O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
17.03.2020

VATAN NIMADAN IBORAT?..

Nurulloh Dostonning har safargi savoliga ko‘nikib qolganman:

– Oqsoqol, Vatan haqida bir narsa qoralamaysizmi? Anchadan beri korinmay ketdingiz…

Mavzusi nima?

Nima bolsa ham Vatan haqida bolsa

Sahroyi bir inson sifatida Vatan degani kozimning yetgan yerigacha, deb qoysam ham bolardi. Kozimning uchida esa dengiz, Orol dengizi va Ustyurt!

Xalq shoiri, ogam Ibroyim Yusupov Vatan uyimning ostonasidan boshlanib, to orqa muz tundralarigacha degandi. Yana bir ogam, xalq yozuvchisi Tulepbergen Kaipbergenov Vatan bugundan bashlanib, to qadim zamonlargacha, dedi. Men nima deb ta’riflay?

Kezib kelgan chopondan soradim. U otardagi qoylarini korsatdi

Shaharga yetib, bolakaydan soradim. U yalab yeyotgan muzqaymoqqa ishora etdi

Uyga kelib, Vatanni jufti halolimdan soradim. U meni quchdi

Masjidga yaqinlashib, imomdan soradim, osmonga ishora qildi

Hokimga murojaat qildim. U indamasdan tepani korsatdi

Qabristondan otayotib, gorkovdan soradim. U yer qariga qaradi

Xullas, sahro kezib, saygoqlardan soramoqchi edim, ular qora korsatmasdan qochib ketdi. Sahroda yolgiz qolib, dengizning ultonida paydo bolgan Orolqumni kezib ketdim Odam yolgiz qolganida Vatanning nima ekanligini bilarkan, uning moddiy, nomoddiy qadriyatlari qadriga yetarkan.

Sahro osmonida sariq torgay chirqirab, allanimalarni kuylardi. Qum uyumlari ora-orasidagi yantoqlar atrofida chaqqon qora chumolilar gij-gijlagan harakatlari bilan qoplab olgan edi. Sahroga bahor kech keladi, allaqaylardan paydo bolgan oq kapalaklar tansiq gullar izlab ovvora. Faqat kapalak quvadigan bolalar yoq... Uyulgan qum barxanlari chokib yotgan tuyalar orkachini eslatadi

Sahroni inson emas, uning hislari kezadi. Hislarga tosiq bolar na toglar, na choqqilar bor. Lekin, sahroning odami sahroga sigmaydi, unga ufqsiz kenglik torlik qiladi. Xayolan dunyo kezib, dunyo korgisi keladi. Bazan, baxt degan narsa, sahroda sarob bolib korinadi va unga, olga intilib ketaveradi, ketaveradi

Lekin, bu javobimga Nurulloh qoniqmaydi. Uning shoirona tabiati Vatanning nimadan iborat ekanligini mendan ham yaxshi biladi. Endi nima desam ekan?

Vatanning hammaga maqul bironta andozasi bormi? Yoq! Bolishi ham mumkin emas! Kimgadir tarixda ota-bobolarning qurgan Vatanlari yoqadi, kimdir qoshnilar qurgan vatanga havas bilan qaraydi, yana biriga Yevropa yoki okean ortida jannat filiallari yoqadi.

Ozining Vatani shanini bayroq qilib, u bilan gururlanmaydigan odam bolmasa kerak. Men ham shularning biriman.

Konglimda Vatan tushunchasining qaysidir andozasini jamlab ham qoyganman. Vatan bu, farovon, osoyishta, emin-erkin yashaydigan hudud. Inson tugiladiki, oz Vatanining har bir qarich tuprogi, tabiatiga masul bolib, yaxshiroq yashashga intiladi. Gozallikka oshiq bolib uylanadi, orzularidan ajoyib farzandlar koradi. Uy quradi, ogil uylantirib, toy beradi, yaxshi-yomon kunlarni yurtdoshlari bilan birga baham koradi.

Bugun ertalab, OzAda Komiljon Shamsiddinovning jurnalist Ismat Xushev bilan gurungini eshitdim. Ismatning kuyib-yonib gapirishlaridan Vatanning haqiqiy qadrini musofir biladi, uning har bir giyohini, bir chimdim tuprogini kozlariga totiyo qilishni musofirlikni korgan biladi, oz ona tilingda emin-erkin gapirganingni atrofingdagi odamlarning emin-erkin tushungani va uning koz ongingdagi munosabati naqadar baxt ekanligini sezdim.

Yozuv-chizuvga aloqadorligim bois, hozir jamiyatimizda ancha munozoralarga sabab bolayotgan majburiy obuna masalasida ikki ogiz aytsam. Eski tuzumda qaysidir yakka yakkahokim rahbarning taklifi bilan majburiy byuro ochildi-yu, majburiy obuna masalasi sahnaga chiqdi. Bularning qaysi birlarida davlat manfaatlari bordir, lekin ikkalasini boglovchi bir nuqta pul masalasi.

Majburiy byuro kommunal xizmatlariga pul undiradi, majburiy obuna ham pul undiradi. Majburiy byuro sizning xohishingizga qaramaydi, majburiy obuna esa siz ishlayotgan tarmoq rahbarining kayfiyatiga bogliq, lekin sizning xohishingizga qaramaydi. Bu masalalarda mantiqan zidlik korinib turibdi. Birinchisi, davlat byudjetini toldirishga xizmat qilsa, ikkinchisi xalqning farovonligini orttirishga xizmat qiladi, deylik. Xosh, davlat byudjeti xalqning farovonligi uchun emasmi? Moliya sohasidagi izchil siyosatimiz nima boladi?

Bir vaqtlar haqiqiy majburiy obunaning «rohati»ni korgan avlod vakili sifatida, redaksiyamizni Veterinariya jurnaliga majburan obuna qildirishganida, buxgalteriyada topolon qilganimda, Ey, ahmoq, buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning asl kasbini bilasanmi? U veterinar edi, degan tanbehlarni ham eshitganman. U paytlari obuna arzon edi, adabiyotga endi qadam qoygan odam sifatida, Chingiz oga kasbi hurmati uchun osha jurnalga ham obuna bolganman, lekin jurnalni varaqlab korgan bolmasam, bironta satrini ham oqimaganman.

Bizning ongimiz talim, oqish bilan shakllangan. Amet Shamurovning Eski maktabda qissasida harf orgatadigan oqituvchiga otasi oglini topshirarkan: eti seniki, suyagi meniki deydi. Bu nima qilsang ham mayli, lekin oglim harf tanisin, degani.

Lekin, biz bugun yangilanayotgan jamiyat qurarkanmiz, talim-tarbiyani notogriroq yolga qoymayapmizmi? Hozir internet dunyosiga otdik, matbuot, kitob-jurnallarning zamoni otdi, barchasini internetdan topib olasiz, deydiganlar ham bor. Axir, harf tanimaydigan internetni ham oqiy olmaydi-ku. Hali harf tanimay, ongi shakllanib ulgurmagan avlod internetdan suratlar, filmlar, kliplar va hokazolarni koradi va eshitadi. Biz esa, ogli otasini, otasi oglini tushunmagani uchun kuyib-yonamiz, yana kocha-koyda odobsizlik, bezorilik kopayib ketganiga hayron qolamiz. Jabrini ota-ona tortadi, farzandlar aybini ichki ishlardan axtaramiz. Majburiy obuna ham avlodning ongini shakllantirish vositasi ekanligini esdan chiqarib qoydik. Ongi shakllanib ulgurganlarni esa majburiy mehnatga jalb eta olmaysiz, majburiy obuna qildira olmaysiz.

Biz yaqindagina ajoyib saylovlar otkazdik. Albatta, barcha hududlardan farishtalarni Oliy Majlisga yigib ololmagandirmiz, lekin har kim ozi xohlagan nomzodga ovoz berishini taminladik. Qarang, ajoyib qarorlar chiqayapti, lekin ularning ijrosi kongildagidek emas...

Ammo, orzuda ayb yoq deyishadi. Yangi saylangan deputatlar yangicha ish boshlashdi. Mahalliy mulozimlarning ish uslublari ham ozgara boshladi. Afsuski, ish uslubi boyagi-boyagicha qolayotgan rahbarlar oz emas. Tepadan korsatma va buyruq kutishgani-kutishgan. Talim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, ilm-fan, marifat masalalarining yechimi kopincha mahalliy hokimiyatlarda osongina hal bolishi mumkin edi. Lekin, mahalliy mutasaddilarning koplari davr talabida ishlashni boyniga olmasdan, tepaga qarab otiribdi. Tepaning esa oz tashvishi boshidan oshib yotibdi. Mahalliy rahbarlar tepadan tushgan tashabbuslarning oddiy ijrochilari yoki kuzatuvchilari bolayapti. Axir, hamma tomoshabin bolsa, sahnada ham kimlardir rol oynashi kerak emasmi? Men bu yerda hayotda sahnadagidek, hammaning aktyor bolishi shart demoqchi emasman. Hayotda barchaga samimiylik yarashadi. Vatanda tabiat ham samimiy, inson ham samimiy bolmogi kerak. Vatan degani shu samimiylikdan, muhabbatdan boshlanadimi, deyman-da! Biz tugilib, yashab kelayotgan yurt Vatan desammikin? Ehtimol, Vatan bizning konglimizda yashar, Vatan va biz bir butundirmiz...

Orozboy ABDURAHMONOV,

Ozbekiston xalq yozuvchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: