O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
08.07.2020

KAMBAGALLIK DARAJASI QANDAY BELGILANADI VA NIMA BILAN OLChANADI?

Bugungi kunda kambag‘allikka qarshi kurash mamlakatimizda ota dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Chunki xalqimiz faqat ertangi kun umidi bilan emas, balki bugun hayotdan, davlatdan rozi bolib, baxtli yashashi kerak, degan insonparvar goya ilgari surildi. Agar inson kambagal bolsa, holiga voy. Masalan, kasal bolib qolsa, tibbiy korikdan otish, laboratoriya tahlillari, dori-darmon, shifokor xizmati va boshqa xarajatlar uchun tolov qilish imkoniyati bolmasligi tabiiy.

Kambagal oila farzandining ta’lim olish, sport yoki sanat bilan shugullanish imkoniyati ham chegaralangan boladi. Kambagal oilaning yeyish-ichishi ham oziga yarasha boladi. Farzandlar salomatligini ham tasavvur qilavering... Xullas, kambagallik katta ijtimoiy, ruhiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Kambagallikka qarshi kurash global masala bolgani sababli BMT Bosh Assambleyasi kambagallikka qarshi kurash boyicha on yilliklarni elon qilib, tegishli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Birinchi on yillik oz ichiga 1998-2007 yillarni qamrab olgan bolsa, ikkinchi on yillik 2008-2017 yillarga togri keldi. Hozir uchinchi on yillikka moljallangan 2018-2027 yillarni qamrab oladigan Rezolutsiya qabul qilindi. Ushbu Rezolutsiya oldingi on yillikda erishilgan natijalar darajasini saqlab qolgan holda qashshoqlik bilan kurashishni takomillashtirish hamda uni mustahkamlash yolida samarali va muvofiqlashtirilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Bunga asosan juda koplab mamlakatlar ham qashshoqlikdan butunlay qutilish rejalarini ishlab chiqqan. Jumladan, Xitoy, Pokiston, Bangladesh kabi mamlakatlar shu qisqa davrda butunlay kambagallikdan qutilishni maqsad qilib qoygan va oz rejasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirmoqda.

Mamlakatimizda ham kambagallikni tugatish boyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan qator Farmon va qarorlar qabul qilindi hamda ularni amalga oshirish boyicha bir qancha davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqish borasida tegishli korsatmalar berib kelinmoqda.

Shular inobatga olingan holda mamlakatimizda tortta muhim hujjat ishlab chiqilishi belgilangan. Bular: «Ozbekiston Respublikasining 2030 yilgacha Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi», Sanoatni rivojlantirish strategiyasi, Kambagallikni qisqartirish dasturi hamda 2021 yildan boshlab barcha hududlarda istemol savatchasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorlar joriy qilish, shuningdek, kambagallikni qisqartirishga qaratilgan bir qancha tadbirlardir. Xususan, 2020 yil 26 martda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagallikni qisqartirishga oid Davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari togrisida”gi farmon hamda Ozbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish togrisidagi qarorda samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy osish suratlarini taminlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambagallikni qisqartirish borasida maqbul davlat siyosatini amalga oshirish tizimi ishlab chiqildi va u muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ammo masalaning ayrim nazariy, uslubiy va amaliy muammolari borki, u tegishli xulosa va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo qiladi.

Kambagallik chegarasini belgilashda BMT inson ehtiyojlari uchun zarur bolgan asosiy tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun yetarli bolgan daromadlar miqdorini asos qilib oladi. Bunday tovarlarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar-joy haqini tolash, suv bilan taminlash, elektr energiyasi, maktab talimi, tibbiy xizmat kabilarni kiritishni tavsiya qiladi. Shunga asosan kambagallik darajasi global miqyosda va har bir mamlakat doirasida aniqlanadi. Chunki har bir davlat oz sharoiti va imkoniyatidan kelib chiqib, kambagallikdan chiqish masalasini ozi belgilab oladi. Bundan tashqari, kambagallik darajasi global doirada ham aniqlanadi. Buni asosan hozirgi sharoitda Jahon Banki amalga oshirib kelmoqda. Shulardan kelib chiqib xulosa qilinadigan bolsa, kambagallik darajasi, umuman olganda, nisbiy tushuncha bolib, u muayyan mamlakatdagi umumiy farovonlik darajasiga bogliq boladi.

Mamayunus PARDAYeV,

iqtisod fanlari doktori,

SamISI professori,

Olim PARDAYeV,

iqtisod fanlari doktori,

SamISI dekani.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: