O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
25.02.2020

KORRUPSIYA TUShUNChASI, MOHIYaTI VA ASORATLARI

Keyingi yillarda xorij, jumladan, O‘zbekiston matbuotida ham korrupsiya, unga qarshi kurashish yollari haqida qiziqarli maqolalar paydo bola boshladi. Aslini olganda, buyuk ajdodimiz Forobiy tilga olgan fozil odamlar shahri yoki fuqarolik jamiyatini qurishda toganoq boladigan muammolardan eng kattasi korrupsiya hisoblanadi. Bozor iqtisodi tizimi kushandasi, davlatlar ortasida ikki va kop tomonlama hamkorlik, biznes va investitsiya rivojida shafqatsiz tosiq ayni shu illatdir. Har yili onlab qoshma korxonalarning ochilishi va yopilishi tagida ana shu «korinmas» qollar harakati yotadi.

Korrupsiya darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotgani sabablarini ham shundan izlash kerak.

Endi asr illatiga qarshi kurashni nimadan boshlagan ma’qul, degan tabiiy savol tugiladi. Nima qilsa, internet toriga oxshab dunyoni egallab, mamlakatlar iqtisodiga raxna solayotgan shu balo-qazoning tasir doirasi kichrayadi?!

Keling, muammoni imkon boricha atroflicha organishga urinib koraylik. Korrupsiya keng qamrovli tushuncha bolib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, shaxslari faoliyatiga boglanib, chirmashib ketganligidan koz yumolmaymiz. Avvalo, mazkur masalada davlatning mutasaddi vazirlik va idoralari ancha hushyorroq, ziyrakroq bolishi, qolaversa, nodavlat tashkilotlari, komissiyalar, mustaqil jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi kerak boladi.

Tadqiqotchilar va siyosatchilar ushbu masalaning adolatli yechimi ustida bosh qotirishmoqda. Ilmiy tahlilimizcha, korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va quyi tabaqalarning noroziligiga olib keladi va islohotlarning natijasiga salbiy tasir korsatadi; ikkinchidan, fuqarolarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yetarli darajada emasligi, oz haq-huquqini himoya qila olmasligi sababli, jamiyatda adolat mezoni buzilib turadi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, garbning andozasiga oxshasa-da, asli mazmun-mohiyatiga kora, zamon talabidan orqada qolganligi olga siljishimizga xalaqit beradi...

Bu ogir masalada ikkinchi muhim yonalish – talim tizimida tahsil oladigan yoshlar ongida tolerantlikni uygotish muammosi oldimizda kondalang turibdi. Jamiyatda poraxorlik illatini yengib bolmaydi, degan tushkun fikr yoshlar ongida allaqachon shakllanib bolgan. Shu maqsadda oilada, maktabda boshlangich bilim berishdan tortib to oliy talim tizimida oqiydigan ogil-qizlarimiz ongi-ruhiyatiga korrupsiya yomon illatgina emas, balki u jamiyatimizda soglom muhitning buzilishi, tanazzuli va olimiga yetaklashini singdirishimiz lozim.

Korrupsiya ustidan jamoatchilik nazoratisiz Rossiyada, Amerikada yoki Ozbekistonda yangi goya va texnologiya, iqtisodiy boshqaruv, siyosiy modernizatsiya, mamlakatni isloh etishni amalga oshirib bolmaydi. Ayniqsa, modernizatsiya bilan korrupsiya bir-biriga qoni qoshilmaydigan, mos kelmaydigan jarayondir. Demak, talim dasturlarida, fan predmetlarida bu oddiy haqiqatni tushuntirib berish vaqti keldi.

Mamlakatimizda ayni kunlarda investitsiya, bank, tadbirkorlik tizimida korrupsiyaga aloqador shaxslar yaxshigina daromad kormoqda. Qonunchilik amaliyoti, huquq-tartibot organlarining ularga qarshi turish borasida ota ojizligi, zaifligi umumiy ishimizga pand bermoqda. Yer osti va yer usti boyligini tuya qilib yutish hisobiga chet ellarda shohona villalarni qurgan shovvozlarning jazosini berish uchun hozirda yagona tosiq qoyuvchi qudratli tizim yetishmay turibdi, nazarimizda. Malumki, mamlakatimiz tabiiy zaxira va minerallarga boy Markaziy Osiyo hududida joylashgan yetakchi davlat. Dunyoda paxta yetishtirish, oltin qazib olish va uni sotish, gaz ishlab chiqarishda ilgorlardan biri sanaladi. Shunga qaramasdan, Ozbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida eng ogriqli nuqta korrupsiya bolib qolmoqda. Ijtimoiy fikr respublika jamoatchilik fikrini organish markazi tomonidan 2019 yilda otkazilgan korrupsiya boyicha sorov natijalari xavotirlidir. Chunki sorovda qatnashganlarning 66,5 foizi Ozbekistonda korrupsiya singari salbiy illat tarqalgan, deb hisoblamoqda. Qariyb 17 foiz ishtirokchilar korrupsiya hamma joy va sohalarni qamrab olgan, degan fikrda bolsa, soralganlarning 29 foizi mansabdorlarning har ikkinchisi korrupsioner, deb hisoblaydi.

Achinarli jihat shundaki, korrupsiyaga qarshi kurashning oldingi saflarida turuvchi, bunga bevosita masul bolgan idoralarning ozida ham korrupsiyaga toliq barham berishga erishilmagan. Bulardan muhim xulosa shuki, mamlakatda davlat hokimiyati tizimini isloh qilish, xususan, mamuriy islohotlar konsepsiyasini (bu hujjat 2017 yil 8 sentabrda qabul qilingan) amaliyotda joriy etish (mahalliy ijro hokimiyati tizimini modernizatsiya qilish) ishlarini kechiktirib bolmaydi. Chunki korrupsiya milliy rivojlanish kushandasi, bu masala yechilmas ekan, jamiyat taraqqiy qilmaydi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda qonun ustuvorligi va adolat prinsiplarini himoya qilishda jamiyat illati bolgan korrupsiyaning salbiy tarafi haqida kop gapirilmoqda. Ochigini aytish kerakki, bu sohada dadil qadamlar tashlandi. 2016 yil dekabrida Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Qonunga, 2019 yil 27 mayda Ozbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmonga imzo chekildi. Farmonga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha respublika idoralararo komissiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish boyicha maxsus komissiya faoliyat olib bormoqda.

Masalaning yechimi murakkab bolgani sababli, bu borada xorijiy tajribadan foydalanish zarur, deb hisoblaymiz. Masalan, AQShda 4-hokimiyat vakillari bolgan jurnalistlar korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali jamoat nazorati sanaladi. MDHda, jumladan, Ozbekistonda ham jamiyatdagi jinoyatchilik va korrupsiya holatlarining chuqur tahlilini korganimizda, jurnalist surishtiruvi, umuman, jamoatchilik nazorati, hatto parlament nazorati tizimi ham ancha zaif, sayoz holatda bolib, bugungi davr ehtiyojidan ancha orqada qolmoqda.

Bizning fikrimizcha, avvalo oilada, bogchada, maktabda, oliy oquv dargohlarida ogil-qizlarimizning ongiga, ruhiyatiga tamagirlik, poraxorlik yomon illatgina emas, balki jamiyatimiz tanazzuliga olib boruvchi yovuz kuch ekanligini singdirishimiz, tarbiyaviy va targibot ishlarini olib borishimiz darkor.

Xulosa ornida takidlash joizki, rivojlanish yoliga endigina otgan davlatlarda siyosiy modernizasiyalash, zamonaviylashish notabiiy jarayonni ozida namoyon qilmoqda, deyish mumkin. Tahlilimizcha, islohotlarning asosiy yetakchisi davlat bolsa, ularni amalga oshiruvchi institut byurokratiya qolida qolmoqda. Ming afsuski, amaliyotda byurokratiya iqtisodiy rivojlanish masalalaridan kora koproq ozining dolzarb ishlari bilan shugullanishni maqul koradi... Byurokratiya shunday sinfki, u, birinchidan, iqtisodiyotga bilvosita munosabatga ega boladi va uning rivojlanishiga qiziqadi. Mamuriyatchilar oz shaxsiy farovonligini boshqacha usullarda amalga oshiradi, shu manoda ular burjualarga, yani oz hayot tarzini doimo ishlab chiqarishni takomillashtirishda, deb biluvchi insonlarga oxshamaydi. Byurokratlar burjuaziya kabi bu rejimda ter tokishga sira ham qobil emas. Ikkinchidan, byurokratiya shunday sinfki, biror-bir ozgarishlarga mutlaqo intilmaydi. Mamurlar qalban olganda ashaddiy konservatorlardir. Ularning ideali muqaddas otmishni, yani ananaviy tartiblarni asrab-avaylashdir, bunda ular ozini xotirjam his qiladi. Byurokratlar keskin ijtimoiy-iqtisodiy harakatlar orniga, shubhasiz, barqarorlik va turgunlikni maqul korishadi. Masalani shu jihatdan xolis tahlil qilganimizda, byurokratiyaning hokimiyatga tasiri korrupsionerlardan kam emasligini yoddan chiqarmaylik.

Baxtiyor OMONOV,

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti,

siyosiy fanlar doktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: