O'zb  
 
10.09.2019

DAVATKOR SOZ QUDRATI

Shavkat MIRZIYOYEV:

Biz ma’naviyat va marifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz.

Inson tirik mavjudotlar orasida his etish, mehr-oqibat ko‘rsatish, shafqat qilish, fikrlash, xulosalash qobiliyatlari bilan ajralib turadi. Oz navbatida fikrlash, xulosa chiqarish, biror masalaga munosabat bildirish kishining fikr doirasiga bogliq. Tafakkur va dunyoqarash qanday bolishini esa oqish, izlanish va bilish belgilaydi.

Bilish esa ilm olish bilan, oz navbatida ilm olish, savodxonlik bilan, savodxonlik esa koproq, turli mavzularda kitob oqish orqali orttiriladi. Barcha buyuk insonlar hayoti va ijodiy faoliyatiga nazar solsangiz, ular umr boyi oqib, organish orqali yetuklik maqomiga yetganiga guvoh bolasiz. Uzoq bormaylik, biz faxr va iftixor bilan nomlarini tildan qoymaydigan, dunyo tamadduniga oz aql mashallari bilan nur taratgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugbek, al Fargoniy kabi yuzlab bobolarimiz ilm olish, buyuk kashfiyotlar qilish uchun dunyo kezib, bilim toplaganlar. Ularning hayot va ijod yollari haqidagi malumotlarni tahlil qilsangiz, bobolarimiz ilm olish amoli bilan bir umr mashgul bolganlar. Ilm ularni marifatga yetaklagan, marifat esa manaviyatning asosidir.

Manaviyatning ozi nima, degan savolga turli davrlarda turlicha munosabatlar bildirilgan. Kimdir manaviyat madaniyatning ichida, boshqalar manaviyat madaniyatlilikning belgisi deb tariflaydi. Hozir maqsadimiz masalaning falsafiy tarafi haqida bahs yuritish emas, balki, buyuk ajdodlar vorisi sifatida bugungi manaviyatimizning ayrim muammolari haqida fikr-mulohaza bildirishdir.

Avvalo, takidlash kerakki, davlatimiz rahbarining Xorazm, Fargona, Andijon, Qashqadaryo viloyatlarida yuz bergan holatlar munosabati bilan otkazgan videoselektor yigilishida aytgan achchiq gaplari soglom fikrli har bir kishini qattiq oyga toldirdi.

Masalaning ayrim jihatlariga etibor qarataylik: Odamlar bir-birining qadriga yetayaptimi? Rahbarlar tomonidan xodimlar huquqini poymol etish, izzat-nafsiga tegish hollari uchrab turibdimi? Xotin-qizlar orasida jinoyatchilik, yengiltaklik holatlari ozmi, kopmi? Mansabdorlar orasida xalq mulkini talon-taroj qilish, pora evaziga ish bitirish, bila-kora turib mahalliychilik qilish kabi korrupsion holatlar mavjudmi? Mansab lavozimni suiistemol qilish, kibrga berilish holatlari davom etyaptimi?...

Bu kabi savollarni istagancha tuzish mumkin. Agar ushbu savollar qarshisiga “ha” yoki yoq degan javoblarni joylashtirsak, manaviyatimizda tashvishli holatlar oz emasligi yaqqol korinadi.

Xosh, nima qilish kerak? Manaviyat gazlama emaski, undan kuylak tikib, hammaga ulashsak. Demak, jamiyatda inson tafakkurini uygotish, or-nomus, gurur, mardlik, vatanparvarlik tuygularini shakllantirishning yangi, tasirchan vositalaridan foydalanish ustida oylash kerak.

Davlatimiz rahbarining, ayniqsa, yoshlar manaviy saviyasini ostirish, ularning talim-tarbiyasi bilan bogliq farmon va qarorlari, manaviyat beshigi – talim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, maktabgacha talim tizimining yolga qoyilishi, yoshlar ortasida kitobxonlikni targib qilish, ijodkorlikni ragbatlantirish, Prezident maktabi, ijod maktablari, noyob istedod egalarini yuzaga chiqarish uchun korilayotgan boshqa chora-tadbirlar jamiyat manaviyatini yuksak saviyaga kotarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Manaviy yuksaklik jamiyatni yangilaydigan, uni porloq kelajakka yetaklaydigan qudratli kuchdir.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligiga bagishlangan bayram tantanasida sozlagan nutqida bu masalaga yana bir bor etiborimizni qaratdi: Biz manaviyat va marifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, manaviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi koradi. Vijdon, manaviyat degani xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qizgin qollab-quvvatlanayotgani manaviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini korsatadi.

Bu sozlar magzini chaqib, xulosalar chiqarib olish uchun chuqur oylab korish kerak boladi. Asrlar davomida Vatan, mustaqillik tuygularini qalbida asrab kelgan xalqimizning taqdiri, mamlakatimizning istiqboli, hech shubhasiz, kelajak avlodlarning manaviy tarbiyasiga bogliq. Shuni alohida takidlash kerakki, farzandlarini bilimli va har tomonlama barkamol avlod etib tarbiyalashni ozining burchi, deb hisoblayotgan ota-onalar kopchilikni tashkil etadi. Ularning farzandlari bugun elu yurtimizning yuzi, obro-etibori, faxri, iftixori va tayanchidir. Bunday yoshlar tomonidan fan, adabiyot, sanat va sportda qolga kiritilayotgan yutuqlar mamlakatimiz kelajagining har qachongidan yorqinligiga dalolatdir.

Afsuski, shunday imkoniyatlar yaratilayotganiga qaramay, manaviyat masalasida hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar kopligini ham takidlash zarur. Masalan, mamlakatimizda xotin-qizlar orasida eskicha maruzabozlikdan kora, or-nomus tarbiyasi, vatanparvarlik hissini uygotishga qaratilgan davatkor shiorlar katta samara beradi. Yaqinda bu ishga masul idoralar tashabbusi bilan poytaxtning ayrim bozorlarida kutubxonalar korinishida manaviyat burchaklari tashkil etildi. Ammo kuzatishlar shuni korsatyaptiki, bozorlar burchaklarida xojakorsinga ornatilgan bunday maskanlarga odamlar deyarli kirmayapti. Ehtimol, buning orniga bozorlarning kozga korinarli joylarida bir mushtipar ona tilidan, uning tashvishli siymosi aks ettirilgan surat yonida quyidagi sozlar bitilsa tasirchanroq bolmaydimi? Oqila qizim, bolajonim, avvalo, ayolligingni unutma! Umid bilan tarbiya qilayotgan farzandlaring kelajagi uchun masulsan, Ularning ilmli, dono va elu yurt koriga yaraydigan barkamol inson bolib yetishishiga bor imkoniyatingni ishga sol! Buning uchun ozing ham yetarli bilim ol! Uyingga yegulik noz-nematlari qatorida bittagina kitob ham olib kir. Kitob aql qayrogi, inson shuuriga nur bagishlaydigan mojiza. Xonadoningni manan charogon et! Elu yurt, mahalla koy, ona Vataning sen bilan! Yo bolmasa, Muhtarama ayol, sen xalq kelajagini bunyod etish uchun masulsan! Muqaddas ayol degan martabangni aziz bil», ozingni pok tut.

Bu kabi samimiy, haroratli sozlar bitilgan plakat va bannerlar koproq foyda keltiradi. Yoki bukletlar va tarqatma materiallar korinishidagi targibot ishlariga etibor qaratish kerakdir...

Ana shunday turli mavzularga bagishlangan davatkor bannerlarni kerak bolsa, aholi gavjum kochalar va maydonlarga, istirohat boglariga, mahalla guzarlariga ham ornatish faqat foyda keltiradi, deb oylayman. Televideniyeda aynan shu kabi dolzarb mavzularda korsatuvlar tayyorlash, bahs va munozaralar uyushtirish odamlarga koproq tasir qilishi mumkin.

Dunyo tarixiga etibor bersangiz, mamlakatlar oz yuksalish yillarida hamisha davatkor sozga tayangan. Har qanday yutuqning 70 foizi reklama orqali qolga kiritilishini hisobga olsak, tasirchan targibot, odamlar kongliga topilgan yol orqali katta maqsadlarga erishish mumkin. Faqat osha gapni topish va uni qanday aytishni bilishimiz kerakka oxshaydi.

Oktam MIRZAYOR


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: