan bemorlarda kasallik yengil shakldan ogir shaklga otishining oldini olish borasida tavsiyalar berildi. Unga muvofiq, quyidagi toifa kishilar ozlarida koronavirus alomatlarini sezsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlari va oz salomatliklariga jiddiy etibor berishlari lozim:

qandli diabeti bor kishilar;

autoimmun kasalliklarga chalingan bemorlar;

yurak-qon tomir xastaligi bor kishilar;

yoshi 55-60dan oshgan insonlar;

metabolik sindromga ega insonlar.

Shifokorlarning sozlariga kora, kasallikning yengil va orta ogir shakllarida nafas qisishi kuzatilmaydi, simptomlar faqat isitma, holsizlik, tomoq va mushaklar ogrigi, hid va tam sezgisining yoqolishi bilan cheklanadi. Bunday holatda yuqorida sanab otilgan xavf guruhiga kirmaydigan bemorlar uyda davolanishlari mumkin.

Ular quyidagi tavsiyalarga amal qilishlari maqsadga muvofiq:

Xususan, kop suyuqlik istemol qilish (kuniga 3 litr);

D va C vitaminlari, mikroelementlardan esa rux (sink) qabul qilish;

harorat 38 dan yuqori bolganda, isitma tushiruvchi dori (paratsetamol) ichish;

simptomatik choralar: tomoqni chayish, burun bitganda foyda beruvchi vositalar.

Mutaxassislarning aytishicha, kasallikni yengil va orta ogir shaklda boshdan kechirayotgan va xavf guruhidan tashqaridagi bemorlar uy sharoitida turli dori-darmonlardan osma ukol olish va kuchli tasirga ega dorilar (antibiotiklar, immunomodulyatorlar va h.k.) qabul qilishdan ozlarini tiyishlari lozim.

Bundan tashqari, yuqoridagi tavsiyalarga amal qilingan holda koronavirus bemorlarining asosiy qismi – xavf guruhiga kirmaydigan va nisbatan soglom holda COVID-19`ni yuqtirib olgan bemorlar katta ehtimol bilan bir necha kunda kasallikni yengib otishadi. Ammo mazkur toifa bemorlar kuchli tasirga ega ortiqcha dorilarni shifokor tavsiyasisiz qabul qilsa, bu aksincha ularning ahvoli ogirlashishiga sabab bolishi mumkin. Shu boisdan ham shifokorlarning korsatmalariga qatiy amal qilish lozim.

KORONAVIRUS DAVRIDA PNEVMANIYa

Malumotlarga kora, kasallikning birinchi kunlaridan kuchli tasirga ega dorilarni qabul qilish bilan normal holatda ketayotgan jarayonni bemorlarning ozi izdan chiqaradi. Tajriba esa vaqtida suv ichib, togri ovqatlangan, yetarli miqdorda vitaminlar istemol qilgan bemorlarning 70-80 foizida koronavirus pnevmaniya shakliga otmasdan yengil shaklda otayotganini korsatmoqda.

Shu boisdan Tez yordam loyihasining navbatdagi sonida Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Rano Qosimova koronavirusga chalinib, kasallikni yengil shaklda otkazayotgan bemorlar va shifokorlarga ayrim tavsiyalarni berdi. Uning aytishicha, 70-80 foiz bemorda kasallik yengil va orta ogir darajada otadi. Yengil tarzda kasallikni boshidan kechirayotgan bemorlarga dori berish shart emas. Organizm bu vaziyatda mustaqil tarzda kurashib, kasallikning 4-5-kunida tana harorati tushib, bemorning ahvoli yaxshilana boshlaydi. Ammo, bugungi kunda aholi vahimada qolmoqda. Isitma kotarilib ketganida, ozini yomon his qilganida yoki biror yaqinini yoqotib qoyganida insonning xavotiri kuchayib ketmoqda. Bu esa ularning holati yomonlashishiga sabab bolmoqda.

Yana shuni aytish mumkinki, kasallikning birinchi kunidan dori qabul qilgan bemorlarda 7-8-kuni opka shikastlanishi va qonning kislorod bilan taminlanishi pasayib, jonlantirish bolimiga yotqizilishi holatlari uchramoqda. Bu ham yetmaganidek, antibiotik qabul qilinishi natijasida diareya va kongil aynishi kabi holatlar ham kuzatilmoqda. Shuning uchun shifokorlar bemorlarga dori yoki gormon berishdan oldin uning holatini yaxshilab organishi va agar zarur bolsa, kerakli preparatlarni tavsiya qilishi mumkin, lekin kasallikning birinchi kunidan emas. Bir soz bilan aytganda, agar kasalligi yengil otadigan 70-80 foiz bemorga birinchi kundanoq statsionar sharoitda ishlatiladigan dorilar qollanilsa, uning samarasi sezilarli boladi.

MAVSUMIY GRIPP NIMA BOLADI?

Malumki, har yili mavsumiy grippga qarshi ham emlash otkaziladi. Kuzda bu ish ancha murakkab kechishi tayin, chunki mavsumiy grippning simptomlari amalda COVID-19 simptomlaridan farq qilmaydi.

Sentabr, oktabr va noyabr oylarida ahvol yanada qiyinlashadi. Oddiy mavsumiy respiratorli kasalliklar kopayadi. Kasalxonalarga turli viruslarni yuqtirgan bemorlar kela boshlaydi, ulardagi kasallik alomatlari COVID-19 simptomlariga oxshab ketadi. Toki mikrobiologiya tekshiruvi otkazilmas ekan, ularning farqini ajratish juda mushkul. Tabiiyki, sogliqni saqlash tizimlari juda katta bosim ostida qoladi.

Shu bois ayrim mutaxassislar koronavirus sharoitida mavsumiy grippga qarshi emlashni bu yil ertaroq, yani sentabr-oktabr oylarida boshlash kerakligini takidlamoqda.

KUNLIK REKORD KAMAYMAYaPTI

Koronavirusga chalinish boyicha otgan shanbada sayyoramizda 284 mingta holat aniqlandi, 9,7 ming kishi pandemiya qurboniga aylangan, deb xabar bermoqda (JSST) Jahon sogliqni saqlash tashkiloti.

Bundan bir kun avval JSST 247 225 ta virus yuqtirish va 7 ming 97 olim holati haqida xabar bergan edi. Endi esa infeksiyaga chalinish boyicha yana rekord korsatkich qayd etilgani malum qilinmoqda. Otgan kuni dunyo boyicha 284 ming 196 bemor aniqlangan, 9 ming 753 ta olim holati qayd etilgan.

JSST bergan malumotga kora, dunyo boyicha koronavirusga chalinganlar soni jami 15 million 296 ming 926 kishiga yetgan, kamida 628 ming 903 bemor COVID-19 qurboni boldi.

Kasallik tarqalishi boyicha eng yomon vaziyat hamon Shimoliy va Janubiy Amerika mintaqalarida kuzatilmoqda. Ushbu ikki qitada hozirgacha 8 million 121 ming 700 kishi virus yuqtirgani malum boldi. Undan keyin Yevropa bormoqda. Mazkur mintaqada koronavirusga chalinganlar soni jami 3 million 170 ming 382 kishiga yetdi.

Mamlakatlar boyicha hamon AQSh da vaziyat achinarli bolib turibdi. Kecha bu yerda 73 ming kishining COVID-19 ga chalingani malum boldi. Mamlakatda koronavirus qurbonlari soni tortinchi kundirki, kuniga ming kishidan oshmoqda.

Federal va mahalliy hukumat bergan hamda ommaviy axborot vositalari tarqatgan malumotlarni umumlashtirib borayotgan Jons Xopkins universitetining malum qilishicha, shanba kuni mamlakatda 73 ming 715 ta infeksiya yuqtirish holati qayd etilgan, 1 ming 130 kishi vafot etgan.

Jons Xopkins universitetining malumotida aytilishicha, AQShda hozirgacha jami kasallanish bilan bogliq 4 million 112 ming 651ta holat royxatga olingan, 145 ming kishi kasallik qurboni boldi.

Pandemiya bilan bogliq vaziyat Braziliyada ham ogir bolib turibdi. Songgi kunda Braziliyada 55 ming kishi koronavirus yuqtirgani aniqlandi.

Braziliya sogliqni saqlash vazirligining tarqatgan malumotida qayd etilishicha, songgi 24 soatda mamlakatda 55 ming 891 ta infeksiya yuqtirish holati aniqlangan. 1 ming 156 kishi vafot etgan. Ushbu davlatda pandemiya boshlangandan buyon virus yuqtirish holati jami 2 million 343 ming 366 marta qayd etilgan. 85 ming 238 bemor COVID-19 qurboni boldi.

Hindistonda ham koronavirus tarqalishini toxtatish qiyin kechyapti.

Bu yerda bir sutkada 49,3 ming kishi koronavirus yuqtirgani malum boldi. Mamlakat boyicha jami kasallanganlar soni 1 million 287 ming 945 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus paydo bolgandan buyon hozirgacha 30 mingdan ziyod kishi infeksiya qurboni boldi.

JSSTning malum qilishicha, kop mamlakatlarda hali ham ahvol onglanay demayapti. Shu bois tashkilot ekspertlari mamlakatlarni virus tarqalishiga qarshi joriy qilingan choralarni aslo boshashtirmaslikka chaqirmoqda. Sanitariya qoidalariga amal qilish, ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqib yurish hamon dolzarbligini yoqotgani yoq, demoqda ular.

YeVROPADA KORONAVIRUS

Dunyo aholisining COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish holati 16 milliondan oshdi, deyiladi "BBC" xabarida.

Songgi kunlarda Germaniya, Ispaniya va Fransiya davlatlarida ushbu infeksiya bilan kasallanish holati sezilarli darajada oshgan.

Iyun oyida Ispaniyada virusni yangi yuqtirish holati kuniga 250 tani tashkil etgan bolsa, hozirda bu korsatgich 1,5 mingtaga yetgan.

Angliya oz navbatida Ispaniyadan kelgan fuqarolarni 2 haftalik karantinda saqlash tartibini joriy etgan bolsa, Belgiya oz fuqarolarini Ispaniyaga borishini taqiqladi.

Fransiyada songgi ikki kunda virus bilan kasallanganlar soni mingtaga kopaygan, deyiladi xabarda.

Germaniyada esa songgi ikki kunda koronavirus bilan yangi kasallanishning kunlik holati 700-800 tani tashkil etmoqda.

VAKSINA QAChON VA QANDAY TAQSIMLANADI?

Odamlar koronavirusga qarshi vaksinani faqat 2021 yilning birinchi yarmidan boshlab ola boshlaydi, dedi JSSTning sogliqni saqlash boyicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan. Uning takidlashicha, vaksina ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlar qayd etilayotganiga qaramay, preparatni olish muddatiga real qarash lozim.

U shuningdek, JSST vaksina bilan barchani taminlash haqida bosh qotirayotganini aytib, vaksina faqat boylar uchun emas, qashshoqlar uchun ham emas, ular hamma uchun, deya takidladi.

Korinib turibdiki, JSST rahbariyati vaksinani qaysi davlat birinchi yaratmasin, qaysi kompaniya birinchi bolib ishlab chiqarmasin, u dunyo aholisining umumiy mulki bolishi va hammaga adolat bilan taqsimlanishi kerakligini takidlamoqda.

Internet manbalari asosida

Ozbekiston ovozi muxbiri

Toshtemir XUDOYQULOV tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: