O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2021   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
25.11.2020

ChET TILLARNI OQITISh

zamonaviy uslubda olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilingan bolib, unda umumiy orta va maktabdan tashqari talim tizimini isloh qilishning ustuvor yonalishlari belgilanib, oquv-tarbiya jarayoniga talimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish, talim va tarbiyani sifat jihatdan yuqori darajaga kotarish masalalari muhim vazifa sifatida belgilandi.

Konsepsiyada 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda oquvchilarni baholash dasturi reytingi boyicha jahonning 30 ilgor mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qoyilgan.

Mazkur hujjatda navqiron avlodni zamon talablariga mos ravishda tarbiyalash, xususan, ularga chet tillarini orgatish muhim ahamiyatga egaligi qayd etilgan.

Toshkent shahri Sirgali tumanidagi 266-umumiy orta talim maktabida ham oquv-tarbiya ishlari bugungi kun talabi asosida olib borilmoqda. Maktab kapital tamirdan chiqqan bolib, unda oquvchilar chuqur bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu maktabda chuqurlashtirilgan holda ingliz tilidan saboq berilayapti. Ingliz tili birinchi sinfdan zamonaviy uslublarda — oyin, rasmlar hamda ogzaki nutq shaklida orgatiladi. Mutaxassislar chet tillarini bolalikdan organish eng togri hamda samarali ekanligini kop takidlashadi.

Malumki, boshlangich sinfda oqiyotgan bolalar tabiatan oyinqaroq boladi. Ularning darsga qiziqishi, faol qatnashishi, uyga berilgan vazifalarni mustaqil, oz vaqtida tayyorlashiga erishish uchun oqituvchi interfaol usullardan keng foydalanishi lozim. Xorijiy tillarni puxta egallash oquvchidan qanchalik qunt va sabot talab qilsa, pedagog ham shunchalik katta mahorat va fidoyilik bilan dars otishi lozim. Oqituvchi oz oquvchilariga talim berishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan, korgazmali qurollar, darsga oid sanat namunalaridan koproq foydalansa, darsi shuncha tasirli boladi. Maktabimiz direktori Dilfuza Abdurazzoqova tashabbusi bilan oqituvchilarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish konikmalarini hosil qilish uchun oquv-seminarlar, ochiq darslar otkazish yolga qoyilgan. Ochiq darslarda ota-onalar bevosita qatnashib, farzandlari qanday talim olayotgani bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bolishadi.

Oqituvchi izlanuvchan, ijodkor va talabchan bolishi kerak. Dars vaqtida xilma-xil interaktiv usullardan foydalanishi zarur. Oquvchilarimiz darslardan tashqari togaraklarda ham faol qatnashadilar. Aslida til organish bolaning qobiliyatini toblaydi, uning imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu manoda, hozir koplab shogirdlarimizning ingliz tilida sozlashini korib, quvonamiz.

Maktabimizda chet tillarni organish targibotiga bagishlangan tadbirlar, togarak mashgulotlari va turli tanlovlar otkazish ananaga aylangan. Oquvchilarimiz orasida chet tillari boyicha fan olimpiadasi goliblari bor. Haqiqiy muallim uchun shogirdlari erishayotgan yutuqlarni korishdan ortiq baxt bolmasa kerak.

Bugun mamlakatimizda talim sohasini isloh qilish, oqituvchilar maoshini, obrosini oshirish boyicha katta ishlar qilinmoqda. Chunki davlatimizning ertangi kuchi-qudrati qanday bolishi oqituvchilar mehnatiga bogliq. Biz ingliz tili oqituvchilari sifatida ishonch bilan aytamizki, yoshlarimiz xorijiy tillarni qancha kop bilishsa, ularning hayotdagi imkoniyatlari shuncha kengayadi, mamlakatimiz taraqqiyotidagi hissasi shuncha kop boladi.

Latofat USMONOVA,

Yulduz QAMBAROVA,

Sergeli tumanidagi

266-maktab ingliz tili oqituvchilari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: