O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
03.06.2020

BANKLAR TOMONIDAN AJRATILGAN KREDITLAR

bo‘yicha tolovlarni amalga oshirish muddati 2020 yilning 1 oktabriga qadar kechiktirildi

Koronavirus pandemiyasi bilan bogliq karantin sharoitida davlatimiz rahbarining xalqimizni bu sinovli kunlardan katta talafotlarsiz olib otish borasidagi ijtimoiy siyosati barcha mulk shakli, huquqiy maqomidan qat’i nazar, idora va tashkilotlar, korxonalar tomonidan amaliy qollab-quvvatlanmoqda. Xususan, bugungi kunda, yani karantin sharoitida aholining hayot kechirishi, kundalik rozgori uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarajatlarini topish hammaga ham oson bolayotgani yoq. Buni bugun barchamiz korib, bilib turibmiz.

Hozirgi murakkab sharoitda malum maqsadlar uchun tijorat banklaridan olingan kreditlarni qaytarish borasida moliya muassasalari tomonidan mijozlar uchun yaratilayotgan yengilliklar borasida, yani kreditlarni qaytarish sanasi va tartibi togrisida Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boyicha maslahatchisi Akmal Nazarovga murojaat qildik.

— Markaziy bank tomonidan respublikadagi barcha tijorat banklariga joriy yil 1 oktabrga qadar, asosiy qarzni qaytarish boyicha berilgan imtiyozlar boyicha pul oqimi foiz tolovlariga yetmagan korxonalarga, zarur hollarda, hisoblangan foiz tolovlarini qaytarish boyicha imtiyozli davr berish yuzasidan kredit shartnomasi shartlariga ozgartish kiritishni korib chiqish tavsiya qilindi, deydi Akmal Nazarov. Bundan tashqari, aprel oyida Markaziy bankning xabari ham elon qilindi. Unda shunday deyiladi:

Prezidentimizning 2020 yil 3 apreldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qollab-quvvatlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi Farmoniga muvofiq, Markaziy bank tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga banklar tomonidan ajratilgan kreditlar boyicha tolovlarni amalga oshirish muddatini 2020 yilning 1 oktabriga qadar kechiktirish, shuningdek, joriy etilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy tasir korsatgan qarzdorlarning muddati otgan kreditlariga jarima sanksiyalarini qollash va undiruvni garov taminotiga qaratmaslik boyicha shart-sharoitlar yaratish va mavjud tartib-taomillarni soddalashtirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, nazorat talablari yengillashtirilganligi bilan bogliq chora-tadbirlar tijorat banklariga yetkazildi.

Biroq shunga qaramay, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida tijorat banklarida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan qarzdorlarni qollab-quvvatlash haqidagi qarorlar joylardagi filiallarga yetkazilmaganligi hamda ushbu qarorlar yuzasidan aholi ortasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmayotganligi, ayrim banklarda bunday qarzdorlarni qollab-quvvatlash masalasi korib chiqilmayotganligi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, mijozlar bilan aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, telegram-bot) uzluksiz ishlashi taminlanmagan.

Shu munosabat bilan, Markaziy bank tijorat banklari rahbarlarini karantin davrida markaziy telekanallarda, shu jumladan, Koronavirus infoda doimiy brifinglar otkazish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va blogerlar orqali bank bilan boglanish boyicha aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, telegram-bot) togrisidagi malumotlarni keng targib qilgan holda, mijozlar bilan ozaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi (shu jumladan, kop beriladigan savollarga batafsil javob berish) yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borishga chaqiradi.

Shu orinda, kredit tashkilotlarining qarz oluvchilariga ham murojaat qilamiz:

Kredit boyicha tolov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan song tolanilishi lozim.

Kelgusida qarz oluvchilarda qarz summasi oshib ketishining oldini olish maqsadida Markaziy bank joriy davr uchun kredit boyicha tolovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bolgan qarzdorlarga oz kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda sondirishni davom ettirishni tavsiya etadi.

Qolaversa, koronavirus pandemiyasining aholi va tadbirkorlik subyektlarida kreditlarni qaytarish bilan bogliq salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida ularning kredit tolovlari muddatlarini uzaytirish yuzasidan murojaatlarini korib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish boyicha kredit tashkilotlariga korsatmalar berildi.

Karantin davri yakunlangandan song kredit tashkiloti tomonidan belgilangan muddat ichida kredit shartnomasiga kiritiladigan ozgartirishlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish yuzasidan qarzdorning majburiyati qayd etilishi lozim.

Oz navbatida, karantin davri tugagandan song belgilangan muddat ichida qoshimcha hujjatlar qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilmagan taqdirda kredit shartnomasiga kiritilgan ozgarishlar kredit tashkiloti tomonidan bekor qilinishi va dastlabki shartnoma shartlari kuchga kirishini malum qilamiz.

Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan murojaatlarni masofaviy qabul qilish tizimlari yaratilmoqda. Ushbu masofaviy xizmatlar togrisida banklarning veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali qoshimcha malum qilinadi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2020 yil 3 apreldagi farmonining 11-bandida:

tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari boyicha tolovlarga 2020 yil 1 oktabrga qadar kechiktirish taqdim etish;

amalga kiritilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy tasir korsatgan qarzdorlarning muddati otib ketgan kreditlariga garov taminoti boyicha jarima sanksiyalari va undiruv choralari qollamaslik kozda tutilgan.

Ushbu tartib-qoidalardan kelib chiqib, mijoz tegishli tijorat bankiga ariza bilan murojaat qilish huquqiga egadir.

Toshtemir XUDOYQULOV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: