O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
01.07.2020

PANDEMIYa DAVRIDA

“Agrobank” tomonidan mijozlarga taqdim etilayotgan tezkor, qulay va masofaviy xizmatlar

Bugungi kunda Agrobank aksiyadorlik tijorat banki tomonidan aholi va bank mijozlarini, shuningdek, kichik biznes subyektlari hamda fermer xo‘jaliklarini tezkor, ishonchli, innovatsion bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, pandemiya sharoitida mijozlarning bankka kelish imkoniyati cheklanganligi hamda qarzdorlarning kredit tolovlari bilan bogliq riskni yumshatish maqsadida yuridik hamda jismoniy shaxslarning kredit tolovlarini qaytarilishida ularga imtiyozli davr berish maqsadida jismoniy shaxslarga 2020 yilning 1 avgustgacha, yuridik shaxslar uchun esa 1 oktabrga qadar kredit tatillari joriy qilingan. Bundan tashqari, aprel, may, iyun hamda iyul oylarida muddati tugaydigan milliy va xorijiy valyutadagi omonatlar avtomatik tarzda 1 avgustga qadar uzaytirildi. Bunda omonat foizlari ozgarishsiz qoladi va karantin muddati tugagandan song barcha oylarga hisoblangan foizlarni bir vaqtning ozida yechib olish imkoniyati mavjud.

Yana shuni qoshimcha qilib aytish mumkinki, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun banklararo pul otkazmalarni onlayn amalga oshirish imkonini beruvchi ANOR tezkor tolovlar tizimi ishga tushirildi. Tolovlarni kechayu kunduz va dam olish kunlarisiz amalga oshirish mumkin, bu ham oz navbatida mijozlarning bank binosiga ortiqcha kelishining oldini oladi.

Pandemiya davrida masofaviy bank xizmatlari korsatilayotgani, jumladan, bankning yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan Agrobankmobile mobil ilovasidan foydalangan holda tolovlarni amalga oshirishda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu xizmat ham bepul qilib belgilandi.

Bugungi kunda naqd pul tushumiga ega bolgan bankning yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan terminal olish uchun masofadan ariza berish xizmati Online ariza xizmati ishga tushirildi hamda xalqaro pul otkazmalarini qabul qiluvchi har bir mijozga bank plastik kartasi bepul ochib berilmoqda. Qolaversa, plastik kartaning amal qilish muddati tugasa yoki yoqotilganda, yangi kartani mijozning uyiga yetkazib berish xizmatlari ham joriy etildi.

Yana shuni qoshimcha qilib aytish mumkinki, karantin davrida mobil ilova orqali Uzcard plastik kartadan Humo plastik kartalariga va aksincha Humo plastik kartadan va Uzcard plastik kartalariga mablaglar otkazish imkoniyati yaratildi, komissiya miqdori otkazma qiymatidan 1 foizdan 0,5 foizga tushirildi.

Internet tarmogi hamda mobil telefon orqali bank xizmatlaridan foydalanish, ayniqsa, bugungi karantin sharoitida aholining ushbu xizmatlarga bolgan talabi, qiziqishi va ishonchi ortib borayotgani sababli, mazkur interaktiv xizmatlarni yanada rivojlantirib borish zarurligini korsatmoqda. Shu boisdan, bugungi kunda respublikada yagona bolib kelayotgan yuridik shaxslar uchun onlayn kredit ham joriy etilgan. Bunda mijoz bankka murojaat qilmasdan, Agrobankmobile mobil ilovasi va Internet banking tizimi orqali atigi bir necha daqiqalarda kreditni rasmiylashtirib, oz hisob raqamiga otkazishi mumkin.

Malumot ornida yana shuni aytish mumkinki, bankka murojaat qilmasdan turib, mobil ilova orqali xalqaro pul otkazmalari amalga oshirish ham joriy etilgan. Ozbekistondan Uzcard va Humo som plastik kartalaridan Rossiya Federatsiyasining Sberbank plastik kartalariga va aksincha, Sberbankning Sberbank Online mobil ilovasi orqali Agrobank Uzcard va Humo som plastik kartalariga togridan-togri mablag otkazish mumkin. Bugungi kunga kelib ushbu xizmatdan 250 mingdan ortiq mijoz foydalanib, kelib tushgan mablaglar hajmi esa 115 milliard somga yetdi.

Bir soz bilan aytganda, bugungi karantin sharoitida Agrobank mijozlariga tezkor, ishonchli, innovatsion va eng asosiysi, masofaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirishga katta etibor berib kelmoqda.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: