O'zb  
 
30.07.2019

DOIMIY PROPISKA XUSUSIDA

Tahririyatimizga kelgan xatlarning birida shunday savol qo‘yilgan:

«Men 21 yildan buyon Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumanidagi 279-sonli umumta’lim maktabida oqituvchilik qilaman. 4 farzandim va turmush ortogim bilan Toshkentda yashaymiz. Biroq doimiy propiskaga ega emasmiz. Xalq talimi vazirligi orqali doimiy royxatga qoyilishim mumkinligi haqida eshitdim. Agar shunday bolsa qayerga, qay tartibda murojaat qilishim kerak?

D.Qurbonova,

Toshkent shahri.»

Javob: Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish 2011 yil 14 sentabrdagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bolgan shaxslar – Ozbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining royxati togrisida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.

Royxatning 11-bandida davlat hokimiyati organlari, davlat va xojalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish togrisida iltimosnoma kiritishi mumkin.

Maktablar Xalq talimi vazirligi tasarrufiga kiradi va shu sababli Siz doimiy propiska masalasida Xalq talimi vazirligiga murojaat qilishingiz lozim.

Dilmurod RAJABOYEV,

Adliya vazirligi masul xodimi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: