O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
18.02.2020

TURAR JOYNI NOTURARGA AYLANTIRIShGA HOKIMNING QARORI KERAK BOLMAYDI

Davlat tomonidan tartibga solish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, byurokratik tosiqlarni bartaraf etish hamda 2017 — 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik tosiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari togrisida”gi PQ-4546-son qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy bolinmalariga otkazildi.

Qarorga muvofiq, turar joylarni noturar joy toifasiga otkazishga ruxsat berish davlat xizmati boyicha 2020 yil 1 yanvardan boshlab tuman (shahar) hokimlarining qaror chiqarish tartibi bekor qilinib, ularning vakolatlari tuman (shahar) qurilish bolimlariga otkazildi va amalda qaror ijrosi taminlandi.

Yani bugungi kunda tumanlar (shaharlar) qurilish bolimlari tomonidan turar joyni noturar toifasiga otkazishga ruxsatnoma berish tizimi ishga tushdi.

Bu orqali, mazkur sohadagi davlat xizmatlari korsatish biznes jarayonining bir necha martaga qisqarishiga, sifatining oshishiga, eng muhimi qonunbuzilishi holatlarining oldi olinishiga erishiladi. Rusxatnoma 8 kun muddatda shakillanadi va QK asosida vakolatli idoraning masul xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

Bu tartib joriy qilinguniga qadar bolgan jarayonni tahlil qiladigan bolsak, 2019 yilning ozida Toshkent shahri kesimida ushbu davlat xizmatidan foydalanish boyicha 1402 ta ariza kelib tushgan bolsa, ulardan 1033 tasi qanoatlantirilgan. Biroq, qanoatlarntirilgan arizalarni korib chiqishda qator qonunbuzilishi holatlariga ham yol qoyilgan, yani 433 ta arizani ijro muddati buzilgan, 219 ta holatda esa asossiz rad etish kabi qonunbuzilishlariga yol qoyilgan.

Asossiz rad qilish kochmas mulk egasining oz mulkidan oz xohishi boyicha foydalanish huquqi, yani mulk huquqiga bolgan konstitutsiyaviy huquqlari buzilishi tushuniladi.

Yol qoyilgan qonunbuzilishi holatlarining tahlili shuni korsatadiki, aksariyat holatlarda tuman qurilish bolimlari tomonidan turar joylarni noturar joy toifasiga otkazish boyicha ijobiy xulosa taqdim etilganligiga qaramasdan, tuman (shahar) hokimlarining tegishli qarorlari chiqish holati kechiktirilgan yoxud qaror chiqarish jarayoni butunlay toxtab qolib, arizalar asossiz ravishda rad etilgan.

Bu esa, oz navbatida qanchadan-qancha tadbirkorlik subyektlari oz faoliyatlarini boshlashiga yoki rivojlantirishiga tosiq bolishi bilan bir qatorda, 1400 dan ortiq ish orinlari va davlat byudjetiga qoshimcha soliq tushumlarining tolanmasdan qolishiga sabab bolgan.

Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatini kollab-quvvatlashda hamda ish orinlarini yaratishga alohida etibor qaratilmoqda va bu borada tadbirkolik subyektlariga keng imkoniyatlar hamda afzalliklar yaratish maqsadida qator farmon qarorlar qabul qilinmoqda. Jahon xalqaro tajribasida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning bugungi kundagi birlamchi yonalishi sifatida tadbirkorlik sohasi eng asosiy lakomativ rolini oynaydi.

Malumki, bugungi kunda tadbirkorlarni qiynayotgan eng asosiy muammolardan biri – biznes faoliyatini boshlash va yolga qoyish uchun noturar joy obyektlarining yetishmovchiligi deb aytish mumkin.

Endilikda, bu kabi qonunbuzilish holatlariga yol qoyish bartaraf etilib, fuqarolar va tadbirkorlarga sifatli va shaffof davlat xizmatlari korsatilishiga erishiladi.

Jamshid YuSUPOV,

Davlat xizmatlari agentligi

Toshkent shahar boshqarmasi boshligi orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: