O'zb  
 
08.10.2019

MEHR QOLLARINI UZATAYLIK

Tokiodagi nashrlarning birida shunday e’lon paydo bo‘ldi: «Ota-ona sotiladi. Ota – 68, ona 66 yoshda. Narxi: 900 yyen». Buni korganlar hayratga tushdi. Ayrimlar: Eh, qanday zamonlarga qoldik-a, endi ota-onalar ham sotilayotgan emish! Hukumat qayerga qarayapti ozi? deya norozilik bildirishdi.

Elon berilgan gazeta avtohalokat tufayli yaqindagina vafot etgan ota-onasini tuproqqa qoygan yosh oilaning qoliga tushdi. Er-xotin qariyalarni sotib olib, mehr-muhabbat korsatishga, gamxorlik qilishga ahd qilishdi. Ular aytilgan manzilga kelib ajablandilar. Qarshilarida hashamatli uy turardi. Adashdik chogi, deb ikkilanib turganlarida, eshik ochilib, bir keksa kishi ularni tabassum bilan qarshiladi.

Tushunmovchilik bolibdi, deya uzr sorab qaytmoqchi bolishibdi. Uy egasi esa: Hammasi togri, ichkariga marhamat, dedi hayajonlanib. Song rafiqasini chaqirib tanishtirdi-da, yosh oilaga qarab: Korib turganingizdek, biz moddiy jihatdan muhtoj emasmiz. Bizning merosxorimiz, farzandlarimiz yoq. Shuning uchun elon orqali ozimizga munosib merosxor topishga qaror qildik. Bu elonga faqat mehr-oqibati, odamiylik hissi yuqori kishilargina javob qilishini bilardik! Ammo biroz shubhamiz ham bor edi. Sizlarni uchratganimizdan juda mamnunmiz, dedi.

Ha, qariyalarning rejasiga tan bermay iloj yoq. Ularning befarzandligi shunga undagan. Ammo Yaponiyada (aslida bunday munosabat dunyoning har bir chetida topiladi) ham keksalarning yoshlar etibori, gamxorligiga mujtojligi bor gap. Yaqinda bu mamlakatda davlat tomonidan rasman keksalar uchun shaharcha barpo etildi. Malumotlarga qaraganda, mazkur qariyalar uyida ularning bekamu kost umr kechirishi uchun hamma sharoit bor: eng sifatli oziq-ovqat, kuniga ikki mahal tibbiy korik, sayohatlar... Xosh, nega bunday maskanga ehtiyoj tugildi?

Kunchiqar mamlakat yoshlari oz ota-onalari bilan birga yashashni istashmaydimi?

Ochigi, ushbu savolga javobni faqat chetdan emas, oz yurtimizdan ham izlash kerak. Bizda ham shunga oxshash maskanlar bor. Respublika boyicha 33 ta Saxovat va Muruvvat uylari mavjud. Toshkent shahar Qoraqamish dahasidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati ham shular jumlasidan. Ayni paytda mazkur dargohlar davlatimiz, hukumatimiz etiborida.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 iyuldagi Muruvvat va Saxovat internat uylarida yashaydigan nogironlar va keksalarni ijtimoiy qollab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga asosan Respublika va hududiy vasiylik kengashlari tashkil etilgan. Muruvvat va Saxovat internat uylari faoliyatini qollab-quvvatlash Respublika vasiylik kengashi sorovi bilan ayni kunda mazkur maskan Toshkent shahar hokimligi tomonidan zamonaviy tipda qurib, jihozlab berilgan. Bu yerda turli millat vakillari bir oiladek yashaydi.

Sirasini aytganda, bunday manzillarga shunchaki kirib borish mushkul. Ostonasiga yaqinlashganing sayin yuragingni tosh bosadi. Qanday nigohlarga toqnash kelib, nima deyishingni oylay boshlaysan. Noorin savol berib, keksalarning dilini xufton qilishdan ogiri bormi? Biri ota beozor bolgani bois nodon farzandning betiyiq qilmishlarini yuragi kotarolmay shu manzilga yol olgan bolsa, birovining keksalikdagi injiqliklariga sabri yetmay, farzandlarining ozi ota-onasiga shunday hayotni ravo korgan...

Oqituvchi edim. Qirq yildan ziyod yoshlarga saboq berdim, ammo qarangki, birgina ogilni yolga solishga kuchim yetmadi, deydi samarqandlik 72 yoshli otaxon Rahmatilla ota Xoliqov. Ozimiz farzand korolmadik. Yaratgan ato etgan hayotga sabr qilishdan ozga iloj yoq. Bolalar uyidan bir chaqaloqni asrab oldik. Kop yillar tirnoqqa zorligimiz bois uni ancha erkalatib qoyganimizni keyinroq angladik. Har qancha urinmaylik, endi kech edi. Ichkilikka berilib ketdi. Necha kunlab uyga kelmaydigan odat chiqardi. Uylantirsak, biroz ozini tutib olarmikan dedik. Buniyam foydasi bolmadi. Surishtirib korsak, otasi ham shunday odam bolgan ekan. Inson hayotdan talim olmas ekan, unga na ota-ona, na muallim saboq beroladi. Bu hayot haqiqati. Ayolim nabiralari bilan ovunib, uyda qoldi. Men on bir yildan buyon shu yerdaman. Avvaliga kampirim kelib-ketib turdi. Hozir qarichilik, yol uzoq, bungayam konikdik, deya siniqqina jilmayib qoyadi otaxon. Oqituvchilik faoliyatimning asosiy qismi imkoniyati cheklangan bolalarga saboq berish bilan otgan. Osha davrdan anglaganim yana bir haqiqat shuki, inson xoh yosh bolsin, xoh keksa atrofdagilardan mehr-etibor kutadi. Hamma narsaga toyishing mumkin, faqat mehrga toymaysan...

Togri, mehrning qudrati, koinotdagi yagona cheklanmagan qudratdir. Negaki, Tangri insonni mehr-muhabbat, musulmon dinini esa rahm-shafqat ustiga yaratgan. Parvardigor ham, uning rasullari ham mehribondir va mehrlilarni xush koradi. Quroni karimning yigirmadan ziyod oyatida ota-ona hurmati, ularga yaxshilik qilish va roziliklarini topish muhim amallardan ekani bayon qilingan. Ankabut surasi, 8-oyatida: Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik… deyiladi. Paygambarimiz (sallallohu alayhi va sallam) ham oz hadislarida: Parvardigorning roziligi ota-onaning roziliklariga bogliq. Uning gazabi ham ota-onaning no¬roziligiga qarab boladi, deya takidlaganlar (Tabaroniy rivoyati)...

Bola-chaqasi, oilasi yoq, yolgiz keksalar uchun bu maskan ayni muddao. Lekin oz oilasi, farzandlari bilan birga yashaganga nima yetsin, deydi Toxtamurod bobo Jorayev. Korib turganingizdek, shart-sharoitlarimiz yaxshi, binoni tamirlab, yangi jihozlar qoyib berishdi. Har bir kishiga alohida xona televizor, muzlatgich va boshqa kerakli jihozlar bor. Kechayu kunduz tibbiyot xodimlari nazoratidamiz. Har bir xonada mana bunday tugmacha bor, biror narsaga ehtiyojimiz bolsa yo tobimiz qochib, bezovta bolsak, shu tugmani bosamiz. Kelib holimizdan xabar olishadi. Uyimizda bunday sharoit qayda... Tez yordam chaqirsak, kamida yarim soat kutamiz. Bu yerda hammasi oz vaqtida. Qari kishi nimani istaydi ovqati, dam olishi oz vaqtida bolishini. Bu maskan aynan shu hihatdan maqul. Hech narsani kutishga hojat yoq. Haftada bir kun rahbariyatdan kelib, shart-sharoitimizni, ahvolimizni sorab-surishtirishadi. Bu tomonlaridan mamnunmiz...

Bobo pansionatdagi davlat byudjeti hisobiga va oz hisobiga yashovchilar uchun tibbiy imkoniyat bir xil emasligi haqida biroz ogrinib gapirdi. Buning sababini soraganimizda:

Davlat byudjeti hisobida yashashning malum shartlari bor, dedi pansionat direktorining davolash ishlari boyicha orinbosari Sharofiddin Boboqulov. Byudjet hisobidagilar pensiyasining on foizini qollariga olishadi, qolgani byudjet hisobiga otadi. Mana shu sababdan ularga bepul dori-darmonlar beriladi, oylik tolovni tolashmaydi. Buni ularga tushuntirganmiz. Keksa kishi yosh boladek bolib qoladi. Ularga gamxorlik qilish burchimiz, albatta. Bu dargohga kelib, homiylik qiladiganlar kop. Faqat oz qondoshlarini soginganda, kozlari tort bolib kutganda, biroz dillari xufton boladi...

Bundan bir necha yil avval xuddi shunday dargohlardan birida bolganimizda, ziyoli bir onaxonni uchratgandik. Yoshligimda uzzu-kun ishda bolib, yolgiz oglimga yetarlicha mehr-etibor berolmabman, shekilli, aks holda bugun bu yerda bolmasdim, degan edi shorlik ona oglini ayblashni istamay. Oglimning ikki qavatli katta hovlisi bor. Lekin u yerda menga ajratilgan xona ota sovuq, quyosh nuri tushmaydi. Bu oglimning emas, kelinimning ishi... Keksaygach, oftob taftiga koproq ehtiyoj sezarkansan kishi....

Mehr tafti qalbni ilitsa, oftob taftiga hojat qolmasdi, balki... Yaxshiki, Saxovat, Muruvvat uylariga homiylik qilib, ozining bu ishini namoyon etishni istamayotgan bagrikeng insonlar ham bor. Qoshnining oshi qorin toydirmas, ammo mehru oqibatni oshirar, deydi dono xalqimiz. Haq gap. Begona bolsa-da, mana shu qoshnining oshi tufayli ikki ortada mehr-oqibat rishtasi boglanadi. Boshqa tomondan qaraganda, ushbu dargohda homiylik tadbirlarini uyushtirganlarni korib, keksalarning qalbidan nimalar otarkin?! Ular ornida oz farzandini tasavvur qilib korarmikin: qaniydi, mening farzandim ham mana shu saxovatpesha insonga oxshab, kopning duosini olsa... Madorim ketganda hassaga emas, uning alpdek qomatiga suyansam, tengdoshlarim oldida Mana, mening farzandim ota-onasini ana shunday ardoqlaydi, deya gurur bilan boshimni baland kotarib yursam...

Bu kabi ezgulik tadbirlari ota-onasi, yaqinlarini qariyalar uyida qoldirib ketayotgan bemehrlarga ibrat bolganda edi, bunday maskanlarga ehtiyoj qolmasdi... Ushbu dargoh peshtoqiga yozilganidek, hamma bir-biriga ganimat bu dunyoda yaqinlarimizga mehr qollarini uzataylik!

Xolida FAYZIYeVA,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: