O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
24.06.2020

AXBOROT TAYYoRLASh VA TARQATIShGA MONELIK YOQ, LEKIN...

Bugun mamlakatimizda axborot tayyorlash va tarqatishga monelik yo‘q. Har kim emin-erkin axborot tayyorlashi va tarqatishi mumkin. Lekin axborot tarqatuvchi kim bolishidan qat’iy nazar, inson huquqi va qadr-qimmatiga hurmat bilan qarashga burchlidir. Axborot tarqatuvchi tarqatayotgan malumoti uchun javobgarlikni oz boyniga olishi, shuningdek, ushbu materiali oqiganga, eshitganga nima berishi yuzasidan oz vijdoni oldida ham javob berishi lozim.

Axborotning sifati, nimaga qaratilgani, yani goyasi uni tayyorlovchining bilimi, dunyo qarashi, manaviyati va albatta maqsadi bilan chambarchas bogliq boladi.

Keyingi paytda matbuot va ommaviy axborot vositalari, xususan, internet saytlari orqali koplab muammolar kotarilayotgani, ibrat boladigan voqealar yoritilayotgani, jamiyat azolarini bir-biriga mehr-shafqatli, muruvvatli bolishga undayotgan chiqishlar oz emasligini inkor etib bolmaydi.

Ammo, afsuslar bolsinkim, bugun internet tarmoqlari orqali tarqatilayotgan xabarlar orasida insoniyat yoki jamiyat uchun ziyon keltiradigan, manaviyatimizga butkul yot malumotlar kuchayib bormoqda. Ayniqsa, xiyonat, fahsh targibot qilinayotgani bilan mutlaqo kelishib bolmaydi. Keyingi paytlarda esa muomala madaniyatini butkul unutib, odob-axloq qoidalaridan chetga chiqib, bir-birini ayovsiz haqorat qilishlar odat tusiga kirmoqda (vaholonki, amaldagi Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksda birovga nohaq tuhmat qilganlik uchun (40-modda), haqorat uchun (41-modda), shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik (46-modda) uchun javobgarlik mavjud).

Tarbiyali, madaniyatli ota-onaning farzandi hech qachon sokinmaydi, haqoratli sozlarni aytishni oziga lozim kormaydi.

Qush uyasida korganini qiladi”, degan xalq maqoli bor, bu qadim haqiqatni inkor etib bolmaydi. Biroq bugungi yoshlar internetda korganini qiladiganga aylanib boryapti. Shuning uchun ham bu masalaga befarq, tomoshabin bolib qarab turish bolmaydi, deb oylaymiz.

Soddaroq odamlar bilmasligi mumkin, internetdagi fahsh, zoravonlik yoki igvo shov-shuvli malumotni tarqatishni oziga kasb qilib olganlarning maqsadi bitta, u ham bolsa layk yigish, oquvchisini kopaytirish, moddiy manfaat korish, yani pul ishlash. Tarqatayotgan materiali odamlarga qanday tasir etishi ularni qiziqtirmaydi.

Ushbu axborotlarni tarqatuvchi mening haqoratli sozlarimni ayolim, qizim, oglim eshitsa, ularning koziga qanday odam bolib korinaman, uyatli sozlarim farzandlarim ruhiyatiga salbiy tasir korsatmaydimi, deb oylamaydi!

Achinarlisi, bu gap-sozlarni, malumotlarni barcha, shu jumladan, hali oq-qoraning farqiga bormaydigan yoshlarimiz ham eshitadi, ularda, shunday qilish mumkin ekan-da, — degan tushuncha shakllanadi va ular asta-sekin azaliy qadriyatlarimizdan uzoqlashib borishadi! Bugun ayrim oilalarda ota-bola, ona-qiz, er-xotin ortasidagi munosabatlarga putur yetayotgani shundan emasmi?!

Kimdir, bunday salbiy tasir etuvchi malumotlarni tarqatayotganlar emas, korayotganlar aybdor, kormasin, olam guliston, deyishi ham mumkin. Qaniydi, birgina kormanglar, degan bilan masala hal bolib qolsa. Odam psixologiyasidan malumki, taqiqning ozi qiziqishni keltirib chiqaradi. Yana, bugungi kunda nafaqat talabalarning, balki aksariyat maktab oquvchisining qolida ham ayfon-telefonlari bor. Shuningdek, ular kattalarga nisbatan internet saytlarining juda faol tomoshabini ekanligi ham, internet saytlariga kirmasligini nazorat qilishning texnik imkoniyatlari yoqligi ham barchaga malum. Bolalar qiziquvchan boladi. Lekin ozi korayotgan yomon narsalar tasiriga tushib qolganini sezmaydi.

Bugungi kunda axborot texnologiyalaridan foydalanib tarqatilayotgan, milliy qadriyatlarimizga yot bolgan turli-tuman hayosizlik, igvo, jaholat, zoravonlik kabi xurujlardan farzandlarimizni himoya etish masalasini jiddiy oylab korish kerak.

Bu borada, Eron, Xitoy, Germaniya va Angliya kabi davlatlarning internet tarmoqlaridagi inson manaviyatiga salbiy tasir etuvchi kontentlarni taqiqlash, bloklash amaliyotini organish va mentalitet nuqtai nazaridan qarab chiqib, mamlakatimiz hududida joriy etish zarur.

Shuningdek, shaxsiy manfaat ilinjida bugun manaviyatimizga yot, millat shaniga, yoshlar tarbiyasiga putur yetkazuvchi axborotni tarqatayotgan shaxslarga nisbatan qatiy mamuriy javobgarlik choralarini korib chiqish va qollash tartibini belgilab olish lozim, deb oylaymiz.

Bundan tashqari, kopgina xorij kinofilmlarida bizning asriy manaviyatimizga yot goyalar, xususan, oila azolari, er-xotin ortasidagi ozaro hurmatsizlik va xiyonat salbiy yondashilgan holatda emas, aksincha, oddiy holat sifatida yoritilayotgani nafaqat yoshlar, ayrim katta yoshlilar ongiga ham asta-sekinlik bilan tasir etishi tabiiy.

Ota qisqa metrajli filmi ssenariysi ustida ishlash jarayonida taniqli rejissyor Dilmurod Masaidov hayotda bolgan ozi eshitgan bir voqeani gapirib bergan edi: tanishlaridan biri ishdan uyiga qaytsa, turmush ortogi chet el serialini berilib korayotgan ekan, turmush ortogining kirib kelganini ham sezmay qolibdi. Televizorda esa, eri bor ayol begona erkak bilan uchrashib turgan joyga ayolning eri kelayotgan sahna berilayotgan ekan. Buni korayotgan ayol filmdagi xiyonatkor ayolga qarata: Qoch, qoch tez, ering kelayapti- debdi.

Shunda er xotinidan: Nega sen xiyonatkor ayol tarafini olyapsan? – deb soragan ekan... .

Yana bir savol: ajdodlarimiz avaylab, ardoqlab, kelgan qadriyatlarimiz sharm-hayo, uyat, or-nomus, yoshi kattalarga hurmat degan tushunchalar ham bugun bizdan begonalashib borayotgani sabablari nimada? Yoshlarimiz bunday madaniyatni qayerdan organmoqda? Asosan internet va ayrim teleseriallardan emasmikin?

Oylab korsak, qiziq savol tugiladi: piyodami, haydovchimi, ozroq bolsa-da, yol qoidasini buzsa, albatta jazolanadi. Kimningdir haqqiga xiyonat qilgan ham jazolanadi. Ammo yoshlar tarbiyasiga, jamiyat hayotiga xavf-xatar solayotgan axborot xurujlariga xotirjam qarab kelyapmiz.

Shu manoda, fikrimizcha, har qanday chet el hamda ozimizda yaratilgan filmlarni telekanallar orqali namoyish etish uchun ularni ijodiy bir kengash muhokamasidan otkazish tartibi joriy etilsa, maqul ish bolardi.

Ulug bobomiz Abdulla Avloniyning: Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir, degan sozlari zamirida olmas goya bor. Bu fikr bugun axborot xurujlari kopaygan bir sharoitda har qachongidan ham qimmatli va ahamiyatli ekani takror-takror aytilmoqda.

Bugun axborot tarqatish chegara bilmas darajaga yetgan zamonda biz farzandlarimiz tarbiyasiga beetibor bolsak, ular manaviyatida milliylikni asrash choralarini kormasak, ertaga tuzatib bolmas muammolarga duch kelamiz.

Xolmomin YoDGOROV,

Oliy sud raisi orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: