O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
08.07.2020

EPIDEMIOLOGIK VAZIYaT KESKINLAShDI

O‘ylang, xulosa chiqaring

Sogliqni saqlash vazirligining xabar berishicha 2020 yil 7 iyul soat 10:00 holatiga kora, Ozbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10459 (+97) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 35 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 59 nafari Toshkent shahrida hamda 3 nafari Qoraqalpogiston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.

Yurtimizda 6690 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogaygan. Ayni paytda 3732 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boyicha davo choralari korilmoqda. Ulardan 25 nafari ogir, 11 nafari esa ota ogir ahvolda.

Sogliqni saqlash vazirligi Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan ota ogir ahvoldagi bemor ahvoli togrisidagi videolavhani namoyish etdi. Bundan har birimiz xulosa chiqarib olishimiz zarur, albatta. Vazirlik barchani yanada hushyor bolishga, karantin qoidalariga qat’iy rioya etishga davat etmoqda.

Jahon sogliqni saqlash tashkiloti esa koronavirus infeksiyasining dunyo mamlakatlari aholisi orasida tarqalishi yanada shiddatli tus olayotganini malum qilmoqda.

Jumladan, bizga qoshni mamlakatlarda ham songgi kunlarda aholi orasida kasallik qayd etilganlar soni keskin kopayishi natijasida, tibbiyot tizimida ish har qachongidan ham oshgan, joy va dori-darmon taqchilligi yuzaga kelgan. Respublikamizda ham songgi kunlarda aholi orasida kasallik qayd etilishi sezilarli darajada kopaygan. Bu holat barchamizni hushyor torttirishi lozim.

Covid-19ga chalingan bemorlar qanday ahvolga tushishini oz kozingiz bilan korsangiz bilasiz va karantin qoidalariga qatiy rioya etish qanchalik muhim ekanligini chuqurroq anglaysiz.

Sogliqni saqlash vazirligi aholini imkon qadar faol muloqotdan, turli tadbirlar otkazishdan tiyilishlarini va albatta, ijtimoiy masofa saqlash, qollarni yaxshilab qayta-qayta yuvish, kochaga chiqqanda niqobni togri taqish kabi karantin qoidalariga qatiy rioya etishlarini qayta-qayta takidlamoqda.

Tort hududda aholi orasida yangi holatlar qayd etildi

6 iyul kuni Ozbekistonda 342ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi (jami 10362 holat), 106 nafar bemor sogaydi, 3 kishi vafot etdi. Shu vaqtgacha 6690 bemorga javob berilgan, 37 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 3697 nafar bemor davolanmoqda. Bugun kunlik osish boyicha yangi rekord qayd etildi.

5 hududda — Toshkent shahri, Namangan, Andijon, Fargona va Toshkent viloyatlarida yangi holatlar qayd etilgani togrisida Sogliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

342 holatdan 204 tasi karantin muassasalarida, 116 tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bolgan 22 kishiga ham virusdan zararlanish tashxisi qoyilgan.

4 hududda aholi orasida yangi holatlar aniqlangan. Aholi orasidagi yangi holatlarning eng kop qismi Toshkent shahrida qayd etildi 101 holat. Poytaxtda 4 iyun kunidan buyon uzluksiz ravishda aholi orasida koronavirus aniqlanib kelinmoqda.

Namangan viloyatida aholi orasida yana 10 kishida virus aniqlangan. Viloyatda shu vaqtgacha 321ta holat qayd etilgan, ayni vaqtda shifoxonalarda 24 bemor davolanmoqda.

Bugun Fargona viloyatida aholi orasida 3ta holat qayd etildi - Fargonada may oyi boshidan buyon yangi holatlar qayd etilmayotgan, viloyat 14 maydan buyon koronavirusdan xoli hudud hisoblanib kelinayotgandi.

Shuningdek, Andijonda aholi orasida 2 kishida virus chiqqan.

Karantin (+204)

Xorijdan kelgach Toshkent viloyatidagi Ortasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 76 bemor borligi aniqlandi.

Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bolib, karantinga olingan fuqarolar orasida 46 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qoyildi. Poytaxtda kun davomida jami 147ta holat aniqlandi.

Andijon viloyatida karantinga olinganlardan 78 nafarida virus chiqqan. Viloyatda bugun jami 80ta yangi holat qayd etildi.

Shuningdek, Namangan viloyatida bemorlar bilan aloqasi tufayli karantinga olingan 4 kishida virus chiqdi.

Haydovchilar (+22)

Toshkent viloyatida 20 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qoyilgan, Namanganda ham 2ta holat qayd etilgan.

Tuzalganlar (+106)

Qoraqalpogiston Respublikasi, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 106 nafar fuqaro sogaydi va shu vaqtgacha kasallikdan forig bolganlar soni 6690 nafarga yetdi.

Olim (+3)

6 iyul kuni Ozbekistonda qatorasiga ikkinchi kun bir kunda 3 olim holati qayd etildi. Ulardan ikki nafari erkak va bir nafari ayol.

Olimlarning kutilmagan xulosasi yoki uyquda bolgan virus

COVID-19 paydo bolganiga ham yarim yildan oshdi. Olimlar pandemiyaning oldini olish yoki uni bartaraf qilish boyicha hali uzil-kesil natijaga erishmadi, biroq izlanishlar bir zum toxtagani yoq. Qolaversa, otgan olti oy kasallikning kelib chiqishi borasida turli farazlar, ehtimollarni ham tahlil qilib korish uchun yetarli muddat boldi. Shu bois, dunyo olimlari pandemiyaning paydo bolishi boyicha turli fikrlarni ilgari surmoqda.

Masalan, Oksforddagi isbotlangan tibbiyot markazi katta ilmiy xodimi (Centre for Evidence-based Medicine, CEBM) Tom Jefferson kutilmaganda shunday xulosaga keldi. Uning takidlashicha, SARS-CoV-2 koronavirus otgan qishda Uxanda paydo bolgunga qadar uyqu holatida bolgan, u tabiiy omillar bir-biriga togri kelishi natijasida yuzaga chiqqan.

Butun dunyodan olingan malumotlarga tayangan holda, olim shuni ishonch bilan takidlamoqdaki, virus turli mamlakatlarda turli vaqtda uyquda bolgan. Masalan, COVID-19 Xitoyning Uxan shahrida paydo bolishidan 9 oy avval koronavirus izi Barselonada oqar suvda topilgan. Otgan yili dekabr oyida Turin va Milanda olingan namunalar xuddi shunday natijalarni bergan.

"Oylashimcha, virus avvaldan shu yerda bolgan. "Shu yerda", deganda men “hamma yerni” nazarda tutyapman. Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, biz uyqudagi virusga duch kelgan bolishimiz mumkin. U atrof-muhit sharoitiga qarab faollashgan", deb yozadi The Daily Telegraph gazetasi olimning gapini keltirib.

U ushbu fikrlariga Janubiy Georgiyadan Buenos-Ayresga qarab suzgan sayohat kemasini misol qilib keltiradi.

"Kema Ueddella dengizidan otayotganda, yani sayohatning sakkizinchi kuni koronavirus bilan bogliq birinchi hodisa qayd etildi. Virus tayyor oziq-ovqatda bolganmi yoki u muzlatkichdan chiqarilgach, ovqat erigandan keyin faollashganmi?", deb savol beradi olim.

Jefferson xuddi shunga oxshash voqea sifatida otgan asrning boshida tarqalgan ispanka pandemiyasini keltiradi. 1918 yildan 1920 yilgacha mazkur gripp bilan sayyoramiz aholisining uchdan biri ogrigan. U taxminan 100 million kishining yostigini quritgan. Olim ushbu voqealarni tahlil qilar ekan, Garbiy Samoa aholisining qariyb 30 foizi ispankadan nobud bolganiga etibor qaratadi. Chunki orol aholisi oshanda tashqi dunyo bilan umuman aloqada bolmagan.

Virus hech qayerdan kelmaydi va hech qayerga ketmaydi ham. Ular har doim shu yerda bolgan va bazan nimadir ularni faollashtirib yuboradi. Ehtimol, dunyo aholisining zichlashib borayotgani yoki ekologik vaziyat, yani iqlim ozgarishi bunga sabab bolayotgandir. Biz aynan shuni organishimiz lozim, – deydi Jefferson. Qolaversa, virus nafaqat odamdan odamga havo tomchilari orqali, balki oqar suvlardan ham yuqishi mumkin.

Yaqinda dunyoning 32 mamlakatidan qariyb 240 nafar olim Jahon sogliqni saqlash tashkilotiga (JSST) maktub yollagan. Unda infeksiya tarqalish omili sifatida koronavirusning juda mayda zarrachalari havo orqali yuqishi mumkinligini tan olish soralgan, deb yozadi The New York Times.

JSST shu vaqtgacha virus aksariyat hollarda kasal odam yotalganda, aksirganda yoki gaplashganda nafas olish yollaridan ajralib chiquvchi yirik tomchilar orqali yuqishini takidlab kelardi.

Olimlarning takidlashicha, faktlar shuni tasdiqlamoqdaki, virus xona havosida turib qolgan mayda zarralar orqali ham yuqishi mumkin ekan.

239 nafar olimning JSSTga tavsiya sifatida yozgan ushbu maktubi yaqin kunlarda ilmiy jurnallarda elon qilinadi, deyilmoqda xabarda.

JSST mutaxassislari esa hozircha koronavirusning havo orqali yuqishi boyicha dalillar unchalik ishonchli emas, degan fikrda.

Songgi ikki oy ichida biz koronavirusning havo-tomchilar orqali yuqishi ehtimoli borligini, lekin ishonchli dalillar bilan isbotlanmaganini aytib kelmoqdamiz. Ushbu masala boyicha keskin bahs-munozaralar hamon davom etmoqda, deydi JSSTning infeksiyalar nazorati boyicha texnik rahbari Benedetta Allegransi. Shuningdek, agar infeksiyaning havo-tomchi orqali yuqishi pandemiyaning tarqalishida muhim omillardan biri ekani haqiqat bolsa, u holda koronavirusga chalinmaslik uchun qator yangi choralar qollash lozim boladi. Jumladan, shifokorlar xonalarda hatto ijtimoiy masofa saqlangan sharoitda ham mayda zarralarni filtrlaydigan niqob taqib yurishiga togri keladi. Bundan tashqari, jamoat joylarida havoni tozalaydigan tizim bolishi lozim, shuningdek, virus zarralarini oldiradigan ultrafiolet chiroqlar ornatilishi kerak.

Vaksina qachon ishlab chiqariladi?

The Washington Post gazetasi JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyyesusning sozlariga asoslanib yozishicha, hozir dunyo boyicha 141 ta vaksina ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Hatto, ayrim olimlar sanoqli oylardan keyin oz muvaffaqiyatlarini elon qilishi mumkin.

«Hozir 141 ta vaksina ishlab chiqilmoqda. Bu boradagi ilgorlarga muvaffaqiyatini elon qilishi uchun atigi bir necha oy qoldi. Albatta, toliq himoyaga kafolat yoq, lekin biz umid qilamiz», degan JSST rahbari.

Bir soz bilan aytganda, dunyo boyicha koronavirusga chalinganlar soni 11 million kishidan oshib ketdi. Hisob-kitoblarga qaraganda, barcha kasallanganlarning qariyb 60 foizi iyun oyiga togri kelgan. Lekin bu iyun oyi infeksiya tarqalishining eng yuqori choqqisi boldi, endi pandemiya chekinadi, degani emas. Songgi haftada har kuni 160 mingdan ziyod kishi koronavirusga chalinayotgani odamlarni yanada koproq xavotirga solmoqda. Bu har bir insonni yana bir bor hushyorlikka chaqirishi shubhasiz.

Shu bois JSST rahbari pandemiyaga qarshi kurashda kompleks yondashuv zarurligini bot-bot takidlayotganida jon bor. Kop mamlakatlarda koronavirusni jilovlashga muvaffaq bolingani bilan (bu yerda Italiya va Ispaniya nazarda tutilmoqda), cheklov choralari yumshatilsa, vaziyat yana qaytadan yomonlashishi mumkin, deydi tashkilot rahbari.

Kompleks yondashuv deganda, u shubhali holatlarni aniqlash, test otkazish, infeksiyaga chalinganlarni boshqalardan ajratib qoyish, ular muloqot qilgan odamlarni nazoratga olish va ijtimoiy masofaga qatiy amal qilishni nazarda tutgan. Bundan tashqari, shifokorlarni bemorlar bilan ishlashga orgatish va aholining SOVID-19 boyicha bilimini oshirish ham ota muhim masala ekanini alohida takidlagan.

Bu misollardan korinib turibdiki, koronavirus pandemiyasining kelib chiqishi, uning oldini olish yoki bemorlarni samarali davolash boyicha dunyo olimlari tadqiqotlarni aslo susaytirgani yoq. Bu izlanishlar yaqin oylarda oz natijasini berishiga umid qilamiz. Ammo bu balo-qazodan, avvalo, har birimiz ozimizni asrash haqida oylashimiz kerak boladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Toshtemir XUDOYQULOV tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: