O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
01.09.2019

RIVOJLANAYoTGAN OZBEKISTON:

BIRINChI MAQOLA

Besh – ilohiy raqam. Odamning qo‘li va oyogida beshtadan barmoq bor. Yer yuzining beshta qit’asidagina inson yashaydi. Besh yulduz dunyodagi eng mashhur ramzlardan. Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrogida ham 12 ta kichik besh yulduz aks ettirilgan. Talim tizimida baholashning ananaviy beshlik tizimi mavjud. Besh «alo» baho hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, odamlar: Ishim zor!, Ishim alo! demoqchi bolsa: Ishim besh! deydi. Islomda beshta farz mavjud. Ummatlarga besh vaqt namoz buyurilgan. Xalqimiz umrni besh kunlik dunyo deydi va hokazo.

2017 yildan etiboran Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan beshta yonalish boyicha mamlakatimizda tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, jamiyatimiz qiyofasi butunlay ozgardi. Bunday ijobiy ozgarishlar yurtdoshlarimiz hayotida oz ifodasini topyapti. Xalqimizning turmush darajasi, ong-tafakkuri, bilim va madaniyatini oshirish boyicha katta ishlar qilindi.

Keyingi uch yil mobaynida mamlakatimizda islohotlar jarayoni yangi davrga kirdi. Modernizatsiya suratlari jadallashdi. Aynan ana shu besh yonalishda beqiyos siljishlar yuz berdi. Tabiiyki, mamlakatimiz yangi bosqichni boshdan kechiryapti. Agar tabir joiz bolsa, davlatning xalqqa qayishishi jarayoni boshlandi. Xalqni rozi qilish maqsadga aylandi. Masala: Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak! tarzida qoyildi.

Mamlakatimiz hayotida yuz bergan bu yangi qadamlar ortasida izchil mantiqiy bogliqlik bor. Ular zamirida xalq va davlat birligi kozda tutilgan.

Davlat, mamlakat, hukumat, hokimiyat, jamiyat, xalq, millat, xalq hokimiyati tushunchalari bor. Bir qarashda, hammasi sodda, hammasi tushunarli. Rostini aytganda, mamlakat bilan davlatni, davlat bilan hukumatni, hukumat bilan hokimiyatni, jamiyat bilan xalqni , xalq bilan millatni, xalq bilan xalq hokimiyatini va hokazolarni bir-biridan yaxshi ajrata olmaydiganlar oz emas.

Demokratik tuzumda bularning har biri alohida-alohida tushuncha. Aytaylik, davlat bilan hukumatni obdon farqlab olmay turib, davlat va jamiyat vazifalari ortasidagi tafovutni ham aniqlashtirib olish mushkul. Chunki demokratik tuzumda davlat vazifalari bilan jamiyat vazifalari ozaro qatiy chegaralanadi, yani ortada ishlar ozaro taqsimlab olinadi.

Bilasiz, Ozbekiston yoshlar mamlakati. Aholimizning 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bolganlar tashkil etadi. Farzandlarimizning talim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bosh vaqtini mazmunli otkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik manaviy barkamol bolsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boladi.

Biz ertangi kunimizning tayanchi va suyanchi bolmish yosh avlodimizning yangicha, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, shu yurtning haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masuliyatni oz zimmasiga olishga qodir insonlar qilib voyaga yetkazishni eng muhim ishlarimizdan deb bilamiz. Ayni shunday yoshlarni, aytish mumkinki, hal qiluvchi kuch sifatida tayyorlashni ozimizning ustuvor vazifamiz sifatida kun tartibiga qoyganimiz vaqt otishi bilan naqadar uzoqni kozlagan tarixiy qadam bolgani tobora ayonlashmoqda.

Xabaringiz bor, shu yilning 19 fevral kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogida yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ularning bosh vaqtini mazmunli tashkil etishning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida etibor qaratgan edi. Viloyatda yoshlar talim-tarbiyasi, manaviyat va marifat, sport sohasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan ham tanishdi. Prezidentimizga viloyatda kitobxonlikni keng targib qilish konsepsiyasi haqida ham malumot berildi. Manaviyatimiz, gurur-iftixorimiz birinchi oringa chiqadigan vaqt keldi. Farzandlarimizni ana shunday yetuk avlod qilib tarbiyalash uchun barchamiz masulmiz. Biz buning uchun mablag va vaqtni ayamaymiz, dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari ushbu safardan qaytganidan keyin maxsus yigilish otkazib, yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ularning bosh vaqtini mazmunli tashkil etish boyicha muhim vazifalarni belgilab berdi, yoshlar tarbiyasi bilan bogliq besh tashabbusni ortaga tashladi.

Shu tariqa mamlakat boylab yangicha harakatlar boshlanib ketdi. Mintaqa va hududlarimizda ana shu besh tashabbusni hayotga joriy etishning yangi-yangi yollari, usul va uslublari namoyon bola boshladi. Xususan, Toshkent viloyatining Boka tumanida bu sohada oziga xos tajriba shakllandi. Mamlakatimizning turli mintaqa va hududlaridan soha mutaxassislaridan iborat guruhlar kelib, Boka tajribasini organib ketishdi. Yaxshi ananalar keng yoyiladigan boldi.

Tashabbus tashabbusligicha qolib ketmasligi kerak. Ortaga tashlangan besh tashabbusning ijrosi doimiy ravishda shaxsan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining nazoratida turibdi.

Shu yilning 19 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarga etiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, sanat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan togri foydalanish konikmasini shakllantirish, yoshlar ortasida kitobxonlikni targib qilish, xotin-qizlar bandligini taminlash masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi bolib otdi. Unda, jumladan, besh tashabbusni keng joriy etish maqsadida barcha hududlarga mutasaddi rahbarlar masul qilib biriktirildi. Shuningdek, bu vazifalarga Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari, Nuroniy, Mahalla jamgarmalari, Xotin-qizlar qomitasi, Yoshlar ittifoqi rahbarlari shaxsan masul va javobgar etib belgilandi.

Oradan 15 kun otib, yani 3 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar talim-tarbiyasi uchun qoshimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari boyicha yana yigilish otkazdi. Unda ana shu besh tashabbus boyicha ishlab chiqilgan alohida-alohida dasturlar loyihalari muhokama qilindi. Bu dasturlar 2019 2020 yillarda amalga oshiriladigan ishlarni oz ichiga qamrab olgan.

Beshta tashabbus amalda talim bilan tarbiyani uzviy, yani bir-biriga chambarchas holda olib borishdek oliy maqsadni kozda tutadi.

Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yonalishi hamda beshta tashabbusning har biri boyicha qilingan ishlar togrisida keyingi maqolalarimizda fikr yuritamiz.

Inson maqsadsiz yashay olmaydi. Xalq ham. Avvalo, maqsadlarni aniq belgilab olish, keyin esa ularga erishish yolida tinimsiz intilish lozim.

Har bir mamlakat ravnaqi obyektiv va subyektiv sharoitlardan kelib chiqqan holda amalga oshadi. Obyektiv sharoit bolsa-yu, subyektiv sharoit bolmasa ham yoki, aksincha, subyektiv sharoit bolsa-yu, obyektiv sharoit bolmasa ham, taraqqiyot yuz berishi qiyin kechadi.

Obektiv sharoit deganda mavjud real imkoniyatlar, subektiv sharoit deganda esa odamlarning ong-tafakkuri, salohiyati, tarbiyasi, manaviyat kozda tutiladi. Obyektiv imkoniyatlardan unumli foydalanish bevosita odamlarga, demakki, subyektiv omilga bogliq.

Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalish boyicha Harakatlar strategiyasi ham, yoshlar talim-tarbiyasiga qaratilgan beshta tashabbus ham amalda mamlakatimizdagi mavjud imkoniyatlardan imkon qadar unumli foydalanish, yani subyektiv omilni kuchaytirishga qaratilgan.

Intilganga esa albatta, tole yor.

Sultonmurod OLIM,

Ozbekiston Yozuvchilar

uyushmasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: