O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
18.06.2019

YAPON FOTOSURATCHISINING HAYRATLARI

BMTning Xalqaro madaniyatlarni yaqinlashtirish o‘n yilligi, «Samarqandiana» ensiklopedik loyihasi doirasida Registon ansamblidagi Tillakori madrasasi galereyasida yaponiyalik fotosuratchi Jin Akinoning Lahzalarga muhrlangan ozbek an’anasi fotoalbomi taqdimoti bolib otdi.

Ozbek ananaviy arxitekturasini ozida aks ettirgan ushbu albomdan YuNESKO Butunjahon merosi royxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlar suratlari orin olgan. Kitobda korsatilgan barcha suratlar zamonaviy QR-kod bilan maxsus veb-saytga ulangan bolib, bu kitobning doimiy yangilanib turishi va qoshimcha malumotlarni onlayn rejimida olish imkoniyati borligidir.

— Dastlabki suratlarni Samarqandda olganman, deydi Jin Akino. 2008 yilda Samarqandiana ensiklopedik loyihasida qatnashganim sababli, Samarqand davlat muzeyida shaxsiy korgazma otkazish imkoniyati paydo boldi. Men koplab ozbekistonliklar bilan tanishdim, ular bilan hamkorlik qilayapman. Bu fotokitob mening on yillik mehnatim mahsuli va Ozbekiston Yaponiya madaniy aloqalarining oziga xos mevasi, deyish mumkin.

Jin Akino 1970 yilda tavallud topgan. Tokio universitetining iqtisodiyot fakultetini tugatgandan keyin erkin ijodkor sifatida ish boshlagan. International Photography Awards (AQSh), La Prix de la Photographie de Paris (Fransiya) va shunga oxshash koplab xalqaro tanlovlarda sovrindor bolgan. Uning ijodi asosan Buyuk Ipak yolida joylashgan mamlakatlar arxitekturasi va madaniyati bilan bogliq. Shuningdek, YuNESKO va Yaponiya milliy informatika universiteti tomonidan Ipak yolining madaniy merosini raqamli arxivlash uchun otkazilgan Digital Silk Road Project loyihasida qatnashgan. 2007 yilda uning Samarqandning memoriy gozalligiga sayohat korgazmasi kohna shaharning 2750 yilligiga bagishlab Samarqand va Tokioda deyarli bir vaqtda taqdim etilgan.

Uning Buyuk Ipak yoli tarixidagi rang-barang shakl va boyoqlar: Ozbekistonning javohir shaharlari YuNESKO Butunjahon merosining bir qismi sifatida shaxsiy fotokorgazmasi Samarqand davlat muzeyida (2008) va Toshkentda bolib otgan yettinchi Xalqaro fotobiyennalesida (2014) taqdim etilgan. Jin Akino Tokiodagi oz shaxsiy maktabida yoshlarga fotosurat sirlaridan saboq berib kelmoqda.

Taqdimot Registon ansambli direksiyasi, Samarqandiana ensiklopedik loyihasi, Samarqand shahar 5-son madaniyat markazining Esperanto internatsional dostlik togaragi azolari hamkorligida tashkil etildi.

A. IVANOV,

Samarqandiana ensiklopedik loyihasi tashkilotchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: