O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
10.03.2020

YeRDA KELAJAK AVLODNING HAM HAQQI BOR

Keyingi uch yil mobaynida fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, ularning yashash sharoitini yaxshilash borasida keng kolamli ishlar olib borilayotgani, xususan, ming-minglab uy-joylar barpo etilib, imtiyozli narx va shartlar asosida muhtoj fuqarolarga berilayotganidan barchamiz xabardormiz.

Shuningdek, 2018 yilda davlatchiligimiz tarixida ilk marotaba Prezidentimiz tomonidan bir martalik aksiya e’lon qilinib, fuqarolarning qishloq xojaligida foydalanilmaydigan yerlarda qurilgan uy-joylarga egalik huquqi belgilangani va natijada minglab-minglab odamlarning xavotiri yoqolib, kongliga xotirjamlik ingani ham ayni haqiqatdir.

Bundan tashqari, fuqarolarga uy-joy qurish uchun yer maydonini berish tartibi ochiqlanib, yer uchastkalari erkin elektron savdoga qoyilayotgani ham aholining uy-joyga bolgan ehtiyojini qanoatlantirish, ham bu boradagi qonunbuzilishi va korrupsiya illatlarini yoqotishga qaratilgan muhim omil boldi.

Qayd etish joizki, yillar davomida ayrim fuqarolarimiz tomonidan qishloq xojaligida foydalaniladigan yerlar ozboshimchalik bilan, biron-bir hujjatsiz egallab olinib, uy-joy va boshqa noturar joylar: molxona va boshqa turli yordamchi binolar barpo etish orqali qishloq xojaligida foydalaniladigan hosildor yerlar talon-tarojligiga yol qoyilgan holatlar ham mavjud.

Buni sudlar tomonidan korilayotgan qishloq xojaligida foydalaniladigan-sugoriladigan hosildor yerlarda ozboshimchalik bilan qurilgan bino-imoratlarni buzish va egallab olingan yer maydonlarini qaytarish haqidagi ishlar misolida, xususan, yil boshidan shu kunga qadar sudlarda korilgan 4400 ta ishning 3437 tasi qanoatlantirilib, yer maydonlari maqsadli foydalanish uchun qaytarilganida korish mumkin.

Ozboshimchalik bilan imorat qurib olgan aksariyat fuqarolar qonun talabini bilmaganligini vaj qilib, suddan qurgan imoratini buzmaslikni, aksincha qonuniylashtirib olishda yordam berishni sorab murojaat qilayotgan holatlar ham koplab uchraydi.

Vaholanki, amaldagi qonunchilik talabini bilmaslik – qonunni buzgan fuqaroga biron-bir imtiyoz bermaydi. Imorat qurishdan oldin albatta tegishli tartibda ruxsat olish, shu yer maydonida imorat qurish huquqini qolga kiritish lozim (Er uchastkasini olish, imorat barpo etish tartib-tamoyillari amaldagi Ozbekiston Respublikasining Yer kodeksida oz aksini topgan).

Sudga davo ariza kiritib, sud qaroridan norozi holda «adolatsizlik boldi», deb turli yollar bilan jamoatchilik etiborini jalb qilish orqali ozboshimcha qurgan imoratini saqlab qolishga urinayotganlar ham bor.

Ayrim holatlarda oilaviy ahvolini hisobga olgan holda joydagi mutasaddilar tomonidan boshqa joydan uy yoki yer maydoni taklif etilayotganda ham ular tomonidan rad etilayotgani sababini tushunish qiyin. Bu ozini jabrlangan korsatib, peshkirlik qilishga oxshab ketadi. Aslini olganda, bu ozining noqonuniy harakati va shaxsiy manfaatini amaldagi qonunlar va butun boshli el manfaatidan ustun qoyishdan boshqa narsa emas.

Shu orinda, yurtdoshlarimizga eslatish joizki, Asosiy Qonunimiz Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga kora, yer, yer osti boyliklari, suv, osimliklar va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Qishloq xojaligida foydalaniladigan yerlarning ozboshimchalik bilan egallanishi jamiyatimiz azolari, yoshu qari barchaning manfaatiga zid noqonuniy harakatdir. Butun hayotimiz, turmushimiz shu zamin orqasidan ekanligini, shuningdek, ekin ekib hosil olish mumkin bolgan yerlarda kelajak avlodning xam xaqqi borligini, shuning uchun ham uni avaylab-asrashga barchamiz birday burchli ekanimizni unutmasligimiz lozim, deb, oylayman.

Xolmomin YoDGOROV,

Oliy sud raisining orinbosari.

TAHRIRIYaTDAN:

Bugun noqonuniy qurilgan uylar va ularni buzish masalasi atrofidagi bahs-munozaralar kuchaygandan-kuchayib bormoqda, turli xil fikrlar, takliflar bildirilmoqda.

Togri, maqolada aytilganidek, yer — avlodlardan-avlodlarga qoladigan milliy boyligimiz. Uni talon-taroj qilishga, qonun-qoidani buzishga hech kimning haqqi yoq. Afsuski, otgan yillar davomida kop qishloq joylarida ruxsatsiz imorat yoki molxona qurib olganlar boldi. Hatto sugoriladigan yoki fermerlarga tegishli yerlarda ham ozboshimchalik bilan uy-joylar qurildi.

Xosh, bugungi muammo yoki noroziliklar sababi nimada?

Birinchidan, ayrimlar qonunni, javobgarlikni bilib-bilmay imoratlar qurgan. Togri, lekin qonunni bilmaslik maqolada aytilganidek, javobgarlikdan ozod qilolmaydi. Biroq boshqa savol kondalang boladi: mahalla fuqarolar yigini, huquq-tartibot idoralari, hokimlik masullari nega tomoshabin bolib turishgan? Yoki ular kabinetdan chiqmay otirishadimi?

Ikkinchidan, fermer xojaliklari yerlarida odamlar qanday qilib uy-joy qurib olishdi? Fermer kormay qolganmi, bilmay qolganmi? Uylar bir kechada qurilmaydi-ku.

Yoq, fermerlar yerlarni sotishgan. Otgan yili Qashqadaryoda bir necha kishiga yer sotgan fermer togrisida maqola elon qilgan edik. Jinoyat ishi qogatilib, fermer javobgarlikka tortildi, odamlardan olgan pullarini qaytarib berdi. Ammo odamlar fermer gapiga ishonib, moddiy zarar korishdi. Chunki qurilgan uylar buzib tashlandi, uy uchun qilingan xarajatlar havoga sovurildi.

Bu kabi holatlarda uy-joylarga sarflangan xarajatni ham fermer hisobidan qoplansa, adolatli bolmasmidi?

Shuningdek, yer hokim qarori bilan berilgan bolsa yoki hokimiyat vakillaridan kimdir quravering, hujjatlarini togrilab beramiz, deb vada qilgani isbotlansa, odamlarning buzilgan uyi xarajatlarini hokim yoki uning vakili hisobidan undirilsa, togri boladi va bunday yechim korrupsiyaning oldini ham olgan bolardi. Bu nafaqat uy-joy, balki har qanday qurilishga tegishli. Hokim, arxitektor va boshqa masullar xatosi uchun odamlar jabrlanmasligi kerak. Odamlar esa qonunni hurmat qilishi, belgilangan tartib-qoidaga amal qilishlari shart, deb oylaymiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: