O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.10.2019

KITOB BEBAHO XAZINA, MANAVIY BOYLIK

Poytaxtimizda 2-4 oktabr kunlari “Tashkent Book Fest” xalqaro kitoblar ko‘rgazmasi bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida Ozekspomarkaz Milliy korgazmalar majmuasida Tashkent Book Fest nomli xalqaro kitoblar korgazmasi otkazildi.

Korgazma ishirokchilari, ayniqsa, yoshlar mazkur yarmarkada xorijiy va mahalliy nashriyotlar tomonidan taqdim etilgan mingga yaqin yangi va nodir kitoblar bilan yaqindan tanishish, chet el va ozbek adabiyoti namoyandalari, sozi va qalami otkir mualliflar bilan uchrashish imkoniga ega boldilar.

— Men bu kabi kolamli korgazmada birinchi marta ishtirok etishim. Kitob oqish jonu dilim. Ayniqsa, badiiy kitoblar menga juda yoqadi. Sevimli yozuvchilarimiz Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Otkir Hoshimovlarning asarlarini yaxshi korib oqiyman. Ularning har bir asaridan qahramon tanlab, voqealar jarayonida ozimga xulosa chiqaraman. Umuman olganda, kitob mening eng yaqin dostim hisoblanadi, deydi biz bilan suhbatda Toshkent Davlat pedagogika universiteti birinchi kurs talabasi Dinara Tolqinova.

Xalqaro kitob korgazmasida yozuvchi, shoir, kitob grafikasi ustalari mohir rassomlar bilan fikr almashish, ozlarini qiziqtirgan savollarga javob olish kopchilik yoshlar uchun avvalo tajriba, qolaversa, oziga xos mahorat saboqlari ham boldi.

Mening sevimli yozuvchim Said Ahmad hisoblanadi. Uning bittagina Ufq romani qahramonlari Ikromjon va Jannat xolaning yolgiz farzandi Tursunboyning taqdiri shunchalik mahorat bilan ifodalanganki, oquvchini oz olamiga olib ketmay qolmaydi, deydi yana bir ishtirokchi, Toshkent Davlat yuridik universiteti ikkinchi kurs talabasi Shohjaxon Yoldoshboyev. Buni qarangki, shunchalik ardoqda osgan Tursunboy katta bolganida ota-onasiga rahmat olib kelish orniga qorqoqligi sababli urushdan qochib, bir necha yillar yashirinib yuradi. Onaizor esa turmush ortogidan yashirincha bolasi uchun jangalzor, qamishzorlar ichida bekinib yurgan ogliga nonushta olib keladi...

Bir soz bilan aytganda, kitoblar uchun sarflangan har qancha vaqt yoki mablag albatta bir kun chuqur bilim, mustahkam iroda va sobit xarakter bolib ozimizga qaytadi.

Tadbir songgida bir qator aksiyalar hamda kitob tanlovlari otkazildi.

Umida NIShONOVA,

OzJOKU 2-kurs talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: