O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 1 2 3 4
05.08.2020

ODIL SUDLOV

Hayot talab qilayotgan asosiy vazifalardan biri

Mamlakatimizda so‘nggi uch yil mobaynida sud hokimiyati nufuzini oshirish, uni otmishdagi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiluvchi mustaqil institutga aylantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash borasida qabul qilingan qonun hujjatlari va korilgan amaliy tadbirlar mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga kotardi. Sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyatini tubdan oshirdi.

Shu yil 24 iyulda Prezidentimizning “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Muxbirimiz ushbu farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi professori Bahrom AHROROV bilan suhbatlashdi.

– Avvalo, mazkur farmonning qabul qilinishiga qanday zarurat borligi togrisida toxtalsangiz.

Bugungi ozbek davlatchiligi va jamiyati oz taraqqiyoti tarixida sifat jihatidan yangi davr innovatsion rivojlanish bosqichiga kirdi. Ana shu jarayonda aholining sud tizimi tartiblari yuzasidan bolayotgan koplab etirozlari ushbu hujjatning qabul qilinishini taqozo etdi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi ham inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil boshida yangi shakllangan Parlamentga Murojaatida Sud ostonasiga qadam qoygan har bir inson, Ozbekistonda adolat hukm surayotganiga tola ishonch hosil qilishi kerak, degan edi. Shundan kelib chiqqan holda ushbu farmonning qabul qilinishi bilan insonlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qila oladigan adolatli sud tizimi yaratiladigan boldi.

Farmonda qayd etilganidek, sud himoyasini taminlashdagi ortiqcha byurokratik tosiqlar saqlanib qolayotganligi, sud qarorlarini qayta korishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi, investorlar huquqlarining sud himoyasida bolishi yetarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta korib chiqishni taqozo etdi.

Ushbu farmonga muvofiq sud tuzilmasida qanday ozgarishlar nazarda tutilgan?

Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda korish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda taminlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida 2021 yil 1 yanvardan boshlab viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari, jinoyat ishlari boyicha sudlar hamda iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari boyicha alohida sudlov hayatlarini tashkil etgan holda Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari tashkil etiladi. Mamuriy huquqbuzarliklar togrisidagi ishlarni korib chiqish vakolati mamuriy sudlardan jinoyat ishlari boyicha sudlarga otkaziladi.

Bu ozgarishlar fuqarolarga nima beradi?

Prezidentimizning ushbu farmoni sud-huquq islohotlarining mantiqiy davomi boldi. Sud tizimidagi tashkiliy-tuzilmaviy ozgarishlar odamlarning sarsongarchiliklariga chek qoyadi, ularning murojaatini qisqa davrda korilishini taminlaydi, sudlarga bolgan ishonchini oshiradi. Endi fuqarolarning qaysi sudga murojaat qilishi kerakligini umumyurisdiksiya sudlari hal qiladi. Bu bilan fuqarolarning vaqti tejaladi. Ularni qaysi sudga murojaat qilishi kerak, degan savoldan xalos etadi. Amaliyotda mavjud bolgan bir-biridan farq qiluvchi qarorlar chiqishiga chek qoyilib, yagona sud amaliyoti tizimi shakllanadi. Shu orinda bir gapni aytib otay. Sudlarning umumyurisdiksiya sudlariga birlashtirilishi sudlarning ixtisosliklarini ozgartirmaydi. Sud idoralarida fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlar birlashtirilib, rais boshqaruvida ishlar ixtisosliklariga kora taqsimlanadi.

Sudlarning qabul qiladigan hujjatlari davlat nomidan chiqarilishi davlatning nufuzini, odamlarning davlatga nisbatan munosabatini namoyon qiladi. Davlat sudlar orqali inson huquq va manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.

Aytingchi, sud ishlarini nazorat tartibida korish institutining tugatilishiga sabab nima?

Darhaqiqat, farmonda sud ishlarini nazorat tartibida korish institutini tugatish belgilandi. Buning natijasida ishlarni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida korishning ishonchliligi oshadi. Endi apellatsiya yoki kassatsiya tartibida korilib, qabul qilingan qarorlar nazorat tartibida bekor qilinmaydi. Ishlarni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida korish Oliy sudning sudlov hayatlarida ham korilishi mumkin. Xorijiy tajribaga kora, ishlarning ikkinchi instansiyasi faqat apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koriladi. Nazorat tartibidagi ishlarni korish tartibi sobiq shorolar tuzimining notogri amaliyoti merosidir.

Ishlarni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida korish tomonlar tortishuviga asoslanadi. Tomonlar faqat birinchi instansiyada yol qoyilgan xatolarni keltirish bilan cheklanmay, yangi asoslar yoki dalillarni ham keltirishi mumkin. Ishlarni nazorat tartibida korish tomonlarning ishtirokisiz bolar edi. Ishlarni nazorat tartibida korish korrupsiyaviy vaziyatlarni ham yuzaga keltirib, mansabni suiistemol qilish, poraxorlik kabi salbiy holatlarni keltirib chiqarar edi.

Farmonga kora, sud tergovi jarayonida taraflarning tortishuvchanligi tamoyilini amalda royobga chiqarish maqsadida jinoyat sudlarida dastlabki eshituv bosqichi joriy etilmoqda. Sudlar tomonidan ishlarni korishda dastlabki eshituvning joriy etilishi chiqariladigan hujjatlarning sifat korsatkichlarini oshiradi, tomonlarning ozaro haq ekanliklariga ishonch uygotadi va buning natijasida inson huquq va manfaatlari himoyasi oshiriladi. Sudlardagi bunday tajriba Rossiya Federatsiyasi, Qozogiston, Germaniya, Fransiya va boshqa koplab davlatlarda mavjud bolib, samarali qollab kelinmoqda.

Farmonda prokuror tomonidan taraflar murojaati mavjud bolgan holdagina, suddan ishni organish uchun chaqirib olish mumkinligi belgilanmoqda. Buning natijasida sudlar prokuror nazoratidan xalos etilib, mustaqilligi oshiriladi. Faqat taraflar (jabrlanuvchi yoki ayblanuvchi, davogar va javobgar) tomonidan sudning qarori yuzasidan prokurorga murojaati bolganidagina ishni chaqirib olib, qayta organishi mumkin boladi.

Mazkur hujjatga kora, sudlar ochiqligi, oshkoraligi, hisobdorligini taminlash maqsadida Oliy sud huzurida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi hamda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tuzilmasida matbuot xizmatlari tashkil etilishi belgilandi. Bu sudlarning masuliyatini va qabul qiladigan hujjatlariga nisbatan faqat qonunga boysunish hissini oshiradi.

Shuningdek, farmonda boshqa bir qator muhim masalalar ham orin olgan va ular sud tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan. Farmonda kozda tutilgan ozgarishlar natijasida mamlakatimizda sudlarga bolgan ishonch ortadi, qonun ustuvorligi taminlanadi. Inson huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinadigan tizim yaratiladi. Mazkur vazifalarning hayotga tatbiq etilishi odil sudlovni amalga oshirishga xizmat qiladi. Sud obrosi davlat obrosi, obroli davlatda sud adolat qorgoniga aylanmogi lozim. Farmondan kozlangan bosh maqsad ham shunga qaratilgan.

Ravshan ShODIYeV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: