O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.10.2019

HAMMAMIZGA MAQUL QATIY QAROR

Ko‘p yillardan beri ma’naviy-marifiy ishlar bilan shugullanaman. Toy mavzusida juda kop tadbirlar, uchrashuv va suhbatlar tashkil qilganmiz. Biroq samarasi deyarli sezilmayotgandi. Negaki, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan toy va marosimlar bilan bogliq tadbirlarni gap-soz bilan meyorga solishning deyarli iloji bolmayotgandi. Buning uchun mana shunday dadil qadam, qatiy qaror kerak edi.

Qariyb chorak asrdan beri turli millat vakillari orasida mehnat qilaman. Ochigini aytganda, toyu tomoshalar, huda-behuda lozimandalarga bizchalik ruju qoygan millat yoq. Toy ekan deb, orqa-oldimizga qaramay, oylamay-netmay, bor-budimizni sovurib, aziz jonimizni ming bir balolarga giriftor qilib, harakatga tushib qolamiz. Bazi uch-tort som topib, bosar-tusarini bilmay qolganlar-ku, xuddi kimlar bilandir musobaqaga kirishgandek, shohona dasturxonlar tuzab, unga odamni jonidan boshqa hamma narsani qoyadiganlar ham kopayib ketdi. Vaholanki, ayrimlarimiz bu kabi dasturxonlarda ushbu nozu nematlarni umuman kormaganmiz.

Zamondoshlarimizdan birining ana shunday toyiga yurtimizda xizmat safarida bolgan bir chet ellik mehmon ham taklif etilibdi. Ajnabiy xonim toyga kelib, tuzatilgan dasturxonga qarab hang-mang bolib qolibdi. Biroq unga har qancha oling-oling qilishmasin, hech narsaga qol tekkizmasmish. Oldidagilar hadeb qistayverishganidan keyin, sekingina «Buncha yegulikka tolaydigan pulim yoq», — debdi. Shunda ayollarimiz Olavering, pulini toy egasi tolab qoygan, deyishibdi. Hayratdan nihoyatda ajablangan mehmon: Nima, toy egasi biror kompaniyaning direktorimi?, deb soragan ekan. Ha, achchiqroq bolsa ham aytishga majburman, shu kunlarda bizda otkaziladigan har bir toyning egasi bir kunga kompaniya direktoriiga aylanadi, toy otgach esa, mashhur ertakdagiday teshik togora bilan qolgan baliqchining kampiriday abgor ahvolga tushadi.

Kop yillar nufuzli boshqarmada fuqarolar murojaati boyicha ishlaganman. Toy otkazish uchun foizsiz ssuda sorab qabulga keluvchilarning aksariyati ozbeklar edi. Rahbariyat korxona imkoniyatidan kelib chiqib, bunday iltimoslarga ham mablag ajratardi. Hech esimdan chiqmaydi, bir ayol bolasiga sunnat toyi qilish uchun foizsiz ssudaga ariza qoldirib ketdi. Keyin bir tanishining uyiga borib, ssudaga ariza berganini, 15 kunda qoliga pul tegishini, foizi bilan qaytarishini aytib, undan katta miqdorda qarz olibdi. Bu pullarga butun qishloqni yigib, katta sunnat toy otkazibdi. Bu orada korxonada iqtisodiy taqchillik yuz berib, murojaatchilarga foizsiz ssuda berish bekor qilindi va ayolning arizasi qanoatlantirilmay qoldi. Buni eshitgan ayolning holatini tasavvur qilayotgandirsiz. Tang ahvolda u yoqdan bu yoqqa qarz sorab rosa yugurdi, deyarli bosh suqmagan xonadoni qolmadi. Uning joniga eri ham, qaynota-qaynonasi ham, qarindosh urugi ham oro kirolmadi. Ming afsuski, bir kunlik toyni deb, xonavayron bolgan ayol bolalarini och, yupun qoyib, olgan oyligini uch-tort yillab yigib, qarzini tolab yurdi. Ha, toy otkazish bilan bogliq bunga oxshash voqealarning juda kopiga guvoh bolganman. Hatto, oqibati fojia bilan tugagan holatlar ham bolgan.

Bu borada sal es-hushimizni yigib, boshqa millat vakillaridan ornak olaylik. Masalan, yevropaliklar toylarini moddiy sharoitiga qarab, 30-40 chogli odam ishtirokida, ixchamgina otkazishadi. Toy dasturxoniga ketgan xarajatni tashrif buyurgan mehmonlarning toyona pullari qoplab ketadi. Ota-onalar ortgan puldan yoshlarga kundalik ehtiyojlari uchun zarur bolgan muzlatgich, televizor, komputer kabi jihozlarni sovga qilishadi.

Shu yil aprel oyida qizimizni turmushga uzatdik. Gap-sozlarimning isboti sifatida kamxarj va kamchiqim toy qilishga harakat qildim. Qizim ham Ayajon, meni ulgaytirib, oqitib turmushga uzatayapsizlar, rahmat. Bu yogiga ortiqcha xarajat qilmanglar, mebel ham kerak emas. Zarur jihozlarni ozimiz kuyovingiz bilan ishlab, sotib olamiz, dedi. Biz rozi boldik.

Toydan oldin ortiqcha bordi-keldilarga yol qoymadim. Faqat besh-olti nafar kishi bilan unashtirish marosimini otkazdik, xolos. Qolgani bir kunlik toyda boldi. Ertalab biz osh qilib, ehson otkazdik, kechqurun quda tomon toy qildi. Asosiysi, son-sanoqsiz togoralar u yoqdan bu yoqqa sarson bolmadi. Kelin-kuyovdan tashqari boshqa birovga sarpo qilinmadi. Chiroyli patnisga tuzatilgan Quron, Hadis, Baxtiyor oila, Ota-onaga xizmat qilish kabi muqaddas kitoblarimizni chiroyli tilaklar bildirib, toyxonada katta tantana, istak va mehr bilan yoshlarga taqdim qildik. Bu hamma mehmonlarga maqul keldi.

Qudalar ozaro kelishib ish tutganimiz uchun biram chiroyli toy boldi. Hamma xursand, hamma shod. Mehmonlar yayrab kelib, yayrab ketishdi. Ayniqsa, Qirgizistondan kelgan qarindoshlarimga toy juda maqul keldi. Ular Voy tavba, shunaqa toy qilsa ham bolarkan-u, deb hayratlanib ortga qaytishdi.

Yanayam etiborlisi, toydan keyin bir oygacha quda-andalar bir-birimizni bezovta qilmadik. Toy tashvishlari bilan charchaganimiz uchun bir-birimizga dam olishga imkon yaratdik. Qizimizdan telefon orqali hol-ahvol sorab turdik. Oradan bir oy otib, qudalarimiz kelin-kuyovni olib mehmonga kelishdi.

Demak, hayotimizni osonlashtirish oz qolimizda ekan. Ming mashaqqat bilan topgan mablaglarimizni turmush sharoitimizni oshirishga, salomatligimizni tiklashga, farzandlarimiz talim-tarbiyasiga, dam olish va sayohatlarga borishga sarflasak, qanday alo ish boladi. Hamma gap ozimizda, juratimizda qolgan.

Salima XOLDOROVA,

Navoiy kon-metallurgiya kombinati muzeyi rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: