O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
03.06.2020

BEFARQ ODAM

nafaqat o‘ziga, balki boshqalarga ham ziyon-zahmat yetkazishi mumkin

2019 yildan 2020 yilga otish arafasida butun dunyo koronavirus dahshati bilan yuzma-yuz keldi. Qorquv, xavotir, iqtisodiy muammolar barchasi bosh kotarib, insoniyatni sinovlar girdobiga tashladi. Pandemiya sozi tez-tez takrorlana boshladi. Jahon sogliqni saqlash tashkilotining dastlab xotirjamlikka chaqirigi ornini ogohlikka da’vat egalladi.

Dunyo xalqlarining befarqligi, bazi bir davlat rahbarlarining etiborsizligi oqibatida qisqa vaqtda oz masshtabini kengaytirgan koronavirus jiddiy xavf ekanligini insoniyat toliq anglab yetguncha u butun dunyoni egallab olishga ulgurdi. Qudratli davlatlarni ham shoshirib qoygan virusdan olim darajasi kun sayin, soat sayin ortib bordi. Insoniyat bu gal juda makkor, juda murakkab dushmanga duch kelganini anglab yetdi...

Xudo xohlasa, bu ogir kunlar ham orqada qoladi. Bir kun kelib, mutaxassislar bu yovuz virus qanday paydo bolgani, tarqalgani, keltirgan zarari, nobud bolganlar soni, virusga qarshi kurashishda mamlakatlar toplagan tajriba, yol qoyilgan kamchiliklar haqida toliq isbot-dalillar bilan oz fikrini aytadi. Tahlillar, tadqiqotlar olib boriladi. Vrach sifatida iymonim komilki, oshanda koronavirusga qarshi kurashda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tutgan yoli naqadar togriligini jahon hamjamiyati etirof etadi. Bu xavfli va yovuz virusga qarshi kurashda ishtirok etgan mamlakatimiz sogliqni saqlash xodimlarining matonati, mashaqqati va jasorati yuksak baholanadi.

Bugun hali xavf-xatar toliq chekingani yoq. Mamlakatimizda ham karantin davom etmoqda. Xosh, bu orinda xalqimiz avvalo nimalarga koproq etibor berishi kerak? Shifokorlarning qaysi talablarini toliq bajarishlari zarur? Qachon karantin cheklovlaridan qutilamiz? Buning uchun avvalo, aholidan nimalarga koproq etibor qaratish soraladi?

Togrisi, pandemiya davrida juda kop savollar paydo boldi. Garchi achchiq bolsa ham, odamlarimizda tibbiy madaniyat darajasi pastligini tan olishimiz kerak. Aholi soglom turmush tarzining juda oddiy talablariga bepisand qaraydi. Buning oqibatida katta muammolar kelib chiqishi mumkin.

Men vrach sifatida karantin vaqtida etibor qaratishimiz shart bolgan bazi bir masalalarga toxtalib otmoqchiman:

Birinchidan, pandemiya haqida, koronavirus togrisidagi malumotlarni muntazam oqib, kuzatib borish lozim. OAVda elon qilinayotgan maqolalardan, korsatuv va eshittirishlardan nafaqat ozingiz, balki oila azolaringiz ham xabardor bolishiga etibor qarating. Yetarli konikma hosil qilmasdan virusdan ozimizni va yaqinlarimizni himoya qila olmaymiz.

Ikkinchidan, uyda qolish, yani, ozini-ozi himoyalash talabiga sozsiz boysunishimiz kerak. Odamlardan uzoqroq bolish, yani ijtimoiy masofa saqlash talabi qanchalar muhimligini unutmang. Qol bilan korishish, toplanish, muloqot qilishdan ehtiyot boling. Siz ozingiz bilmagan holda virus tashuvchiga duch kelib qolishingiz va xavfli virusni yuqtirib olishingiz mumkin. Jamoat joylariga bormang, tibbiy niqobsiz yurmang. Sizning nafaqat ozingizni, balki oilangiz, yaqinlaringiz, kasbdoshlaringiz, qoni-qoshnilaringiz hayotini xavf ostiga qoyishga haqqingiz yoq.

Uchinchidan, salomatligingiz har qanday hoyi-havasdan ustun turadi. Vaqtincha cheklovlarning mohiyatini tushunib yeting. Janozaga borishim kerak, tugilgan kun bilan tabriklab kelaman, bemorning holidan xabar olaman, uyda otirishdan zerikdim, bozorga aylanib kelaman… Bunday xom xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Uyingizga, oilangizga virus olib kelishdan tiyiling. Siz loqaydlik bilan bosgan har bir qadamingiz koronavirus tomon olib borishini unutmang!

Tortinchidan, har birimizning sogligimiz birinchi navbatda ozimiz uchun muhim. Bugun Prezidentimiz, qolaversa, jasur shifokorlarimiz xalqimizni koronavirus balosidan qutqazish, ziyon-zahmatni kamaytirish uchun jon-jahdi bilan harakat qilmoqda. Eng oliy darajadagi sharoitlar yaratilmoqda. Davlat rahbari bemorlar orasida olim bolmasligi uchun hamma masul ekanini alohida takidlamoqda. Eng yuqori darajadagi dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar keltirildi. Malumotlarga qaraganda, Ozbekistonda koronavirus ziyonini kamaytirish borasida ulkan ishlar qilinmoqda. Shunday ekan, nega biz oz sogligimizga befarq bolishimiz kerak? Hammamiz kurashsak, qarshi tursak, dushman chekinadi. Faqat davlatga qarab turish togri emas. Bu jarayonda ishtirokchi bolishimiz, karantin talablariga sozsiz amal qilishimiz shart.

Beshinchidan, pandemiya yana bir bor bizga tibbiy savodxonligimizni oshirishimiz kerakligini korsatdi. Chunki mening nazarimda, “qizil hudud”larning paydo bolishiga odamlarning befarqligi, loqaydligi sabab bolmoqda. Mana, masalan, ozim tugilib osgan Kattaqorgon tumani yashil hududga kiritilgan. Buning sababini alohida organib kordim. Avvalo tuman hokimi Azamxon Bahromovning shaxsan ozi vaziyatni nazorat qilib bormoqda. Mahalla masullari, oqsoqollar, diniy ulamolar ham bu jarayondan chetda turgani yoq. Hatto janoza marosimlarini otkazishda ham qatiy karantin talablariga amal qilinmoqda. Odamlarning toplanishiga yol qoyilgani yoq. Balki shu orinda Kattaqorgon tumani mutasaddilarining karantin talablarini bajarish bilan bogliq tajribasini organish kerakdir? Tadbiq etish kerakdir. Chunki Kattaqorgonga tutash bazi bir tumanlar qizil hududga kiritilgan bolib, ularda epidemik vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

Oltinchidan, hech qachon sogligingiz bilan bogliq muammolarni ozingiz hal qilishga urinmang. Bu hayotingiz uchun xavfli ekanini, umringizga songi nuqta qoyishi mumkinligini anglang, biling. Har qanday vaziyatda shifokorga, tibbiyot muassasiga murojaat qiling, tez yordam chaqiring. Bu oltin qoidaga amal qilsangiz, avvalo ozingizni, qolaversa yaqinlaringizni balo-qazolardan himoya qilgan bolasiz.

Sogligimiz oz qolimizda. Unutmang, befarq odam nafaqat oziga, balki boshqalarga ham ziyon-zahmat yetkazadi.

Hamza HAMROYeV,

Samarqand davlat tibbiyot

instituti dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: