O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.10.2020

TIL MILLAT QIYoFASI

Yaqinda O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun murojaat qilgan, mamlakatimizda yashash istagida bolgan shaxslar ozbek tilini bilishi shartligi haqida oqib, rosti xursand boldim. Negaki, shu yurtda istiqomat qilib, shu xalqning tilini bilmaslik millatni, xalqni mensimaslikdan boshqa gap emas...

Gumayev Ajiriq tezlikda harbiy komissariatga yetib kelsin!

Osha yillarda Kitob tuman mudofaa ishlari bolimida otamning bir ortogi bolardi. Ism-sharifi hozir yodimda yoq. Ammo rusiyzabon edi. Uyimiz yolning yoqasida bolgani uchunmi, har otgan-qaytganda kirib, aroging bolsa qoy, deb qistalang qilardi. Bir kuni uyimizda otirganida, onamning ukasi choynak kotarib kirib qoldi. Otamning ortogi, “voyenkom” mayor uni gapga solib, qayerda xizmat qilganini soradi. Shunda onamning ukasi – togam ota-onasining keksaligini, tongich ogil bolgani uchun erta uylangani, bitta farzandi borligi va buning ustiga xotini yana homiladorligini aytadi. Shunda haligi mayor: «Mumkin emas bunday bolishi, bir bolalilar, albatta, harbiy xizmatga jonatiladi, ikkinchi farzand tugilganidan keyin armiyadan ozod etiladi», deydi. Shundan song yonidan bloknot va ruchkasini olib, togamning ism-sharifini, qaysi qishloqda yashashini soraydi. Bundan biroz hayiqqan togam otim Ajiriq, familiyam Gumayev, deb yozdiradi. Sen bilan harbiy komissariatda gaplashaman, deb popisa qiladi mayor.

Oradan uch kun otmay, qishloq fuqarolar yiginiga chaqiruv qogozi keladi: Prizivniku Gumayevu Adjiriku srochno yavitsya v rayvoyenkomat.

Qishloq fuqarolar yigini harbiylarni royxatga olish bolimi xodimi Gaffor aka degan kishi Gumay, Ajiriq degan shaxslarning bu hududda yashamasligi, qolaversa, bu odamning emas, yovvoyi ot-osimligining nomi ekanligini aytib, harchand urinmasin, Topasan, bolmasa ishdan haydataman, degan doq-popisalar ham bol¬gani rost...

Zullisonayn bolsak, qanday yaxshi

ToshDU (hozirgi Ozbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida ishlab yurgan kezlarim rus guruhida ham talay ozbek yigit-qizlar ta’lim olib, rus tilida yaxshi va alo oqib bitirgan. Bir paytlar Ozbekiston televideniyesining Axborot korsatuvida faoliyat korsatgan Sherzodxon Qudratxojayev va Sadriddin Suyarovlarni (yevroguruhda oqigan) teletomoshabinlar yaxshi eslashadi. Etibor bergan bolsangiz, ular hech qachon tayyor matnga qarab gapirmaydi (bu yerda matnga qarab oqiydiganlarni kamsitmoqchi emasman). Ularning dunyoqarashi, oz ona tilida ravon sozlashiga etibor berganmisiz?

Bundan ancha yil ilgari Sherzodxon Qudratxojayev Yilning eng yaxshi jurnalisti tanlovi goliblari safidan orin olganidan, Sadriddin Suyarov esa respublika Kamolot jamgarmasining sovrindori bolganidan xabaringiz bolsa kerak. Ozbek va rus tillarida bemalol suxandonlik qilib, elning nazariga tushib ulgurgan Nodirxon Muhammadxonovga har qancha havas qilsak arziydi. Arman qizi telesuxandon Arevat Grigoryan ozbek tilida chiroyli gapirishiga qoyil qolganman.

Jurnalistika fakultetida men bilan birga tahsil olgan Ravshan Alimov degan yigit alo baholarda oqishidan tashqari, ozbek va rus tillarida bemalol yoza olardi. Unga hammamiz havas bilan qarardik va hurmat qilganimizdan guruhimizga starosta etib saylaganmiz. Oradan bir yil otib, Ravshan harbiy xizmatga ketib qoldi. Togrisi, uni juda soginganimdan osha paytlar Nijniy Novgorod (sobiq Gorkiy) shahriga atay korgani bordim. Ravshan xizmat joyidagi harbiy qism gazetasini tashkil qilgani, unda rus tilida bir nechta maqolasi chop etilgani haqida rota komandiri aytib berganida shunday kursdoshim borligidan goyat xursand bolganman.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rus guruhida tahsil olayotgan Toyloq tumanilik alochi talaba Shoista Boymurodovaning rus tilida yozgan bir dasta sherlari kop nusxali Pediatr gazetasida bosildi. Keyin bilsak, u ozbek tilida ham tuzukkina sherlar yozarkan.

Turkmanistonning Toshhovuzida orta maktabni ozbekcha tugatib, Moskva davlat universitetining aspiranturasida tahsil olgan Komiljon Hayitov degan ortogimiz yurtiga qaytib, oliy oquv yurtlaridan birida talabalarga uzoq yillar rus va turkman tillarida falsafadan saboq bergan. Bunday misollar hayotda kop.

Ayrim hollarda buning teskarisi ham boladi. Bundan yigirma besh yillar ilgari huquqshunoslik mutaxassisligi boyicha oqishni tugatgan bir yigit ishga kirish uchun tarjimai hol toldirishda meyoridan ortiq xatoga yol qoygani uchun diplomi bekor qilingani haqida eshitganim bor. Shu voqea tufayli institut rahbariyati tazirini olgan edi.

Bir kuni yengil mashinamda ishga ketayotib, Hamid Olimjon metrosi oldidagi bekatda ukamni qoldirdim. U metroda ketadigan boldi. Yuz ellik metrlar chamasi yuruvdim hamki, YPX xodimi menga tayoqchasini kotarib Toxtang! ishorasini qildi. Qoidani buzdingiz, bayonnoma yozaman, deb qoldi. Mashinaning oldi orindigiga otirib, hali yozilmagan bayonnomani qoliga oldi. Yozaman! Yozaman! deb ikki bor takrorladi va bir nima tama qilganday tilla tishlarini korsatib tirjaydi. Mening nazarimda qoida buzilgani yoq, agar rioya qilmagan bolsam, mayli yozing, dedim. Bor-yogi bir gapdan iborat bayonnomani toldirdi. YPX xodimini bayonnomada yozganlarini oqib chiqdim. Ne koz bilan korayki, ozbekcha bitilgan bor-yogi ikki-uch jumla gij-gij xato va galiz yozilgan edi...

Shukrki, bugun tilimizga bolgan etibor kuchaydi. Kopgina davlatlar vakillari tilimizga qiziqish bilan qarab, organishga harakat qilishyapti, hatto mumtoz ashulalarimizni jon quloqlari bilan eshitib tinglashyapti.

Xorijda ozbekcha kuy

Xalqimizning kongil mulkiga aylangan milliy mumtoz kuy va qoshiqlarimiz jahon ahlining-da hayratini oshirayotgani rost. Xalqning didiga mos tushadigan, odamlarga manaviy tayanch beradigan milliy musiqamizning dunyoga tanilishi ham tilimizning naqadar shiraligi, jozibaliligidan albatta. Biz kopming yillik ulkan tarixga manaviy merosga ega xalqmiz. Shubhasiz, tilini hurmat qilgan odam uning qadriga yetadi.

Haqiqiy sanatga tarjimon kerak emas. Qalbdan chiqqan yogdu qalbga yetib boradi. Munojot Yolchiyevaning ashulalarini Yevropa, butun dunyo... hayrat bilan tinglayapti... , deydi taniqli shoir Minhojiddin Mirzo.

Xudoga shukr qilaman. Ozbekistan davlati, milliy tilimizning qudrati, dovrugi jahonning barcha mamlakatlari etiboriga tushayotir, Otgan yili Ozbekistan xalq artisti Munojot Yolchiyeva AQSh, Fransiya davlatlarida xizmat safarida bolib qaytgan edi. Ziyoratlar qabul bolsin, deb, ularning xonadonida boldik. Bir dunyo taassurotlar bilan qaytgan ekan, miriqib tingladik.

Chet ellarda mustaqil Ozbekiston nomidan borganimizdan, shu yurtning farzandi ekanimdan juda-juda iftixor tuyganman. Ondan ziyod xorij mamlakatlarida bolib, ozbek mumtoz qoshiqlarini jon quloqlari bilan tinglashganini, hayrat va havas bilan boqqan nigohlarini korib, togrisi, hayajonimni yashirolmadim, deydi Munojot Yolchiyeva. Ayniqsa, Farangistonda. Fransuzlar ota sanatsevar xalq ekan. Ozbek tilida ijro etilgan har bir mumtoz ashulamizni, musiqamizni magnit lentasiga kochirib, uning izohini ham yozib olishdi. Qoshiq qaysi tilda jaranglamasin xalqlarni ozaro birlashtiruvchi muhim vositadir. Milliy madaniyatimiz, mumtoz adabiyotimiz va bebaho sanatimiz dillarni dillarga boglaydigan eng asosiy rishtadir. Shuning uchun ham qoshiqni ezgulikning yorqin timsoli, tarbiyaning muhim omili, tinchlik va dostlikka katta sharaf keltiruvchi rutbadir, desak mubolaga bolmas.

Demak, har bir yurtning ona tili targib qilinib, ommaviylashishida adabiyot va sanatning ahamiyati beqiyos. Ozlikni anglash ham milliy tilni qadrlashdan boshlanadi. Millatning ulugligi, buyukligi ham shundan.

Ozbek sanatkorlarini chet elga tez-tez taklif qilinib, milliy qoshiqlarimizni xorijda ijro etilishi tilimiz va yurtimizning nufuzi yil sayin ortib borayotganidan dalolatdir. Til millatning qalbi, qiyofasi. Shunday ekan, tilni faqatgina muloqot vositasi, deb anglash uni bir yoqlama tushunishdan boshqa narsa emas.

Yuqorida takidlab otganimizdek, xorij mamlakatlarida ozbek tilini organishga qiziqish tobora ortib borayotgan bir paytda kochalardagi ayrim yozuvlarni korib, kishining tabi xira tortadi. Ayniqsa, reklama ustunlarida katta harflar bilan osib qoyilgan yozuvlar kopchilik ziyolilarimizning hafsalasini pir qilayotgani sir emas. Yangi ochilgan yemakxona yoki maishiy xizmat korsatish shoxobchalarida Biz ochildik (M otkrils) yozuvini korsam, hafsalam pir bolib ketadi. Bundan tashqari, reklama ustunlari va plakatlarda katta harflar bilan Doda pitsa (Toshkent sh. Yakkasaroy tumani), (Toshkent vil. Qibray tumani) Shashlikning dodasi, Qazining dodaxojasi (manzili esimdan chiqibdi), yozib qoyilganiga nima deysiz. Qaysi kuni poytaxtning Eski jova bozori hududidan otayotib, somsa yoki non sotuvchilarning Qaynoq somsalar bor, qaynoqqina nonlar bor, degan qichqiriqlarga duch kelgandim. Oylab qolasan, somsa bilan non qaynab pishadimi? Ular shorvamidi qaynab pishadigan?

Xullsa, gapiraman desak, gap kop, dard kop. Birgalashib oylasak, kurashsak, ona tilimizga bolayotgan hurmatsizliklarni bartaraf etamiz, tilimiz mavqeini yanada oshirgan bolamiz.

Azamat SUYuNOV,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: