O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.10.2020

BIZNING RUHIMIZ MAKKAI MADINAGA INTILSA, AQLIMIZ SAMARQANDGA OShIQADI

Butun dunyoni tashvishga solgan koronavirus pandemiyasi oqibatida ta’lim tizimida ham qator majburiy o‘zgarishlar boldi. Xususan, on-layn darslar yolga qoyildi. Oliy talim muassasalarida oquv jarayonlari masofaviy shaklga otkazildi. Ammo, ustoz va murabbiylar, talaba-yoshlarning faolligi aslo pasaygani yoq. Bu jarayonga xorijiy pedagoglarning ham jalb etilishi talim samaradorligini oshiradi, albatta.

Kuni kecha Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini organish ICESCO” kafedrasida misrlik moturidiyshunos olim, doktor Ahmad Sad Damanhuriy yana dars otishni boshladi. Biz taniqli islomshunos olimni akademiyadagi faoliyatini davom ettirish maqsadida yurtimizga kelgani bilan qutlab, yangi oquv yilidagi dastlabki dars mashguloti taassurotlari bilan qiziqdik.

– Malumki, hozirda butun dunyoda talim dargohlarida dars jarayonlari koproq on-layn tarzda olib borilmoqda, — deydi doktor Ahmad Sad Damanhuriy. Talaba-yoshlar ham bunday mashgulotlarga moslashmoqda. Albatta, boshida ozroq qiyinchiliklar boldi. Hozir bu muammolar bartaraf etilgan. Talabalarning takliflarini inobatga olib, ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida fan boyicha qoshimcha tushuntirish ishlarini ham olib boryapmiz. Umuman olganda, Akademiya talabalari juda tirishqoq, gayratli ekani intilishlari va yonib turgan kozlaridan sezilib turadi. Ayniqsa, talabalarning bilim olishga ragbati va ustozlariga hurmati juda etiborimni tortdi. Bundan oldin men boshqa davlatlarning talim muassasalarida ham dars berganman. Ammo u yerdagi talabalar bilan bu akademiyadagi talabalarning bilim olishga bolgan ishtiyoqi, jumladan, arab tilini bilish darajasi ancha yuqoriligi xursand qilmoqda. Bu dars jarayonlarida ularning oz fikrlarini erkin bayon etishida ham sezilyapti. Buyuk allomalar vorislariga saboq berish biz uchun sharaf.

Yana shuni ishonch bilan aytamanki, deydi olim Ahmad Sad Damanhuriy. Agar yurtingiz yoshlaridagi ilm va kasb-hunarlarni egallashga bolgan ishtiyoq shunday kuchayib borsa, kelajakda albatta, Ozbekistonda buyuk ulamo ajdodlariga munosib olimlar kamolga yetadi va Davlatingiz rahbari takidlaganidek, Uchinchi Renessansga mustahkam poydevor qoyiladi.

Yana bir etiborli jihat Ozbekistonga xalqingiz uchun ulug va muborak sana 21 oktabr Ozbek tili bayrami kuni kelganimdan ham benihoya quvondim. Bu bayramni ozbek xalqi katta xursandchilik bilan kutib olganidan bagoyatda tasirlandim. Til inson tafakkuri, muayyan bir xalqning madaniyati, milliy ozligining asosidir. Aynan u orqali inson madaniyati, urf-odati, bir mintaqaning oziga xos bolgan xususiyati shakllanib boradi. Men bir olim sifatida shuni aytamanki, har bir millat ozining ona tiliga birinchi galda etibor qaratishi, muqaddas dini sofligini asrashi kerak. Undan keyin esa global xalqaro hamjamiyatga chiqish uchun koproq tajriba, malumot almashishda hozirgi yoshlar xorijiy tillarni ingliz, fransuz, qolaversa, nemis tillarini ham yaxshi ozlashtirishlari lozim. Ona tilini bilmaslik, uni qadrlamaslik oqibatida millat tanazzulga yuz tutishi tarixdan malum. Shu bois, davlatingizda ona tiliga ustuvor etibor qaratilayotgani ham bu zaminning buyukligi, uning ertagi taraqqiyotidan dalolat beradi.

Shu orinda, aytib otishim lozimki, Movarounnahr zaminida kamol topgan olimlar tomonidan arab tilida ham katta manaviy meros qoldirilgan. Shu bois Ozbekistonda arab tilini orgatadigan, qolaversa, qadimgi Movarounnahrga xos bolgan qolyozma manbalarni tadqiq etadigan markazlar kopaysa, ayni muddao bolardi. Mazkur manbalarni chuqur organib, ozlashtirib, hozirgi zamonaviy ozbek tiliga tarjima qilish orqali islom olamining eng buyuk allomalari hisoblangan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy singari bobokalonlaringizning munosib izdoshlari kamol topadi.

Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi dunyoda diniy va dunyoviy bilimlarni orgatadigan yetakchi oliy talim va ilmiy-tadqiqot markazlaridan biridir. Shu bois mazkur ilm ochogiga nafaqat Orta Osiyodan, balki butun dunyodagi talim muassasalaridan talabalar kelib, tahsil olishga intilmoqda. Akademiya nufuzini yanada oshirish yolida barcha professor-oqituvchilar va rahbariyatga ulkan muvaffaqiyat tilayman!

Sozim oxirida Misrning Al-Azhar majmuasi rahbari, shayx Ahmad Toyyibning: Bizning ruhimiz Makkai Madinaga intilsa, aqlimiz Samarqandga oshiqadi!, deya yurtingizga bergan nozik tarifini yodga olmoqchiman. Zero, dunyo sivilizatsiyasiga ozining tengsiz hissasini qoshgan buyuk allomalar, mutafakkirlar yurti hamisha qalblarga ezgulik, ilm-marifat nurini taratib turishi shubhasiz.

Hasan USMONOV,

Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi

OAV va jamoatchilik bilan ishlash bolimi boshligi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: