O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
17.03.2020

YoShLAR MANAVIY QIYoFASI MILLATNING BEBAHO BOYLIGI

Ota-bobolarimiz odamoxun, orif, adolatparvar, mehnatsevar bo‘lishgan. Momolarimiz ozlaridan mehribon-mushfiq, hayoli, andishali, sabr-qanoatli ayol degan tabarruk nom – ma’naviy meros qoldirishgan. Shuning uchun ozbeklar yoki ozbek xalqi deyilganda, boshqalarda hurmat-izzat, ozimizda yuksak iftixor tuygulari namoyon boladi. Bu xalqimiz manaviy qiyofasiga bolgan umumetirofning oziga xos bir korinishidir.

Lekin bugun ayrim internet tarmoqlari orqali tarqatilayotgan xiyonat, fahsh, jaholat haqidagi, hatto mazmun-mavzuini tilga ham olib bolmaydigan turli shov-shuvli xabarlar kishining boshini xam qiladi, nomusdan yerga qaratadi va xavotirli oyga toldiradi. Ajdodlarimiz asrab-avaylab, ardoqlab kelgan qadriyatlarimiz sharm-hayo, uyat, or-nomus, sabr-qanoat degan tushunchalar nahot bugun bizdan begonalashib bormoqda?!

Birovning haqqidan hazar, kimsaga zarar, zulm yetkazishdan qorquv nahot endi yot? Atrofimizdagi ayrim odamlar manaviyatida urchiyotgan bunday salbiy evrilishlar manbai qayerda?

Bizningcha, ularning ildizi birinchidan, qariyb bir asr mobaynida millatimiz mustaqilligi, milliy qadriyatlarimiz toptalganida, ozgacha urf-odat va goyalar ongimizga turli yollar bilan tiqishtirilganida, ikkinchidan, bugun ham turli axborot tarmoqlari orqali tarqatilayotgan, manaviyatimizga butkul yot xabar-malumotlarda, ularda axloqsizlik tashviq etilayotganida namoyon bolmoqda.

Masalaning ikkinchi tomoni, internet tarmoqlari orqali tarqatilayotgan ushbu malumotlardan foydalanuvchilarga biron-bir naf bormi? Fikrimizcha, ushbu malumotlarning zarracha foydali tomoni mavjud emas, aksincha, yoshlar ongining zaharlanishi va ularning axloqan buzilishi ehtimoli juda yuqori. Chunki yoshlarning kattalarga nisbatan qiziquvchanligi hamda korgan-eshitgan narsasiga mushohadasiz beriluvchanlik tabiatan baland. Aslida ular ana shu xususiyati bilan yoshi uluglardan farqlanadi, ayniqsa, taqiqlangan narsalarga ochlik ularda kuchli boladi.

Bugungi kunda nafaqat talaba, balki aksariyat maktab oquvchisining qolida ham ayfon-telefon bor. Ular kattalarga nisbatan internet saytlarining juda faol tomoshabini ekani ham hech kimga sir emas. Shuning uchun yoshlar tarbiyasiga tez va salbiy tasir korsatuvchi, izzat-hurmat orniga bir-birovini mensimaslik, haromdan qorqish orniga birovning haqqiga xiyonat qilish, mehr-oqibat, muruvvat orniga bemehrlik, shafqatsizlik, sharm-hayo orniga beandishalik, fahsh, zino tashviq qilinayotganiga sira befarq qarab bolmaydi.

Prezidentimizning Oliy Majlis Senati birinchi majlisidagi “... Abdulla Avloniyning Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir”, degan sozlarini takror va takror aytishdan charchamayman. Nega deganda, shu fikr bugungi kunda har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz lozim... degan gaplari mazmuniga jiddiy etibor qaratishimiz zarur.

Haqiqatdan ham tarbiya masalasi ota muhim. Ayniqsa, bugun axborot tarqatish chegara bilmas darajaga yetgan bir paytda, biz ushbu masalaga befarq qarasak, farzandlarimizning axloqi, talim-tarbiyasiga beetibor bolsak, ular manaviyatida milliy qiyofani asrash choralarini kormasak, ertaga birgina bu notogri, bu mumkin emas, degan tushuntirishlarimiz misqolcha ham naf bermasligi aniq.

Bugun yoshlarimizni chinakam marifatli va yuksak madaniyat egasi qilib tarbiyalash muammosi oldimizda kondalang turgan bir paytda ularni internet tarmoqlarida tashviq etilayotgan yot goya, urf-odat va ananalar, jaholat va fahsh namoyishining salbiy tasiridan asrash tadbiri mutafakkir bobomiz aytganidek rostdan-da yo hayot yo mamot masalasidir.

Shunga kora, axborot va texnologiyalar orqali tarqatilayotgan milliy qadriyatlarimizga yot bolgan turli-tuman hayosizlik, jaholat, zoravonlik kabi illatlarning farzandlarimiz ongiga singdirilishi va shu yol bilan ular ongi zaharlanishining oldini olish masalasi kun tartibiga jiddiy qoyilishi kerak. Bu borada Eron, Xitoy, Germaniya va Angliya kabi davlatlarning internet tarmoqlaridagi inson manaviyatiga salbiy tasir etuvchi kontenentlarni taqiqlash, bloklash amaliyotini jiddiy organish va mentalitet nuqtai nazaridan qarab chiqib, mamlakatimiz hududida joriy etish; shuningdek, internet saytlari orqali bunday targibot olib borganlik uchun javobgarlik belgilash masalasini korib chiqish lozim korinadi.

Shu orinda tele-onlayn minbarlarida ayrim jonbozlik korsatayotgan xabar tarqatuvchilarga ham yuzlanib, yana Abdulla Avloniy hazratlarining Turkiy guliston yoxud axloq nomli risolalaridan: Bazi(lar) ...dillariga kelgan narsalarni qaytarmasdan, axloq va adabni rioya qilmasdan, xalqdan ibo qilmasdan, bachcha va juvonlar shaniga muvashshahmi, yoki bir momin birodarlarining haqida hajv va istehzoli (maktubmi) yozuv, matbuot va adabiyot dunyosini iflos va mulavvas qilmak ila barobar ozlariga hamsuhbat boladurgan yoshlarning axloqini buzulmogiga sabab va namuna bolurlar, degan bir iqtibosni qayd etmoq joiz. Alloma bobomiz tomonidan bir asr avval aytilgan bu gaplar, xuddiki, bugun bizning muammolariga qaratilganidek.

Axborot tayyorlash va tarqatishga monelik yoq, lekin har birimiz inson huquqi va qadr-qimmatiga hurmat bilan qarashga burchlimiz. Shuning uchun ham, bugun har qanday axborotni tarqatishda shaxsiy manfaat, vaqtinchalik soxta obro ortidan quvishdan tiyilib, hikoya, xabar qahramonining shani va qadr-qimmatiga, ozimizni tarbiyalab voyaga yetkazgan butun boshli millat or-nomusiga, gururiga, ayniqsa, yoshlar axloqiga putur yetkazib qoyishdan saqlanish eng ulug maqsad bolmogi lozim.

Endi shov-shuvli xabarlar tarqatishga ishqiboz, layklar ilinjida pashshadan fil yasab, ayuhannos solayotgan ayrim internetchi zamondoshga savol: millat shaniga, yoshlar tarbiyasiga putur yetkazuvchi bunday harakatlardan muddao nima ozi? Oylang, siz nimani targib qilmoqdasiz? Razolatu fahsh, andishasizlik, zulmnimi? Faqat kimningdir huquqini himoya qilayapman demang! Bu qiliqning nomi birovning fojiasidan shaxsiy manfaat yolida foydalanish, deyiladi. Buzilgan huquq bunday himoya qilinmasligini esa bugun kopchilik yaxshi biladi.

Demokratiya yoki inson huquqi, degan sozlarni shior qilib olib, aslida ozining garazli maqsadlari yolida yoshlarni chalgitayotganlar kopayib qoldi. Avvalo, ota-onalar, oqituvchilar, ustozlar, barcha marifatli insonlar farzandlariga, yoshlarga oq bilan qorani ajratib olishni orgatmogi zarur. Yoshlar manaviy qiyofasi bebaho boyligimiiz, kuchimiz, qudratimiz ekanligini unutmasligimiz lozim, deb oylayman.

Xolmomin YoDGOROV,

Oliy sud raisining orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: