O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
15.07.2020

SAMARQAND MADRASALARI

Vatanimiz ta’lim tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ilk madrasalar VIII-IX asrlardayoq yaratilganini koramiz. Buxoroda Farjak, Faqihlar madrasasi, Samarqandda Ibrohim Tamgochxon madrasalari faoliyati togrisida manbalarda malumotlar keltirilgan. Tadqiqotchi N.Nemseva IX-XII asrlarda Samarqandda 17 ta madrasa mavjud bolganligi va madrasalar shaharning oziga xos “oliy oquv yurtlar shaharchasi” Raboti Goziyonda joylashganligini korsatib otadi. Talim-tarbiya tizimi uch bosqich hamda uning uch muassasasi maktab, orta yoki orta maxsus malumot beruvchi madrasa va madrasai oliyalardan iborat bolgan. Orta maxsus talim madrasalari "madrasatun harbiya" (harbiy bilim yurti), "madrasatun muallimin" (pedagogika instituti) shaklida, yuqori bosqich ilm maskani – universitetlar esa "madrasai ulum" ("ilmlar madrasasi" dorilfunun) deb atalgan.

Talim tizimida, maktab-madrasalarda jahon ilmu faniga buyuk hissa qoshgan Al-Xorazmiy, Ahmad Fargoniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi koplab taniqli olimlar faoliyat yuritgan. Bularning hammasi Markaziy Osiyo xalqlari otmishidagi talim tizimi mukammal va yetuk bolganidan darak beradi.

Sharq renessansining ikkinchi davri temuriylar davriga togri keladi. Bu davrda Samarqand ilm-fan markaziga aylandi. Amir Temur davrida Bibixonim, Firuzshoh, Muhammad Sulton, Qutbiddin Sadr madrasalari bunyod etildi. Bu madrasalarning qurilishi bejiz emasdi. Chunki Amir Temur saltanatiga asos solindi, uni yanada mustahkamlash uchun zarur bolgan amaldorlar, ziyolilarni yetishtirishga bolgan ehtiyoj ham paydo boldi. Ikkinchidan esa, Amir Temur muhtasham imoratlarni, boglarni barpo etish bilan saltanatning ulugvorligi, kuch-qudrati va iqtidorini namoyish etishni ham nazarda tutgan edi. U turli mamlakat va olkalardan mashhur olim, tabib, hunarmand va iqtidori baland mutaxassislarni oz poytaxti Samarqandga olib kelgan. Shuning uchun Samarqandda Movarounnahr, Xuroson, Rum, Eron, Shom, Hindistonning turli shahar va kentlaridan bolgan mutaxassislar toplangan. Jumladan, olimlardan Sadiddin Masud Taftazoniy, Sayyid Sharif Jurjoniy, Salohiddin Muso Qozizodai Rumiy, Abu Sayid ibn Burhoniddin Sogarjiy, mavlono Kamoliddin Keshiy, hunarmandlardan memor va muhandislar Faxri Ali, Olim Nasafiy, Zayniddiy Shamsi Tabriz, Muhammad ibn Mahmud Isfahoniy, naqqosh va xattotlar Yusuf Sheroziy, Muhammad bin Hoji Bandgir al-Tugroi Tabriziy va boshqalar. Bu mutaxassislardan unumli foydalanish uchun esa barcha sohalarda, jumladan, talim tizimini yanada jonlashtirish, yangi-yangi asarlar yozib, Amir Temur va temuriylar shuhratini baland kotarish maqsadida madrasalarning qurilishiga ham katta etibor qaratilgan. Biz organayotgan Mirzo Ulugbek madrasasi shakllanishi va taraqqiyoti uchun bu omillar ham muhim orin tutgan.

1420 yilda Mirzo Ulugbek madrasasi qurilgan va oz faoliyatini boshlagan. Madrasa ochilgan kuni birinchi maruzani Shamsiddin Muhammad Xavofiy oqigan va madrasaning birinchi mudarrisi sifatida faoliyatini boshlagan. Xavofiy maruzasida matematika sheriy usulda talqin qilingan. Maruzani tinglagan 90 nafar tolibi ilm vakillaridan faqat ikki kishi Mirzo Ulugbek va Qozizoda Rumiy mavzu mohiyatini anglab yetgan. Mirzo Ulugbek madrasasida ijod qilgan Qozizoda Rumiy, Giyosiddin Jamshid Koshiy va Ali Qushchilar oz davrining akademiklari bolgan. Qozizoda Rumiy Ulugbek madrasasida dars berish bilan birga matematika va astronomiya sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan. Uning birinchi asari Sharh ashkol at-tasis bolib, unda Rumiy samarqandlik olim Shamsiddin ibn Muhammad as-Samarqandiyning geometrik risolasiga izohlar bergan. Bu risola Mirzo Ulugbek madrasasida va keyingi davrdagi madrasalarda geometriya boyicha darslik vazifasini bajargan.

Qozizoda Rumiy Sharh al-mulaxxas fi-l-haya va-nujum asarini yaratadi va shu asar asosida madrasada astronomiyadan dars beradi. Mirzo Ulugbek madrasasida Giyosiddin Jamshid Koshiy astronomiyadan dars bergan, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar olib borib, ozi zij ham tuzgan. U asli Iroqi Ajamning Koshon shahridan bolib, Ulugbekning zij ilmiga qiziqishini eshitib, Samarqandga uning huzuriga kelgan. Samarqanddagi faoliyati davrida Koshiy oz zijini tugatib, Ulugbek kutubxonasiga sovga sifatida taqdim qiladi. Bu zij Ziji haqoniy dar takmili ziji Elxoniy deya nomlangan va Ulugbek zijigacha eng mukammal asar bolgan. Koshiy matematika sohasida ancha salmoqli va ilmiy jihatdan qimmatli yutuqlarga erishdi. Uning Miftoh al-hisob va Risola al-muhitiyya nomli matematik risololari Samarqand madrasasi va uning ilmiy muhitining mahsulidir.

Samarqand ilmiy maktabi va Ulugbek madrasasi togrisida Koshiyning otasiga yozgan xati qimmatli manba hisoblanadi. Unda Samarqanddagi ilmiy muhit haqida bayon etilgan bolib, Ulugbekning ilmiy zakovati yuksak baholangan. Ushbu xatdan, shuningdek, Samarqand madrasasi olimlari Ptolemey geotsentrik tizimining izchil tarafdorlari ekanligini, ularning Ptolemeyning Almajistiy asarini oqib, organganligini bilish mumkin. Koshiyning xatida Mirzo Ulugbek madrasasining oqitish tizimi, dasturlari, baholash mezoni va vaqf mulklari togrisida malumotlar keltirilgan.

Mirzo Ulugbek madrasasida faoliyat korsatgan va Samarqand astronom olimlarining eng zabardastlaridan biri Ali Qushchidir. U sharq va garb fanlarini bir-biriga boglagan holda tahlil qildi hamda asarlar yaratdi. Mirzo Ulugbek madrasasining mashhur vakili hisoblangan Ali Qushchi XV asrning 60-yillari oxirlarida Istanbulga borib, Istanbul madrasasiga birinchi mudarris bolgan. Bu davrda Samarqandda yaratilgan asarlar dunyo ilm faniga, ayniqsa, astronomiya, aniq va tabiiy fanlarning taraqqiyotiga ulkan hissa qoshdi.

Mirzo Ulugbek madrasasida oqitiladigan ilmlar xususiyatiga kora uch tilda arab, fors va turkiy (ozbek) tillarda olib borilgan. Har bir madrasada uning vaqfnomasidan belgilangan daromadlarga hamda ixtisosiga qarab tolibi ilmlar soni miqdori belgilangan. Shunga muvofiq tarzda ularda-sadr-mutavvali, mudarris, muid, hofiz, imom, muqri, noqit, mujovir, farrosh, musdir va boshqalar soni ham belgilangan. Sadr-mutavvaliga mudarrislar va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, madrasani tamirlab turish vazifalari ham yuklatilgan.

Madrasa ish boshlaganda tolibi ilmlarning bilim saviyasi darajasi aniqlanib, ular uch guruhga alo (yuqori), avsat (orta) va adno (past) ga ajratilgan. Bu orinda shuni ham eslatish joizki, tolibi ilmning qaysi guruhga mansubligini bilish maqsadida, ular imtihon qilingan. Imtihonni mavlono Qozizoda Rumiy rahbarligidagi maxsus hayat otkazgan. Tolibi ilmlarni imtihondan otkazish marosimida bazan Mirzo Ulugbek ham qatnashgan.

Madrasada oquv jarayoni olti oy davom etgan. U mezon oyining birinchi kuni (21 sentabr) boshlanib, hamal oyining birinchi kunigacha (21 mart) davom etgan. Hamal oyidan (21 martdan) mezon oyigacha (21 sentabr) bolgan muddat tatil hisoblanib, tolibi ilmlar turli ishlar (dehqonchilik, hunarmandchilik, masjid imomligi va boshqalar) bilan shugullanganlar.

Madrasada talim olish muddati uch bosqichni adno, avsat, alo nazarda tutgan holda 8 yil belgilanib, shu muddat ichida tolibi ilmga oylik va ulufa belgilangan.

Ozining qobiliyati va istedodi bilan alohida ajralib turgan tolibi ilmlarga dars otishga ijozatnomalar berilib, madrasaning ozida mudarris sifatida olib qolganlar (masalan, Ali Qushchi, Abdurahmon Jomiylar).

Madrasani xatm qilgan tolibi ilmlarga dars oqishi, yani mudarrislik qilish mumkinligini bildiruvchi ijozatnoma diplom berilgan. Ijozatnoma diplomda tolibi ilm tomonidan ozlashtirgan ilm va organgan asarlar nomi yozilgan. Ana shunday ijozatnoma diplomlardan biri, yani Mirzo Ulugbek madrasasining bosh mudarrisi Salohiddin Muso Qozizoda Rumiy tomonidan 1435 yil tarixi bilan berilgan ijozatnoma hozirgi kunda Ozbekiston Respublikasi FanlarAkademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qolyozmalari fondida saqlanyapti.

Mirzo Ulugbek vafotidan (1449) song ham madrasa oz faoliyatini davom ettirdi. Mavlono Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" asarida (1487 yil) xabar berishicha, bu davrda (1487 yilda) Mirzo Ulugbek madrasasida 100 dan koproq tolibi ilm tahsilni davom ettirgan. Bu tolibi ilmlarga esa Xoja Fazlulloh Abu Laysiy, Ali Qushchilar bilan birga Mir Alisher Navoiyning "Majolis un-nafoisi"da yozilishicha, mavlono Xoja Xurd ham mudarrislik qilgan. Jumladan, Mir Alisher Navoiy Samarqandda bolib, talim olgan vaqtda (1465-1469 yillar) Mirzo Ulugbek madrasasining bu mudarrisidan ham bahramand bolgan. Mir Alisher Navoiy yozadi: "Xoja Xurd Samarqand taxtining yakkalama qozisi va Ulugbek Mirzo madrasasining mudarrisidur. Bovujudi fazlu kamol aql va donish hullasi bila orastadur va bovujudi zuhdu tavqo husni axloq zevari bila piyrostadur… Faqir (Mir Alisher Navoiy)ning "Vaqfiya"sining tashehin qilurda "min vaqf-i Alisher" tarix topibdur".

XIV-XV asrlarda Temuriylar davri oliy talim tizimidagi madrasalar haqiqatan ham oz davrining universitetlari hisoblangan. Orta asrlarda Yevropa mamlakatlarida cherkovlar qoshida vujudga kelgan maktablar universitetlar deb ataldi. Samarqanddagi Ulugbek madrasasida diniy va dunyoviy ilmlar oqitilgan. Shayboniylar davrida ham talim sohasida islohotlar otkazildi. Samarqandda Ulugbek madrasasida aniq va tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyotning turli sohalari organildi. Ashtarxoniylar davrida Yalangtushbiy Bahodir tomonidan Samarqandda Registon maydonida yana ikkita madrasa Sherdor vaTillakori madrasalari qurildi.

Ushbu ananaviy ilm dargohlari bolgan madrasalar XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida ham oliy talim muassasasi sifatida faoliyat yuritgan. Yevropadagi universitetlar, jumladan, Varshava universiteti yuz yillab faoliyatini toxtatgan. Samarqanddagi Ulugbek madrasasi faqat XVIII asrning 20-30 yillarida jungorlar hujumi davrida vaqtincha toxtatgan. Keyin esa XVIII asrning 70-yillarida faoliyatini davom ettirib, XX asrning 20 yillarigacha mavjud bolgan. Tom manoda aytadigan bolsak, Registon maydoni XV asrdan boshlab XX asrning 20-yillarigacha Talabalar shaharchasi bolgan. Bu shaharcha 1927 yildan boshlab bulvarga, yani, hozirgi universitet xiyoboniga kochdi.

Samarqand davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati azosi Rustam Xolmurodovning Xalq sozi gazetasining 2020 yil 3 iyul sonida chop etilgan Tamaddun daryosi hamon oqmoqda ravon nomli maqolasida Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulugbek madrasasining davomchisi va vorisi sifatida etirof etilgan hamda Universitetning 600 yilligini nishonlash masalasi kotarilgan. Albatta, vatanimiz ilmu fanini dunyoga taratgan talim maskanlari tarixini organish juda muhimdir. Rustam Xolmurodov haqli va orinli takidlaganidek, bu talim dargohi Mirzo Ulugbek madrasasining bevosita vorisi bolib, uning tashkil etilish tarixi 1420 yilga borib taqaladi.

Kotarilgan bu yangi goya ozining dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, jahondagi universitetlar bilan qiyoslaydigan bolsak, Yevropadagi Sarbonna, Oksford, Bolonya, Kembrij universitetlari XII-XIII asrlarda dastlab cherkovlar qoshida vujudga kelgan maktablar bolgan. Dunyoviy ilmlarning oqitilishiga cherkov yol bermagan. Samarqanddagi Mirzo Ulugbek madrasasining ulardan farqi dunyoviy ilmlar oqitilgan va ilmiy tadqiqot olib boradigan alohida ilmiy laboratoriyalarga ega bolgan. Mirzo Ulugbek madrasasining XX asrning 20-yillarigacha faoliyat korsatganligi, uzluksiz dovomiyligi kabi masalalar R.Xolmurodovning maqolasida asosli dalillar bilan keltirilgan.

Xullas, ushbu goyani hamda Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashining 2020 yil 26 iyundagi VI chaqiriq 10 sessiyasida Samarqand davlat universitetining 600 yillik yubileyini 2020 yil 21 sentabr kuni nishonlash togrisidagi qarorini qollab-quvatlash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Yana shuni alohida qayd etmoqchimizki, Samarqand Davlat universitetining 600 yilligini huquqiy jihatdan tasdiqlash maqsadida Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashining sessiyasi qarorini qollab-quvvatlab, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda YuNESKOning maxsus qarorini chiqarish lozim, deb hisoblaymiz.

Shokir GAFFOROV,

Samarqand davlat tibbiyot instituti professori, tarix fanlari doktori,

Olimjon IRISQULOV,

Samarqand davlat universiteti katta oqituvchisi, tarix fanlari boyicha falsafa doktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: