O'zb  
 
06.08.2019

MUSTAQILLIK VA AFV

yoki afvning amnistiyadan qanday farqi bor?

Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligini nishonlash arafasida o‘tgan davr mobaynida bosib otilgan murakkab yolimiz, amalga oshirilgan tarixiy ishlar, erishilgan natijalar ahamiyati va mohiyati haqida fikrlashib olish xulosalar chiqarish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholash imkonini beradi.

Oylab korsak, mustaqillik yillarida olib borilgan keng kolamli islohotlar orasida tinchlik va osoyishtalikni saqlash, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilishga alohida etibor berilganiga ishonch hosil qilamiz.

Mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan keng kolamli islohotlar, ulkan bunyodkorliklar zamirida ham insonparvarlik va bagrikenglik fazilatlari mujassam. Bu tamoyillar bilib-bilmay jinoyatga qol urgan, sudlanganlarga nisbatan ham tatbiq etilmoqda.

Malumki, jinoyat sodir etgan shaxs nafaqat ozining, balki farzandlari, ota-onasi, qavmu qarindoshlarining ham kelajagi va taqdiriga tasir otkazmasdan qolmaydi. Ozodlikdan mahrum bolgan kishining farzandlari ota mehridan ayriladi, ota-onalari bagrini kuydiradi.

Shu sababli xato qilgan va bugungi kunda qilmishiga chin dildan pushaymon bolgan shaxslarni kechirish davlatimiz insonparvarlik siyosatining yorqin namunasidir. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlatimiz insonparvarlik siyosatida xalqimizning kechirimli bolishdek olijanob fazilatlaridan kelib chiqib, 2018 yil 8 mayda «Ozbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi togrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi farmoni va unga ilova sifatida Ozbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi togrisidagi Nizom qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda taqdim etish, rasmiylashtirish va korib chiqish, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari boyicha komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab berildi. 2009 yil 13 martda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi togrisidagi Nizom esa oz kuchini yoqotdi. Xosh, yangi tahrirda qabul qilingan Nizom bilan eskisining qanday farqi bor?

Birinchidan, afv etish haqida iltimosnomani kiritish huquqiga ega bolgan subektlar royxati birmuncha aniqlashtirildi. Eski Nizomda Afv etish haqidagi iltimosnoma, qoida tariqasida, sudlangan shaxs tomonidan yozma shaklda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga beriladi deb belgilangan edi. Yangi Nizomda esa ushbu iltimosnoma sudlangan yoki jazoni otab chiqqan shaxs, shuningdek, qonun tomonidan iltimosnoma kiritish huquqiga ega bolgan boshqa shaxs (organ) tomonidan kiritilishi mumkin ekanligi keltirilgan. Shuningdek, iltimosnoma boshqa shaxs (organ) tomonidan berilganda afv etilishi soralayotgan shaxsning yozma roziligi bolishi kerak.

Ikkinchidan, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari boyicha komissiyaning tarkibiga kimlar kirishi aniq korsatib berildi. Yangi Nizomga asosan, ushbu komissiyaning tarkibi Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, shuningdek, Yoshlar ittifoqi va Xotin-qizlar qomitasi, fuqarolarning ozini-ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashitirish Respublika kengashi va Nuroniy jamgarmasi vakillaridan iborat boladi.

Shuningdek, komissiya tarkibiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat azolari, boshqa davlat va nodavlat-notijorat tashkilotlarning vakillari hamda boshqa shaxslar ham jalb qilinishi mumkin.

Uchinchidan, afv etish haqidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar soni ortdi. Jumladan, iltimosnomani dastlabki tarzda korib chiquvchi Prezident huzuridagi Afv etish masalalari boyicha komissiya sektoriga iltimosnoma bilan birga yuboriladigan hujjatlar royxatiga jazoni ijro etuvchi muassasaning mamuriyati tomonidan tasdiqlangan mahkumning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi qoshildi.

Mazkur yangi Farmon va Nizomning qabul qilinishi davlatimizning har qanday holatda ham fuqarolar uchun gamxorligining yorqin misolidir.

Zero, jinoyatga qol urgan, boshi devorga tekkandan song adashganligini tushunib yetgan odamlarni afv etish – muqaddas dinimizning ham asosiy arkonlaridan biri sanaladi.

Afv va Amnistiya tushunchalarini bir-biridan farqlay olishimiz darkor. Chunki aksariyat insonlar afv va amnistiya bir xil narsa, shunchaki amnistiyaning ozbekcha tarjimasi avf boladi, deb oylashadi. Togri, ikkala tushunchaning asosiy maqsadi bitta — mehr-shafqat va insonparvarlik tamoyillariga asoslanib, jinoyat sodir etgan shaxsni kechirish va uni jazodan butunlay yoki qisman ozod qilishdir. Biroq, shunday bolishiga qaramasdan bu ikki tushuncha bir-biridan farqlanadi. Afv va amnistiya qanday shakllarda amalga oshiriladi? Ular qanday farqlanadi, degan savollarga javob topish uchun quyidagi farqlarga etibor qaratish lozim.

Birinchidan, afv bu muayyan shaxslar uchun, ularning shaxsini tavsiflovchi malumotlarni (yoshi, sogligining holati, oilaviy ahvoli) inobatga olib, jazodan ozod qilish hisoblanadi. Amnistiya aniq shaxslarga emas, umumiy toifalarga elon qilinadi.

Ikkinchidan, afv faqat sud hukmi bilan jazo tayinlangan mahkumlarga elon qilinadi. Amnistiya jinoyat protsessining istalgan bosqichida dastlabki tergov, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va hattoki jinoyat ishini qozgatishgacha bolgan bosqichda ham qollanilishi mumkin. Boshqacha aytganda, amnistiyaning afv etishdan farqli xususiyati shundaki, amnistiya keng mazmunga ega bolib, shaxsni jinoiy javobgarlikdan ham, jinoiy jazodan ham ozod qiladi.

Uchinchidan, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga binoan, afv faqat Prezident tomonidan elon qilinadi. Amnistiya akti Prezident taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan elon qilinadi.

Tortinchidan, amnistiya aktlarini qollash masalasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari va sudlar tomonidan korib chiqiladi. 2008 yildan boshlab amnistiya aktini qollashga oid yakuniy qarorni faqat sudlar chiqarishi belgilab qoyilgan. Afvni qollash masalasini Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari boyicha maxsus komissiya hal qiladi.

Beshinchidan, amnistiya akti chiqqandan keyin, uni kimlarga qollash masalasini hal qilish uzoqqa choziladi va koplab tashkiliy jarayonni oz ichiga oladi. Afvni qollash esa kop vaqt va tartibni talab qilmaydi. U qabul qilinishi bilan darhol ijro etiladi, buning uchun yana alohida bosqichlardan otish shart emas.

Oltinchidan, afvni qollash uchun odatda jinoyat sodir etgan shaxslarning iltimosnomasi asos boladi. Amnistiya aktini qollashda esa bunday iltimosnoma talab etilmaydi. Tergovchi, prokuror, jazoni ijro etish muassasasi mamuriyati va sudlar amnistiya aktiga tushadigan barcha shaxslar royxatini shakllantirib, ularga amnistiya qollash masalasini hal etishi lozim. Biroq qonunchilikda jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar oziga amnistiya akti qollanishini xohlamasa, ularga istisno tariqasida amnistiya aktini qollash taqiqlanadi. Shaxslar ozini afv etilishini sorab iltimosnoma beradi, amnistiya akti esa shaxslarning xohish-istagiga qaramasdan hammaga umumiy qollanadi.

Xulosa qilib aytganda, afv etish ham, amnistiya ham xalqimizga xos bagrikenglik va insonparvarlik fazilatlarining tasdigi, davlatimizning inson manfaati hamma narsadan ustun siyosatining amaldagi ifodasidir.

Shavkat GAYBERDIYEV,

Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi katta konsultanti.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: