O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
20.08.2019

QORASUV KOHNA SAMARQANDNING YANGI MAVZESI

O‘zining boy tarixiy va madaniy merosiga ega bolgan kohna Samarqand bugun har jihatdan obod va korkam maskanga aylandi. Istiqlol tufayli qadimiy osori-atiqalarining oz holiga qaytarilishi, yangi-yangi zamonaviy inshootlarning barpo etilishi, kochalarning kengaytirilishi, solim bog-roglarning barpo etilishi shahar qiyofasini butunlay ozgartirib yubordi.

Bugun esa qadimiy shaharning yonginasida, Samarqand tumaniga qarashli bolgan 50 gektarlik hududda yangi Qorasuv massivi qad rostladi. Qisqa muddatlarda keng kolamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Endi yangi massivda bajarilgan bunyodkorlik ishlari haqida batafsilroq toxtalaylik:

2018 yil dasturi boyicha aholi uchun «Ozshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi tomonidan jami 32 ta 7 qavatli uy-joy qurildi. Harbiy xizmatchilar uchun Qishloqqurilishinvest injiniring kompaniyasi tomonidan jami 12 ta 5 qavatli 3 xonali uy, 1 ta 235 orinli maktabgacha ta’lim muassasasi va 1 ta yangi maktab binosi barpo etildi.

Ayni paytda ushbu maskanda 2019 yil dasturi boyicha aholi uchun Ozshaharqurilishinvest injiniring kompaniyasi tomonidan jami 13 ta 7 qavatli uy-joy qurilmoqda. Shuningdek, 2019-2021 yillar davomida Agromir Bilding masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Turkiyaning zamonaviy texnologiyasi asosida monolit usulida jami 72 ta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan bolib, hozir 30 ta uy-joy qurilishi olib borilmoqda.

2019 yilning oxiriga qadar qurib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan 18 ta turar joy binosida quruvchilar qisqa fursat ichida keng kolamdagi ishlarni amalga oshirdi. Zamon talablariga hamohang barpo etilayotgan ushbu turar joy binolari 12-16 qavatdan iborat boladi. Qurilishda 1 ming 500 dan ziyod ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda.

Malumki, turkiyalik quruvchilar jahon qurilish bozorida oziga xos nufuzga ega. Agromir Bilding masuliyati cheklangan jamiyatining ushbu mamlakat quruvchilari bilan ozaro hamkorligi Qorasuv massivida olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonida oz samarasini bermoqda. Hozir 150 nafardan ortiq turkiyalik quruvchi-muhandis kop qavatli turar joylarni barpo etishda ishtirok etayotir.

— Bu massivda qurilishi rejalashtirilgan uylar tez va sifatli barpo etiladi. Masalan, 16 qavatli uyni bir oyda qurib bitirish mumkin. Bu binolarning zilzilaga bardoshliligi ham yuqori, deydi loyiha koordinatori turkiyalik mutaxassis Jeyxun Xuyuktepa. Davr ozgardi, zamonaviy memorchilik, urbanizatsiya, degan atamalar paydo boldi. Qorasuv massivida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlarida ham ana shu jihatlarni korish mumkin. Yani, har bir bino qurilishida hududning keskin kontinental iqlimi, bino xonalarida toza va motadil havoni taminlash hisobga olinmoqda. Binolarning ichi tabiat fasllariga monand qishda issiq, yozda salqin bolishi taminlanadi.

Yangi maskandagi ijtimoiy-iqtisodiy jabhalardagi ozgarishlar, odamlar turmush sharoiti viloyat hokimligining doimiy etiborida bolib kelmoqda. Buni yaqinda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning ushbu maskandagi yangi qurilgan kop qavatli uylarda yashayotgan aholi bilan muloqot otkazganligidan ham anglash mumkin.

Dastavval, viloyat hokimi yangi uy-joylarda yashayotgan aholining muammolarini eshitdi. Kimdir yangi qurilgan arzon uy-joylar narxining asossiz kotarilib ketganini aytsa, yana kimdir uyning sifati haqida gapirdi. Yana boshqa kishi mahalladagi bogchaning oylik badali juda qimmatligidan shikoyat qildi.

– Quruvchilar uyimizni toliq va sifatli qilib bitirmasdan ketdi, deydi 21-uyning 35-xonadonida yashovchi Sayyora Mahmadiyorova. Bu ham yetmaganday, uy olishda shartnoma qilayotganimizda uning bir kvadrat metr narxi 2 million 800 ming som, deb aytilgan edi. Ammo bugun bank bizga har bir kvadrat metr uchun 3 million 400 ming somdan tolashimizni aytyapti. Turmush ortogim oqituvchi bolib ishlaydi. Ozim ishsizman, ikki nafar farzandimiz bor, buncha pulni tolashga imkoniyatimiz yoq.

Kimning uyi sifatsiz, chala qurilgan bolsa, tegishli tashkilotlar tomonidan uning holati organib chiqiladi va ketadigan xarajat uy egasiga albatta undirib beriladi, dedi viloyat hokimi. Undirilgan mablag evaziga har kim oz uyini tamirlaydi. Negaki, bu ish yana quruvchiga yuklatiladigan bolsa, muammo kopayaveradi. Shuningdek, shu bugunoq yashayotgan uylaringizni kvadrat metrini aniqlashtirib beramiz va belgilanganidan kam chiqadigan bolsa, umumiy tolovdan sizning foydangizga olib qolinadi.

Shundan song viloyat hokimi fuqarolar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytardi va Qorasuv massivida amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Mazkur massivda ayni paytda 16 qavatli zamonaviy uylar qurilayotgan bolsa, kelasi yildan boshlab 30 qavatli binolar qad rostlay boshlaydi. Shuningdek, mahallada zamon talablari darajasidagi 1500 orinli maktab va davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bogchalar quriladi. Yaqin yillarda bu hudud yuz ming nafar aholi, kelajakda esa 1 million kishi yashaydigan shaharchaga aylanadi.

Abdurasul SATTOROV,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: