O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
08.10.2019

ELCHI BILAN UChRAShUV

Kuni kecha Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Santosh Dja va hamrohlari Samarqand Davlat universitetida munosib kutib olindi.

Universitet rektori, professor Rustam Xolmurodov va elchi janoblari ortasida bolib otgan samimiy muloqotda Hindistondagi nomdor oliy oquv dargohlari bilan Samarqand Davlat universiteti ortasida ta’lim, fan, innovatsiyani rivojlantirish, kadrlar yetishtirish, manaviy-marifiy aloqalarni mustahkamlash xususida fikr almashindi.

Mehmon Dehli va Nalanda universitetlari, shuningdek, mamlakatidagi xususiy oliy talim dargohlari Samarqand Davlat universiteti bilan yaqin hamkorlik ornatishdan manfaatdor ekanligini takidladi. Xususan, yaqin kelajakda Ozbekiston va Hindistonda, aynan tarixiy qadamjolarga boy bolgan Samarqandda sanat va madaniyat kunlari otkazish taklifini ortaga tashladi.

Shundan song elchi Santosh Dja va universitet rektori Rustam Xolmurodov ortasida kadrlar tayyorlash, qosh diplomlilik aloqalarini yolga qoyishga qaratilgan tarixiy hujjat imzolandi.

Har ikkala taraf bir-birlariga esdalik sovgalarini topshirdilar.

Mehmon va unga hamrohlik qiluvchilar SamDUning Xalqaro talim Dasturlari fakultetida tashkil etilgan Hindiston madaniyati oquv markazining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro talim dasturlari markazida ayni paytda 2+2 shaklida 180 nafar talaba tahsil olmoqda.

Elchi janoblari va hamrohlari shu kuni universitetning tarix va biologiya fakultetlaridagi arxeologiya va zoologiya muzeylarini ham kozdan kechirdilar.

SamDU matbuot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: