O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
10.03.2020

ISHGA MARHAMAT MONOMARKAZI OQITADI, ISHGA JOYLASHTIRADI

Insonga baxtli, ko‘ngildagidek hayot kechirishi uchun kop narsa kerak emas. Soglik, tinchlik-xotirjamlik hamda doimiy ish joyi yoki zarur ehtiyojlari uchun yetarli daromad manbaiga ega bolish kifoya. Buni kopchilikdan eshitganmiz, hayotimiz davomida ham amin bolib boryapmiz. Aytish kerakki, ertasini oylagan har bir mamlakat bandlik masalasiga alohida e’tibor qaratadi, bosh ish orinlari yaratish hamda malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi keng kolamli islohotlarni, dasturlarni amalga oshiradi, chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan otgan yil sentabr oyida Yashnobod tumanida faoliyatini boshlagan «Ishga marhamat» monomarkazi tashkil etilganiga kop bolmasa-da, erishilgan natijalar quvonarli.

Statistik malumotlarga kora, bugunga qadar mono markazga besh yuz nafardan ortiq fuqaro murojaat qilgan. Shundan 63 foizi xotin-qizlardir. Ularning uch yuz nafarga yaqini oqishni bitirib, oz yonalishlarida sertifikatga ega boldi.

— Xabaringiz bor, mamlakatimiz rahbari Yashnobod tumaniga tashrifi davomida markazimizda bolib, har bir tinglovchi bilan samimiy suhbatlashgandi, dedi monomarkazi direktori Nodira Umarova. Oquv-mashgulot xonalariga kirib, shart-sharoitlar bilan tanishdi. Oquvchilarning bir daqiqa vaqti ham bekorga ketmasligini, markazda orgatilayotgan kasblar noyob va kelajakda hayotlarida asos va kafolatlangan daromad manbai bolishini alohida takidladi.

Prezidentimiz mamlakatimizda sanoat rivojlanayotganini aytib, bu borada qator vazifalarni belgilab berdi. Masalan, Toshkent shahridagi har bir tumanda bittadan mono-markaz tashkil etish lozimligini takidladi va buni ikki oy ichida amalga oshirish kerakligini aytdi. Shuningdek, poytaxtimizdagi 18 ming aholini kambagallikdan chiqarish uchun besh oylik kechki oquv shaklida kurslar tashkil etish kerakligi boyicha tavsiyalar berdi. Bularning zamirida aholini rozi qilish mujassamlanganini barchamiz yaxshi anglab turibmiz. Har bir ozgarishga befarq bolmasdan amaliy natijalarni korsatishimiz lozim. Shu bois jamoamiz bilan maslahatlashib, fikrlashib, aniq rejalarni belgilab oldik.

Markazimiz Prezidentimizning 2018 yil 20 avgustdagi qaroriga asosan aholi bandligini taminlashga komaklashish maqsadida tashkil etilgan, dedi mono markaz bolim mudiri Shohrux Nuraliyev. Ayni vaqtda 22 yonalishda talim berilib, besh xorijiy til yani, rus, ingliz, koreys, yapon, xitoy tillari ham orgatilmoqda. Muhimi, mehnat bozorida zarur bolgan kadrlarni yetishtirib berishga harakat qilyapmiz.

Oqish davriga toxtaladigan bolsak, oquv kursi uch oy bolib, darslar asosan amaliy mashgulotlar asosida olib boriladi. Aytish kerakki, xorijda ishlash niyatidagi tinglovchilarga mazkur davlatlarning qonunchiligi, madaniyati, tilini ham orgatish yolga qoyilgan. Shuningdek, kurs yakunida bitiruvchilardan ish beruvchi korxonalar tomonidan komissiya tashkil etilib, amaliy imtihon olinadi. Jarayonda ish beruvchilar mutaxassisilarni tanlab olishadi. Shuningdek, markazimizda qoshimcha xizmatlar ham korsatiladi. Xususan, oquvchilar malakali psixologdan, huquqshunosdan maslahat olishlari mumkin. Aytish kerakki, monomarkazda mini-texnologiyalar korgazma maydonchasi tashkil etilgani ham foydadan xoli bolmayapti.

Erishilgan natijadan qoniqmay, kelgusi rejalarni, marralarni baland olishimiz lozim, deb oylayman. Shundagina kozlangan maqsadga, aholi roziligiga erishishimiz mumkin.

Ayollarni doimo gozal bolib yurishlarini istayman, dedi markazda neyl-stilist yonalishida tahsil olayotgan Gulchehra Abdullayeva. Shu bois, mazkur yonalishda tadbirkorlikni boshlaganman. Biroq istakning ozi yetarli emas ekan. Vaqt otib, malaka oshirishim, sohamga tegishli zamonaviy bilimlarni egallashim kerakligini tushundim. Ishga marhamat monomarkazi haqida eshitib, hujjatlarimni topshirdim. Rosti, bugungi kunda mijozlarim soni ortgan, ular ishimdan xursand. Kelajakda tadbirkorlikni kengaytirib, 2 ta yangi ish orni ochish niyatidaman. Albatta, mono markazda oqigan opa-singillarimizni ishga olaman.

Markaz haqida internet orqali malumot olganman, dedi Qizil tog xususiy korxonasida ishlayotgan Husan Yoldoshev. Yonalishlar, oquv kurslari muddati bilan tanishib, til organish maqsadida markazga bordim. U yerda meni ustozim Normat Boboyev kutib oldi. Ayni vaqtda tokarlikka ehtiyoj katta ekanini aytib, mazkur yonalishda oqishni tavsiya qildi. Uch oy davomida talabchan hamda mehribon ustozlardan tahsil oldim. Nazariya bilan birgalikda amaliy ishlar bilan mashgul boldik. Dastgohlarda detallar yasadik. Xato va kamchiliklarimizni korib, tuzatishga harakat qildik. Muhimi, ishimizning ustasiga aylandik. Oqishni bitirishim bilan ishga joylashdim. Oylik daromadim ham kongildagidek. Hayotimdagi ozgarishlarni korayotgan qarindoshlar, ortoqlarim buning sababini sorashadi. Men ularga mono markaz haqida sozlab beraman. Hatto aksariyat tanishlarim u yerda oqish uchun navbatga ham yozilishdi.

Ishga marhamat monomarkazi Husan Yoldoshev, Gulchehra Abdullayeva singari yuzlab insonlarning doimiy daromad manbaiga ega bolishiga sabab bolmoqda. Oylamizki, markazning keyingi faoliyati ham samarali boladi hamda mamlakatimizda ishsizlikni oldini olish, jamiyatga kerakli kadrlar tayyorlashda muvaffaqqiyat bilan xizmat qiladi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: