O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6

BUYuK EVRILIShLAR DAVRI

Uchinchi maqola: Jamiyatda jamoaviy ruhiyatni shakllantirish zaruriyati

Dunyoning to‘rt ustuni bolib, ular odil podshoning tartib-qoidalari, ma’rifatli ziyolilarning xulq-atvori,saxovatli kishilarning ibrati, nuroniy otaxon-onaxon hamda donishmand qariyalarning duolari hisoblanadi.

“Hikmatlar xazinasi”dan

Bugun kurrai zaminda bani basharning mustahkam irodasi, dinu diyonati, sabr-qanoati, ozaro mehru muhabbati, turli balo-qazo, ofatlar orqali imtihondan otkazilmoqda. Va bu sinovlar kun sayin kopayib bormoqda. Aslini olganda hayotning ozi butun insoniyatni va har birimizni alohida-alohida imtihondan otkazishni boshladi. Shu bilan birga, falak barcha savollarga javoblar ozimizda, botinimizda mavjud ekanligini bot-bot anglatmoqda. Shu orinda, beixtiyor Mavlono Jaloliddin Rumiyning Ilohiy nur emsa odamga agar, Barcha maxluqot anga bosh egar, degan purmano fikrlari yodga tushadi.

Zero, hayot – hikmatlar ummoni, qalblar tugyoni, otgan kunlar mushohadasi. Unda har bir yashab otilgan daqiqa ibrat tomchisi, har bir borliqqa nazar hayrat dunyosi, har bir halol luqma hidoyat tomon tashlangan qadam. Shu manoda, hayot bizga haqiqiy dost bolib, ozimizni ozimizga oyna kabi korsatdi, korsatmoqda. Otgan hayotga tiyrak nigoh orqali nazar tashlab, tafakkur nafasini rostlab, kelajak uchun tegishli xulosalar chiqarishga davat etmoqda. Muhimi, bugun biz yanayam jipslashib, ushbu balo-qazolarni birga-birga, hamkorlikda yengishimiz zarurligini orgatmoqda.

Jamiyatdagi jamoaviy hamkorlikda oilaning orni

Bugungi real voqeyligimizni malum kuzatish, aqliy tahlillardan kelib chiqib, aytish kerakki, jamiyatda jamoaviy hamkorlikni shakllantirish, mustahkamlash dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. Zotan, ushbu jamoaviy hamkorlik sadoqat, adolat, halollik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, bagrikenglik singari azaliy qadriyatlarimiz tamoyillariga asoslanishi lozim. Shuningdek, bunda qonunga itoatkor va ijtimoiy faol fuqaro, malakali va fidoyi kadrlar havodek zarur boladi.

Aslida, har bir yurtdoshimiz ozining yurish-turishi bilan boshqa biriga ibrat namunasi bolishi kerak. Bu esa kishining oz oilasida olgan talim-tarbiyasiga bevosita bogliq bolgan.

Otgan asrning ocharchilik davrlarini boshidan otkazgan keksa bobolarimizning aytishlaricha, osha paytlarda ochlikdan qiynalgan kishilar kunjara (hayvonlarga beriladigan yem-ozuqasi) istemol qilishib, song qorni yorilib, shundoq kochaning ortasida olib qolarkan. Hayratlanarlisi shuki, ocharchilik avjiga chiqqan, qahatchilik, qimmatchilik kuchaygan osha ogir damlarda ham biron-bir kishi begonaning uyiga ogirlikka kirmagan ekan. Xuddi shuningdek, keksa buvilarimiz Ikkinchi jahon urushi paytlarida bir haftalik kelinchakning turmush ortogi urushga ketib, uni, nogiron bolsa ham sog-omon qaytishini Yaratgandan iltijo qilib, yillab kutib, ostona xatlab kochaga chiqmaganini sozlab berishgan. Chunki osha paytlari hayo, ibo, shukronalik, sabr-qanoat kabi azaliy qadriyatlarimiz uyda olingan odob bilan qorishib, gozal tarbiya atalmish bir butunlikni tashkil etgan. Va bunday maqbul tarbiya bobo-buvilar, ota-onalar tomonidan shaxsiy ibrat orqali har bir dilbandning ongu tafakkuriga, vujudiga singdirilgan. Bu tarzdagi tarbiya tamoyili oilaviy muhitdan mahallaga anana sifatida kochgan, asta-sekin jamiyatda qadriyatga aylangan.

Xosh, hozir-chi? Ming afsus, ayrimlarimizning toqlikka shoxligimiz shu darajaga chiqdi-ki, toqatsizlik, isrofgarchilik, haddidan oshish kabi illatlar kundalik turmush tarzimizga aylanib ulgurdi. Sabr-qanoat, sharm-hayo, shukronalik xislatlari ortamizdan kotarila boshlandi. Yosh oilalarda erkakning arzimas bir ogiz qattiqroq gapi uchun kelinposhshaning ajralish uchun FHDYoga ariza berishiga, yoki bolmasa, yosh kelinchakning bir marotaba ovqat tamini buzib qoygani bois, kuyov bola tomonidan uch taloq (Olloh asrasin!) aytib yuborilishi oddiy holga aylanib qolyapti.

Bundan chiqariladigan xulosa shuki, kopgina oilalardan gozal tarbiya tamoyillari kotarildi, ota oz ornida, ona oz maqomida zurriyodi uchun shaxsiy ibrat namunasi bolmay qoldi. Oilalardagi porakondalik, asta-sekin avj olib mahallaga, mahalladan tumanga, viloyatga, qarabsizki mamlakat darajasiga chiqib kelmoqda...

Ushbularni bot-bot takrorlashimizdan maqsad shuki, toki insonlarning qalb kozi ochilmas, bolayotgan sinovlarning asl mohiyati idrok etilmas ekan, jamiyat miqyosida bunday bemazagarchiliklar, axloqsizliklar davom etaveradi. Achinarlisi, bundan keyin tobora avj ola boshlaydi. Oxir-oqibatda, butun boshli Ozbekiston davlati va jamiyatining kelajagiga, uning ham manaviy, ham iqtisodiy ravnaqiga rahna soladigan omillaridan biriga aylanib boradi.

Biz ushbu sinovlardan, Xudo xohlasa, irodamiz sinalgan holatda kuchli bolib chiqib ketamiz. Faqat bir shart bilan, u ham bolsa, bolayotgan sinovlardan togri xulosa chiqara bilsakkina biz kuchli bolamiz.

Bugungi kunda insonlarning bir-birlariga ozaro hurmat korsatishi, bir-birlarining mulkiga daxl qilmasliklari dunyoda inson huquqlarini himoya qilishning asosiy tamoyillardan sanaladi. Vaholanki, ota-bobolarimiz azaldan Birovning diliga ozor berma, Birovning mulkiga daxl qilma degan naqllarga ogishmay amal qilib kelgan.

Uch mezon yoxud qonunga itoatkor fuqaro qiyofasi

Tabiat va jamiyatning tartib-qonunlariga sozsiz rioya etish odamzod tirikligiyu, baxtli-saodatli yashashining sharti hisoblanadi. Binobarin, kishilik jamiyatida uning huquqlari, majburiyatlari, vakolatlari va ozaro munosabatlarini muayyan qonunlar, tartib-qoidalar orqali muvofiqlashtirib turish zarurati mavjud. Insonning ongli faoliyatini asosan uch mezon vijdon, qonun, marifat va manaviyatning uygunligi belgilaydi.

Avvalambor, kishining vijdoni uygoq bolishi kerak. Qachonki inson oz vijdoniga qarshi bormay, jamiyatning barcha uchun majburiy talab-qoidalarga ogishmay amal qilib umrguzaronlik qilsa, u hayotda ham oz ornini topa oladi. Ikkinchi mezon qonun. Kishi tugilishi bilan yashash huquqiga ega boladi. Keyinchalik ozi yashayotgan muayyan mamlakatning tartib-qoidalari, qonunlarini bilib, ularga itoat etishga organadi. Bu qonunlar esa mamlakat fuqarolarining tengligini kafolatlaydi, jamiyatning demokratlashuvini taminlab, huquqiy davlat barpo etishning asosiy omiliga aylanadi. Uchinchisi marifat va manaviyat esa, insoniyat botiniy olamining nafis va nodir boyligi bolib, kishilarni ezgulik va bunyodkorlik sari yonaltiradi. Odamzod tafakkuri rivojida alohida ahamiyat kasb etib, jamiyatda ziyoli insonlarning kopayishiga va alal-oqibat yuksak marifiy davlat qaror topishiga zamin yaratadi.

Yaqinda ommaviy axborot vositalarida dunyoda oziga xos iqtisodiy taraqqiyot yoli bilan borayotgan Shvetsiya davlati haqidagi maqolaga kozim tushdi. Unda keltirilishicha, koronavirusga qarshi kurash olib borayotgan dunyo mamlakatlari ichida Shvetsiya Yevroittifoqda karantin joriy qilmagan yagona davlat ekan. Butun Yevroittifoqi mintaqasida koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi keskin choralar korilayotgan bir sharoitda, bu mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy qilinmabdi. Hukumat asosiy urguni fuqarolarning ozlari muammoga ongli ravishda munosabatda bolishiga qaratibdi. Va bu yol hozirda oz samarasini bermoqda ekan...

Ushbu misolni keltirishimizdan kozlangan maqsad shuki, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda muayyan bir jamiyatda mavjud barcha, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tolaqonli yechimini topishi fuqarolarning ota intizomli bolishi, faol fuqarolik madaniyatiga ogishmay amal qilishiga bevosita bogliqligini korsatishdir. Ozbekistonda ham har birimiz oz fuqarolik burchimizga sodiq bolsak, qonunni hurmat qilsak, hozirgi sinovlardan irodamiz toblanib, hayotni yanada qadrlashni organib otib olamiz.

Xulosa ornida

Pahlavon Mahmud qabr toshida shunday bitik bor: Toki insoniyatga foydang tegmaguncha seni chin inson deb bolmaydi. Bu tom manoda Hazrati insonga berilgan tarif. Xalqimizda ham shunga oxshash ajoyib naql bor: Mamlakatini obod qiladigan kishining ozi ham obod boladi. Darhaqiqat, hazrati odam ana shunday ezgu ishlari, adolatparvaru bunyodkorliklari tufayli olam gultojidir.

Agarki, har birimiz oz ish joyimizda, oz maqomimizda zimmamizga yuklangan burch va majburiyatni halol, vijdonan bajarib, oddiy fuqarolik baxtini his etib yashasak, Ozbekiston atalmish ona yurtda umumjamoaviy ruhiyat paydo boladi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygunlashadi, ezgu maqsadlar yolida umumiy yakdillik paydo boladi. Qarabsizki, vatanimiz taraqqiyoti yanada tezlashadi, xalqimiz hayoti farovonlashadi.

Obiddin MAHMUDOV,

Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirining manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili togrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taminlash masalalari boyicha maslahatchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: