O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
03.03.2020

OZBEKISTON AYoLLARINING 100 ENG YaXShI INNOVATSION LOYIHASI

III Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi Toshkent shahridagi INHA universitetida bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligi va Ozbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan mamlakatimizda fan-ta’lim va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning innovatsion goyalari, loyiha va ishlanmalarini hayotga joriy etishda ularni har tomonlama qollab-quvvatlash maqsadida otkazilgan ushbu tanlov natijalari elon qilinib, ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan loyihalarning oz nominatsiyalari orasidan eng saralari tanlab olindi.

Ushbu taqdirlash marosimida turli xorijiy tashkilotlarning vakillari, vazirlik, agentlik, idoralar hamda Ozbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qollab-quvvatlashi vazirligi vakillari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin-qizlar hamda ommaviy axborot vostialari xodimlari ishtirok etdi.

Tanlovning yakuniy bosqichida mamlakatimizning barcha hududlaridan tavsiya etilgan 300 ishtirokchining innovatsion loyihalari respublika ekspertlar kengashi tomonidan korib chiqildi hamda ularning taqdimotlari atroflicha muhokama qilindi. Eng yaxshi 100 loyiha aniqlanib, mualliflari tanlov goliblari sifatida taqdirlandi.

Shuningdek, tanlov goliblari Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi tomonidan xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.

INHA universiteti rektori Muzaffar Jalolov sozga chiqib, tanlov ahamiyati va loyihalarning bugungi texnologiya hamda raqamli iqtisodiyotga mutanosibligi haqida toxtaldi.

— Millat genofondini mustahkamlash har birimizning eng oliy burchimizdir. Loyiham bolalarda kamqonlik, kalsiy yetishmasligi, qandli diabetning oldini olishda funksional oziq-ovqat ratsionini tizimli yolga qoyishdan iborat va buni hayotga tatbiq etish muhim ahamiyatga ega, deydi tanlov golibi tibbiyot fanlari doktori Yulduz Saidova.

Loyiham mavzusi «Qogoz ishlab chiqarish uchun qizilmiya chiqindisidan tolali yarim tayyor mahsulotlar yaratish», deydi Eng yaxshi ixtiro nominatsiyasi golibi Iroda Nabiyeva. Bu loyihaning innovatsionligi shundaki, yurtimizda qogoz va qogoz mahsulotlari ishlab chiqarishga moljallangan 106 xususiy korxona mavjud. Lekin ularda togridan-togri osimlik orqali selluloza ishlab chiqarish yolga qoyilmagan. Loyiha natijasida yangi ish orinlari yaratiladi, import hajmi kamayadi va ekologik muammolar hal boladi, deb oylayman.

Talaba qizning istiqbolli innovatsion loyihasi nominatsiyasi boyicha goliblikni qolga kiritdim, deydi Toshkent moliya instituti talabasi Mohinur Mirvaliyeva. Loyihamning mavzusi innovatsion suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarish. Maqsad respublikamiz bozorlarini sifatli, tannarxi past hamda milliyligimiz aks etgan va albatta innovatsion uslublarni qollagan holda qol mehnati bilan ishlab chiqarilgan suvenir mahsulotlar bilan taminlashdan iborat. Yaratilgan suvenirlarning odatdagisidan farqi shundaki, birgina Samarqanddagi Sherdor madrasasi aks ettirilgan suvenirda rangli chiroqlar effektidan foydalanilgan, madrasa tarixi haqida 3 tilda ovozli malumot musiqa bilan aytiladi, uni telefondagi blyutuz funksiyasi orqali ham tinglasa boladi.

Barchamizga malumki, ona tili millatning ruhidir. Til davlat timsoli, deydi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali 2-bosqich talabalaridan biri. Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarda tilimizga etibor va uni organishga qiziqish kuchaymoqda. Loyiham ozbek tilining ijtimoiy hayotda va xalqaro miqyosda obro-etiborini tubdan oshirishga qaratilgan. Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va malumotlar bazasi nominatsiyasi boyicha Ozbek tilining izohli lugati ilovasini ishlab chiqdim. Mazkur dasturiy ilovada ozbek tilining tarixi, alifbosi, izohli sozlari, sozlanmalar, shartli qisqartmalar bolimlari mavjud bolib, alifbo tartibida sozlarning joylashish ketma-ketligi, kerakli sozlarni belgilash va ularni jonatish tizimi, chop qilish hamda yozuv turini ozgartirish kabi funksiyalarda ishlashni taminlaydi.

Taqdirlash marosimida 11 nominatsiya doirasida eng munosiblarning loyihalari boyicha tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Tadbir songida tanlov goliblari qimmatbaho sovgalar, diplom va statuetkalar bilan mukofotlandi.

Cholponoy AHMEDOVA,

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: