O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
03.03.2020

ALIShER NAVOIY TURKIY XALQLARNING MANAVIY BAYROGI, QIBLAGOHI

Turkiy xalqlar madaniyatining tamal toshi, milliy adabiyotimizning quyoshi Hazrat Alisher Navoiyning tavallud ayyomi munosabati bilan bir guruh maslakdosh ziyolilarimiz – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi orinbosari, hassos shoir Nodir Jonuzoq, professorlar Shuhrat Sirojiddinov, Boqijon Toxliyev, Nurboy Jabborovlar bilan birgalikda 20-23 fevral kunlari Boku shahriga safar qilish baxtiga musharraf boldim.

Xayriddin Sultonning «Moviy nilufarlar diyori» essesi, Erkin A’zamning Manana hikoyasi, Asqar Mahkamning Tabriz daftari turkum sherlariga boylasha oladigan safarnoma yozish juda qiyin va murakkab ish ekan. Har kishining fikri himmati va bilimi darajasida bolishini hisobga olgan holda, maqolani rasmiy malumot hamda taassurotlar qismidan iborat ikki bolimda yozishga qaror berdim.

Ozbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi mazkur tadbirni yuksak saviyada otkazishda katta say va himmat korsatganini alohida takidlashni istardim. Ularning Navoiy hazratlariga ehtiromi har bir qadamda namoyon boldi. Elchixona xodimlarining Ozarbayjonning siyosiy va madaniy elitasi bilan dostona va samimiy munosabatlar ornatgani sabab, Bokuning markaziy xiyobonlarining birida qad rostlagan Hazrat Navoiyning haykaliga gul qoyish marosimida sheriyat va manaviyat muhiblari, taniqli davlat va jamoat arboblari, ommaviy axborot vositalari namoyandalari, ozbek diasporasi vakillari toplanishdi. Ozbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi elchisi Sherzod Fayziyev tadbirni ochib, sozni akademik Iso Habibbeyliga berdi. Iso Habibbeyli Alisher Navoiyning turkiy dunyo adabiyoti tashakkuli va rivojidagi beqiyos xizmatlari, bu bebaho meros ozarbayjon xalqi uchun ham mushtarak manaviy xazina sifatida qadrlanishini alohida takidladi. Ozbekiston delegatsiyasi nomidan sozga chiqqan shoir Nodir Jonuzoq Alisher Navoiy asrlar davomida barcha turkiy xalqlarning yagona manaviy bayrogi, manaviy qiblagohi bolib kelganiga alohida urgu berib, sherlaridan namunalar oqidi.

Tadbirlar dasturiga muvofiq, Ozarbayjon Milliy Ilmlar akademiyasida Alisher Navoiyning hayoti va adabiy faoliyatiga bagishlangan xalqaro ilmiy anjuman bolib otdi. Anjuman boshlanishidan oldin Nizomiy nomidagi adabiyot institutida Alisher Navoiy adabiyotshunoslik markazining ochilish marosimi bolib otdi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov ozarbayjonlik olimlarning navoiyshunoslik fani rivojiga qoshgan hissasini munosib baholab, mazkur ilmiy-adabiy aloqalar rivojlanishning yangi bosqichga kotarilishi davr talabi ekanligini qayd qilib otdi. Yangi ochilgan markazga Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 150 nomdagi turli ilmiy va adabiy manbalar sovga qilindi.

Anjumanning kirish qismi ham kutilmagan yangiliklarga boy boldi. Filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinovga Nizomiy nomidagi adabiyot institutining faxriy doktori unvoni berilgan bolsa, ozarbayjonlik olim va ijodkorlar Akif Bagirov hamda Almaz Ulviy xonimlar Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy azoligiga qabul qilindi. Songra ozarbayjonlik hamda ozbekistonlik olimlar tomonidan Alisher Navoiy tafakkur dunyosining turli qirralari tadqiqiga bagishlangan on ikkita ilmiy maruza tinglandi.

Kunning ikkinchi yarmida Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining rahbari, taniqli yozuvchi Anor-muallim hamda Ozarbayjon tillar universitetining rektori Kamol Abdulla bilan uchrashuvlar bolib otdi. Mazkur uchrashuvlarda Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Safar davomida hosil etganim taassurotlar bilan ham ortoqlashsam: Boku ham Toshkentimiz kabi gozal shahar ekan. Iqlimi motadil, havosi musaffo, ozoda bu shaharning diqqatni jalb qiluvchi va boshkentimizdan afzal jihatlaridan biri zamonaviy va ota milliyligida, deb hisoblayman. Shaharning barcha peshlavhalari ozarbayjon tilida, lotin yozuvida ekanligi har qadamda bu mamlakatning haqiqiy egasi kimligini eslatib turdi. Ozarbayjon hukumati 1992 yili lotin yozuviga bosqichma-bosqich otish haqida qaror qabul qilib, 2001 yildan boshlab toliq lotin yozuvida ish yuritishga erishgan. Til va yozuv siyosatida qatiylik ilm-fan, madaniyat va tafakkur tarzi rivojlanishiga ijobiy tasir korsatgani bizni ham bu masalaga jiddiyroq yondashishimizga undaydi. Biz kirilchada yozadiganlarning manfaatini oylab, lotinchada oqiydigan yoshlarimizning ehtiyojini hisobga olmadik. Natijada, maktab va oliy oquv yurtlarida lotin yozuvi boyicha talim olganlar ish jarayonida olgan bilimlari keraksiz bolib qoldi.

Tadbirkorlarimiz firma va dokonlar nomlarini ajnabiy tilda bolishiga turistlarning manfaatini rokach qilishadi. Bokuda deyarli har qadamda ajnabiy mehmonlarni uchratib, lotin yozuvidagi milliy til turistik oqimiga hech qanday salbiy tasir korsatmasligini kordik. Umid qilamizki, yaqin yillarda Boku kabi bizning qadimiy shaharlarimiz peshlavhalarini ham muazzam tilimizning shukuhini korsatuvchi yozuvlar bezaydigan boladi.

Suhbatlarning birida Ilmlar akademiyasining vitse-prezidenti, akademik Iso Habibbeyli 2019 yili Ozarbayjonda Nasimiy yili elon qilingani, shu munosabat bilan akademiya olimlari tomonidan 36 monografiya nashr etilganini alohida iftixor bilan sozlab berdi. Kelgusi yil Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi hamda davlatimiz mustaqilligining ottiz yilligini nishonlash moljallanayotgan ekan, biz ham hozirdanoq bu qutlug sanaga tayyorgarlik ishlarini boshlab, ulug bobokalonimizning merosini tadqiq va targib etishning yonalishlarini belgilab olishimiz kerak, deb oylayman. Shoyadki, ushbu sana bahonasida quruq tadbirbozlik va tantanalarning orniga millatning ilmiy-madaniy hayotida iz qoldiradigan yaxshi va yangi tadqiqotlar amalga oshirilsa.

Albatta, ozarbayjon dostlarimiz bizdan ornak oladigan, organadigan jihatlar ham kop. Buning uchun ular ham kelib, Ozbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari bilan tanishmoqlari lozim. Negaki, birodar xalqlar bir-biri uchun bamisoli kozgu. Shu kozguga tik boqib, fazilatlarimiz barobarida, kamchiliklarimizni ham korib, ularni tuzatish davr talabi. Bu haqiqatga amal qilsak, yutuqlarimiz yutqiziqlarimizdan kora koproq bolishi tabiiy.

Olimjon DAVLATOV,

filologiya fanlari boyicha falsafa doktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: