O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
03.03.2020

ZAMONAVIY MAKTAB

Mamlakatimizda 2020-2022 yillarda «Zamonaviy maktab» loyihasi bo‘yicha umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, tamirlash va jihozlash ishlari olib borilishi belgilangan edi.

Loyiha doirasida Toshkent shahrining Sergeli tumanida har biri 1680 oquvchiga moljallangan yangi ikkita umumiy orta talim maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Ozbekiston Respublikasi xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov va Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxojayev ishtirok etdi va maktab hovlisiga ramziy manoda daraxt kochati ekdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan poytaxtimizning Sergeli tumanida kop qavatli uy-joylar qurilib, yangi mavzelar foydalanishga topshirilmoqda. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur mavzelarda ijtimoiy obyektlar ham barpo etilmoqda.

2019 yilda Sergeli tumanida tortta yangi maktabning qurilish ishlari boshlangan edi. Hozir ularning ikkitasi, yani 329- va 330- umumiy orta talim maktablari oquvchilarni qabul qilishga shay.

Takidlash lozimki, bu oquv maskanlari songgi yillarda qurilgan eng kop orinli maktablardan hisoblanadi. Maktablarni qurish jarayonida 2019 yilda tashkil etilgan Prezident maktablari tajribasidan foydalanildi.

Tort qavatli maktablarning har birida 48 ta oquv xonasi mavjud. Ularning 20 tasi fan xonasi, 14 tasi boshlangich sinf xonasi va 14 tasi xorijiy tillarni oqitishga moljallangan.

Bundan tashqari, maktablarda 15 ta mamuriyat xonasi, 1 ta chaqiriqqa qadar boshlangich tayyorgarlik xonasi, 4 ta axborot texnologiyalari xonasi, 4 ta togarak xonasi, 3 ta kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonasi, 2 ta ogil va qiz bolalar texnologiya xonasi, bitta musiqa xonasi, bitta kutubxona faoliyat yuritadi.

Oquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bitta 40 oringa moljallangan elektron kutubxona, bittadan tibbiyot hamda tish shifokori xonasi, 140 orinli faollar zali, 200 orinli oshxona, 2 ta sport zali, futbol, basketbol, voleybol maydonlari ham tashkil etilgan.

Talim sifatini yuqori darajada taminlash maqsadida Toshkentdagi maktab direktorlari orasida tanlov otkazilib, mazkur yangi maktablarga direktorlar tanlandi hamda oqituvchilar test sinovlari asosida ishga qabul qilindi. Joriy yilning 26-27 fevral kunlari A.Avloniy nomidagi Xalq talimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilgan test sinovlarida 550 nafardan ziyod talabgor – umumtalim fani oqituvchilari mutaxassislik fanlari, AKT va fanni oqitish metodikasi boyicha onlayn ishtirok etdi. Test sinovlari natijasiga binoan eng kop ball toplagan oqituvchilar ishga qabul qilindi.

Dastlabki hisob-kitoblarga kora, Sergeli tumanida yangi tashkil etilayotgan mazkur maktablarda 292 nafar oqituvchi uchun yangi ish orni yaratilib, yosh, bilimli va tashabbuskor pedagoglar ish bilan taminlanadi.

Hozirgi kunda yangi tashkil etilgan maktablarning mamuriyati mavzeda yashovchi aholidan farzandlarini maktabga qabul qilish boyicha arizalarni qabul qilayapti.

Prezidentimiz tashabbusi bilan xalq talimi tizimini rivojlantirishga juda katta etibor qaratilmoqda, deydi xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov. Jumladan, mamlakatimizda Zamonaviy maktablarni ochish boyicha Prezident qarori qabul qilindi. Yangi maktablar yurtimizda Zamonaviy maktablarni tashkil etishdagi ilk qadamdir. Bunday maktablar bosqichma-bosqich mamlakatimizning barcha viloyatlarida barpo etiladi.

Mazkur maktablarda talim davlat tilida olib boriladi. Kelajakda malakali va bilimli oqituvchilar jamoasi shakllantirilsa, boshqa tillarda ham talim tashkil etilishi mumkin.

Barno MELIQULOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: