O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
21.05.2020

BERDAQ BOBOMNING MUNGLI OHANGI

yoki Sardoba, koronavirus, karantin degan ofatlarning barham topishi, farahbaxsh tonglar umidi

«Dengizga yoqqan yomg‘ir saxovat emas»

Alisher Navoiy, Mahbub ul-qulub

Avvalo, karantin sabab chiqmay qolgan Ozbekiston ovozining qayta chop etilishi bilan tabriklayman. Aslida, har qanday falokat yaxshi narsa emas. Ayniqsa, inson falokatning ichida bolsa...

Yakdil Orta Osiyo tabiatini texnogen ofatlarga mubtalo etgan tuzum asoratlaridan jabr chekkan sahro farzandi sifatida el boshiga kelgan kulfatlar togrisida ba’zi mulohazalarimni aytmoqchiman.

Sardobalar odatda sahrolarning karvon yollarida qadim zamonlardan buyon qurib kelingan suv omborlaridir. Koraqum, Qizilqum, Ustyurt kengliklarida sardobalarning quduqlar qazilib, ustiga gumbazlar tiklangan shakllarini korish mumkin. Sardoba atrofida quduq kuzatuvchilari bolgan chorva otovlari va karvon saroylari joylashgan. Qadimshunoslar ularning atroflarini organganlarida, mayda yodgorliklar orasida turli xalq va elatlarning tangalarini ham topishgan.

Hozirgi plastik idishlar davrida balki suvlarni sardobalarda saqlash ehtiyoji ham qolmagan bolsa kerak. Axir, tuyalarga ortilgan karvonlar ornini temir karvonlar bosayapti, eshigining oldidan nafaqat daryo, jilga-soylar oqmaydigan qancha xalqlar va elat bor bu dunyoda. Insoniyat ichimlik suvi muammosini zamon imkoniyati darajasida hal qilayapti.

Lekin Orta Osiyoning ikki buyuk daryosini paxta uchun jilovlash maqsadida tabiatning suv oqimlariga tosiqlar, togonlar bosaverib, hududiy qishloq xojaligini kolonial siyosatga boysundirgan imperator Pyotr I ning Hind okeaniga intilgan armonlarini bizning hududlarimizda amalga oshirgan kechagi SSSR Minvodxozi notogri suv taqsimlashi oqibatida yagona dengizimiz – Oroldan ayrilib qolganimizni eslatmoqchiman. Aslida men ham qoriq yerlarni ozlashtirib, cholistonni gulistonga aylantirish tarafdoriman. Faqat... Suvning kopligi ham, xuddi kamligi kabi zararlidur… degan insoniyatning ilk kitobi Avesto sozlarini esdan chiqarmasak yaxshi bolar edi.

Sirdaryodagi Sardoba ana shu ezgu niyatlarda qurilgan, albatta. Endi qurilish sifatiga kelsak, toshqinlar bilan opirilishlarning tirik guvohiman. Men tugilgan yili Amudaryo sohilidagi ovulimizni suv bosib, qutqaruvchilar oilamizni, butun ovul ahlini daryoning narigi sohiliga oborib tashlaganini chollar hali eslaydi. 1969 yili daryodan oqqan muz (buni qoraqalpoqlar seng deyishadi) bir yerga tiqilib, Beruniy shahrini suv bosganida, Qoraqalpogiston, Xorazmning barcha mashinalari tosh-tuproq tashib, damba bosganlarini korganman. Joriy asrimiz boshlarida Moynoq aholisini ichimlik suvi bilan taminlashni yaxshilash va baliqchilikni urchitish maqsadida qurilgan Porlitov gidrotarnovi foydalanishga topshirilgan kunning ertasigayoq qum opirilishidan poydevori-soydevori bilan uni suv oqizib ketganini korganman. Bu tarnov ham ezgu niyatlarda qurilgan edi.

Osha paytda halokatning aybdorlari loyihachilar ichidan emas, qurilishda qatnashganlar ichidan izlandi. Qurilishda ishlaganlar jazolandi. Vaholanki, Amudaryoning quyi oqimida ornatiladigan tarnov bunday bir kunlik yengil-elpi loyiha bilan emas, poydevori baquvvat, avariya-propusk qurilmasi bilan bilan bunyod etilishi lozimligini mutaxassis emaslar ham bilar edi. Sababi, bu tarnovdan Chimboy yoli orqali Nukusga togridan-togri avtoqatnovlar harakati ham rejalashtirilgan edi.

Togri, oradan ancha yillar otdi. Endi bu falokat tabiiy yoki texnogen (inson aralashuvi bilan) oqibatida bolgan, deb tortishish noqulay, albatta. Yaxshiyamki, Porlitov falokati qurbonlarsiz otdi va mol-mulkka zarari tegmadi.

Bizning eskidan qolgan bir yomon odatimiz bor: biron narsa qurayotgan bolsak, oshani qaysidir sanaga moljallab bitirishni rejalashtiramiz. Qanday bolmasin, osha sanada ishimizni yakunlashga harakat qilamiz. Hov, esingizda bolsa, otgan ajdodlarimiz ham etti yillikni besh yilda, besh yillikni uch yilda bajaramiz, deya vadalar beraverib, kopchilik ishlarimizda sifatlar oqsab qolgan edi. Sardoba qurilishida ham shunday bolgan bolsa, ajab emas.

Meni hayajonlantirgani Milliy gvardiyada xizmat qilib kelayotgan ikki harbiy yigitning fojeasi. El boshiga ish tushganda ozlarini qurbon qilgan bu gvardiyachi yigitlarning oilasi va yaqinlariga chin konglimdan taziyamni izhor etaman. Umuman, roy bergan falokat uchun sirdaryolik ijodkor dostlarim adabiyotchi olim Qozoqboy Yoldosh bilan shoir Hayot Shodmonga hamdardlik bildiraman. Sizlarning boshingizga tushgan kulfatni birga bolishishga tayyorman. Dard manzilli ekan, hamdardlik aniq manzilga ega.

Ikki gvardiyachi qahramon fojeasi menga 17 yoshida urushga ketgan, tanasiga qadalgan oqni qariyb qirq yil kotarib yurgan tortkollik ogam Xojabek Serjonovni eslatdi. Osha oq-qorgoshin yurakka intila-intila oxiri 1981 yili ogamning umriga zomin boldi. Men shu topda ana shu voqeani esladim. Gvardiyachi serjant Husniddin Suyarov ham falokatga koksini qalqon qilibdi. Korinib turgan xatarga ozini urish, yurtdoshining hayotini qutqarish uchun ozini qurbon qilish bu haqiqiy qahramonlikdir. Olim haq, lekin ajal qayerdan keladi, oq-qorgoshindanmi, yoki qandaydir tabiiy ofatdanmi, avtohalokatdanmi, biz bilmaymiz, Ollohning oldida ojizmiz.

Dunyoda qanchadan-qancha oqimishli insonlar, yetuk xalqlar, qudratli davlatlar bor. Biz ularga havas bilan qarab, otmish meros dardimiz Orol ofatidan endi-endi otib kelayotganimizda, barcha ofatlarning ofati bolmish qandaydir koronavirus degan yov yopirilib kirdi. Mana ikki oydirki, uydamiz, karantindamiz. Bunday dunyoviy jimjitlik, harakatlar va vaqt toxtashi oldin bolmagan.

Lekin bizning davlatimizning ayni vaqtida qollagan tadbirlari tufayli vaqtida karantin qilib, kam talafotlar bilan koronavirusdan asta-sekin qutulayapmiz.

Tabiatda tasodif va qonuniyat degan narsalar bor. Ofat ham tasodif deymiz-u, lekin uning tagida qandaydir qonuniyatlar borligi aniq. Menimcha, Sardoba qurilishidagi kamchiliklar faqat shoshqaloqlik oqibatidan iborat emasligi korinib turibdi. Mayli, buni hukumat komissiyasi, mutaxassislar hal qiladi.

Bu yilgi bahorda tabiiy ofatlar kop boldi. Jamiyatning ochiqlanishi, xushxabar bilan shumxabarlarning ijtimoiy tarmoqlarda bir zumda tarqalib ketishi uncha-muncha odamni vahimaga garq qilib qoyadi. Vahima va yolgonga aslida kim ishonadi? Bilimi sayoz, turmush tajribasi kam yoki girt omi odam. Bilimli odam tasodif va qonuniyatlar manosini yaxshi tushunadi. Yaxshi bilan yomonni, haqiqat bilan toqima safsatani ajrata oladi. Ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan har xil gaplarni okigani bilan xavotirga tushmaydi.

Olov va suv balosidan battar, kozga korinmas xavf bolgan koronavirus pandemiyasi butun dunyoda qancha vahimalarga sabab boldi?! Mana-man, degan davlatlarning obroli mulozimlari bizga buning aloqasi yoq, deya xotirjamlikka berilgan bolsa, oxir-oqibat boshlariga ish tushgandan keyin harakatga kirishdi, lekin kechikdi. Xitoy, Italiya, Ispaniya, Angliya, AQSh kabi davlatlarning xotirjamligi osha davlatlarda koplab insonlarning kasallik yuqtirishiga sabab boldi, juda kop insonlarning olimiga zamin tayyorladi. Qatiy intizom asosida karantin elon qilib, vaqtida zaruriy tibbiy muolajalar qilgan davlat asta-sekin karantinni yumshatish va iqtisodiyotini tiklashga kirishayotgan paytda xotirjam davlatlar tashvishga tushib qoldi.

Koronavirus pandemiyasi tabiiymi yoki texnogenmi, degan savol katta davlatlar ortasida katta bahslar keltirib chiqarmoqda. Lekin insonning tabiati har bir ofatni ozicha qabul qiladi. Ofat ichidagilar, yani boshidan kechirganlar unga ofat sifatida, ofat tashqarisidagilar tomosha sifatida qarashi mumkin.

Biz tabiatan rahmdil, mehr-shafqatli va ochiqkongilli xalqmiz, bizning zehniyatimiz odamgarchilik asosiga qurilgan. Balki, globalchilikka davogar davlatlar koronavirus pandemiyasidan song taqsimlanadigan narsasi qolmagan dunyoni yana taqsimlashga tushar? Balki, umuminsoniy zehniyatlarda qadriyatlar ozgarar? Lekin inson azizligicha va ojizligicha qolaveradi.

Odam ofatdan kora uning xavf-xataridan qorqib, vahimaga tusharkan. Ofatdan qorqmasdan, ozingni ozing qorqitmasdan, atrofingga vahima solmasdan ozgina mardlik qilsang, tushkunlik kayfiyatini uloqtirib, umidlar olamiga kirsang, ofatni yengish oson kechadi. Men buni har xil ofatlar markazida yashagan odam sifatida oz boshimdan kechirganman.

Yaqinda Uzreport telekanalidan Abu Ali ibn Sino haqida berilgan retrofilmni korib qoldim. Buyuk bobomiz osha zamonda keng va tez tarqalgan vabo kasalligining eng yaxshi davosi chilla saqlash ekanini qayd etgan ekan. Koronavirus tarqala boshlab, Xitoyning Uxan shahrida avjiga chiqqan kundan Ozbekiston chillaga yopildi. Chaqaloq tugilganidan boshlab qirqi, yani chillasi chiqquncha yot kozlardan xoli saqlanishini endi tushunganday bolayapman. Odam olam sirlarini endi tushuna boshlagan payti qariyotganini his etishi esa okinchli bolarkan...

Quyonni qorqinch, qorqoqni vahima oldiradi, deyishadi qoraqalpoqda. Koronavirus boshlangan paytlari uning asosan keksalarga yuqishi, ogir kechishi togrisida doktorlar bilan televideniye kop gapirdi va bizga uydan umuman chiqmaslikni tavsiya etdi. Qariganlik sabab harakatlanishi pasayib, tort devor qurshovida qolgan keksalarga bu oson kechmadi. Qarasak, osha televideniyedan 80-90 dan oshib, koronavirusdan sogaygan bir-ikkita chol-kampirni korsatayapti, birga davolanib chiqqanlarning kopchiligi yoshlar Demak, ajal kelsa, Azroil yoshingga qarab otirmas ekan-da!

Aytmoqchi, qariyb ikki oy davom etgan chillada qanchadan-qancha bayramlarni nishonlamasdan otkazib yubordik. Navroz, oalaba bayramlari ham chillaga kirdi. Ayniqsa, men baxt toylarini moljallagan ogil-qizlarimni ayadim. Baxt juft boladi, muhabbat yoshida yakka qolish, yakkalanish gor azobi. Koronavirus butun insoniyatning baxt onlarini toxtatib, quvonch bazmlarini keyinga qoldirdi. Buni yoshlarimiz yaxshi tushunadi, deb oylayman.

Qolimga qalam olsam, doimo uni ulug Navoiy, Berdaq bobolarimizning teran oylariga olchab olardim. Lekin ular yetgan teranlik tubiga biz bir umr yeta olmasak kerak. Ozim iqtibos keltirgan Dengizga yoqqan yomgir saxovat emasning yetti uxlab hali manosiga yeta olmayapman. Buyuklar buyuk-da, hazrati Navoiyning qoqqisidan kelganday har bir sozi, har bir iborasi alvon manolar anglatib, har kimning ongida har xil tasavvur uygotadi. Bugun el boshiga tushib, etigimiz bilan suv kechdirgan kulfatlaru tashvishlarimiz buyuk bobomizning mangu falsafaga aylangan donoligiga amaliy isbot boldi.

Zamon kulfatidan sargaydim, ozdim,

Bolarmi, deb yaxshi kunlar xalq uchun

degan Berdaq bobomning mungli ohanglari bilan Sardoba, koronavirus, karantin degan ofatlar barham topib, muqaddas rozai ramazon oylarida xalqimizning, ahli ulamolarimizning roshnolik duolari mustajob bolishidan, yangidan otgan farahbaxsh tongdan umidlar kutib qolaman.

Orozboy ABDURAHMONOV,

Ozbekiston va Qoraqalpogiston xalq yozuvchisi.

Dormon ijod uyi, 7 may 2020 yil


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: