O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
11.02.2020

NAVOIY SIYMOSIGA EHTIROM

Har yili 9 fevral – buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavallud sanasi mamlakatimizda katta tantana bilan nishonlanishi yaxshi an’anaga aylangan. Joriy yilda esa ushbu qutlug‘ sana yanada kotarinkilik, ozgacha shukuh bilan adabiyot, manaviyat, ilm-marifat, dostlik ayyomi sifatida otkazildi.

Shoir nomi bilan yuritiluvchi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetiga tutash hududda bobomiz haykali qad rostlagan maydonda Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bagishlangan tantanali tadbir bolib otdi. Erta tongdanoq bu maskan davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, senatorlar, deputatlar, milliy madaniy markazlar, ijodiy tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, yozuvchi-shoirlar, olimlar, adabiyot ixlosmandlari, yoshlar, nuroniylar bilan gavjum boldi.

Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid va boshqalar mamlakatimizda milliy adabiyotimizga, talim-tarbiyaga etibor korsatish, ustoz-muallimlar mehnatini ardoqlash, sanat va madaniyatni ravnaq toptirish borasidagi ezgu say-harakatlar yangicha ruh, ozgacha shiddat bilan yolga qoyilganini takidladi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan kitobxonlikni keng ommalashtirish, odamlar dardu tashvishi bilan yashash, hayotimizni yanada farovon etish borasidagi keng qamrovli islohotlarda buyuk allomalarimizning boy manaviy merosini organish, asarlarining mohiyatini sodda, ravon tarzda yoshlarga yetkazish boyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu jihatlar milliy adabiyotimiz, ona tilimiz, manaviyatimiz ravnaqiga betimsol hissa qoshgan daho bobomiz Navoiy ijodini organishda, xorijiy ilmiy markazlar, universitetlar, muzey va arxiv fondlari bilan hamkorlikni yolga qoyishda ham yaqqol namoyon bolmoqda.

Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida ham Navoiy bobomiz uluglagan, asarlari mazmun-mohiyatiga aylangan goyalar yoshlar kamolotiga, talim-tarbiyasiga etibor, aholining barcha qatlamlari manfaatlarini himoyalash, ilm-fanni tobora ravnaq toptirish, shu orqali yurtni yanada obod etishga oid ishlar kolami tobora ortmoqda. Prezidentimiz Murojaatnomasida tilga olingan "halollik vaksina"si aynan Navoiy, Bobur singari allomalarning asarlaridagi poklik, odamiylik, togrilik davatida mujassam.

Tantanali tadbirda ozarbayjonlik navoiyshunos olim, xalqaro Bobur mukofoti sohibi Ramiz Asqar, afgonistonlik shoir va oqituvchi, navoiyshunos Toshqin Bahoiy, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi azosi, mohir shoir va tarjimon Nikolay Ilin Navoiy merosining umrboqiyligi, jahon yozuvchi va shoirlari, olim va tadqiqotchilari uchun hamisha ilhom manbai bolib xizmat qilayotganini takidladi.

On-on besh yildirki, ozbek adabiyoti boyicha tadqiqotlar olib boraman, dedi ozarbayjonlik navoiyshunos olim, xalqaro Bobur mukofoti sohibi Ramiz Asqar. 2009 yilda "XX asr ozbek sheriyati antologiyasi"ni nashrga tayyorladik. Unda koplab ozbek shoirlarining tarjimai holi, ijodidan namunalar keltirilgan. 2011 yilda "Boburnoma"ni ozarbayjon tiliga tarjima qildim. Ozbekistonda otkaziluvchi navoiyshunoslikka doir ilmiy konferensiyalarda doimiy qatnashib kelamiz. Daho shoir ijodining qirralari olimlarni zamonlar osha yana koplab tadqiqotlar, izlanishlarga chorlab qolaveradi.

Navoiy va Boburning xoki yotgan zamindan kelib, bunday tadbirda ishtirok etayotganimdan goyat mamnunman, dedi afgonistonlik shoir Toshqin Bahoiy. Hazrat Alisher Navoiy ijodi barcha turkiy qavmning mushtarak merosidir. Agar Ozbekistonda ulug zot sifatida uning tavallud sanasi shu qadar katta tayyorgarlik bilan nishonlanishiga sazovor bolsa, Afgoniston xalqi uchun ul zot ham moddiy, ham manaviy jihatdan muallim, rahnamo va buyuk davlat arbobi sifatida nishonlanishi kerak. Chunki ul zot tashabbusi va qollab-quvvatlovi bilan Afgonistonda koplab inshootlar, suv yollari, kopriklar, shifoxonalar tamirlandi, qurildi, yurt obod boldi. Afgonistondagi ozbek xalqi qadim zamonlardan to hozirga qadar Navoiy asarlarini oqish bilan savod chiqaradi. Yani, barcha madrasalarimizda hazrat Navoiyning qolyozma asarlari yoki qadimiy toshbosmalardan chiqqan kitoblari darslik sifatida istifoda etilgan. Biz Alisher Navoiydan har jihatdan qarzdormiz.

Tadbirda taniqli aktyor, Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist Temurmalik Yunusov hazrat Navoiy gazallaridan oqib berdi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Oliy adabiyot kursi talabalari Alisher Navoiy haqida qardosh turk adabiyotshunoslari tomonidan bildirilgan fikrlarni yoddan aytdi. Ozbekiston xalq artisti Sherali Jorayev tomonidan ijro etilgan Navoiy gazaliga Omon Matjon muxammas boglagan qoshiqni tadbir ishtirokchilari katta hayajon, olqishlar bilan tingladi.

Shoir haykali poyiga gullar qoyildi.

Tantanada Ozbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov ishtirok etdi.

* * *

Shu kuni poytaxtimizning Navoiy kochasidagi Ozbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot davlat muzeyiga tutash hududdagi shoir haykali poyida mushoira bolib otdi. Unda Afgonistondan kelgan ozbek shoir va yozuvchilari ham oz ijodidan namunalar oqidi. Oquvchi-yoshlar ulug mutafakkir gazallarini ozbek, rus, ingliz tillarida yoddan aytdi.

Ozbekistonda Navoiy hazratlarining tavallud ayyomlari goyat kotarinki ruhda nishonlanayotganining guvohi bolayapmiz, dedi afgonistonlik shoir Gulomsaxiy Vakilzoda. Afgonistonning Kobul, Mozori Sharif, Hirot kabi shaharlarida ham ul zotning tavallud ayyomlari nishonlanadi. Orzu shulki, bunday ijodiy tadbirlar yanada koproq otkazilsa, ijodiy hamkorligimiz bardavom bolsa.

Bu kabi tadbirlar mamlakatimiz miqyosida bolib otdi.

Nazokat USMONOVA,

OzA muxbiri


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: