O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
25.02.2020

PAXTA TERISh MAShINASI MAVSUMDA PAXTA TERSA

qolgan vaqtlarda daladagi boshqa yumushlarni bajaradi

«O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarga Asaka banki tamonidan jurnalistlar uchun mediatur tashkil etildi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bank komagida Toshkent qishloq xojaligi texnikasi zavodi aksiyadorlik jamiyati va Uz CLAAS Agro mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan turli qishloq xojaligi texnikalari, traktor, kombaynlarning ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Dastlab mutaxassislar ishtirokchilarga aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar haqida malumot berdi.

Shundan song ishtirokchilar Toshkent qishloq xojaligi texnikasi zavodi AJda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Ayni paytda bu yerda ishlab chiqarilayotgan texnikalar Qozogiston, Qirgiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afgoniston, Pokiston, Ozarbayjon va Hindiston davlatlariga doimiy eksport qilinmoqda. Angliya, Germaniya, Amerika, Rossiya, Xitoy singari dunyoning yetakchi davlatlari bilan ham hamkorlik yolga qoyilgan. Yillik ishlab chiqarish hajmi 3 ming 500 dona traktor, 2 ming 500 ta tirkama va 1 ming 500 ta paxta teradigan mashina bolib, mingga yaqin ish orni yaratilgan.

Asaka banki tomonidan 2019 yil mobaynida Toshkent qishloq xojaligi texnikasi zavodi AJga paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish uchun 10 million AQSh dollari miqdorida kredit mablaglari ajratilgan. Shuningdek, 746 dona traktorni (TD 5.110, T6070, U 62) ishlab chiqarish uchun 30,5 million dollar va 2020 yil yanvar oyida yana 100 dona paxta terish mashinasini ishlab chiqarish uchun 8,3 million dollar miqdorida mablag moliyalashtirildi.

– Otgan yili korxonamiz tomonidan 11 turdagi 2 ming 659 dona texnika ishlab chiqarildi, deydi jamiyat bosh direktori Muhriddin Boyquvatov. Bunda mazkur bank bilan ozaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega boldi. Shuningdek, tizim faoliyati yanada rivojlantirilib, ishlab chiqarish imkoniyati kengaydi. Korxonada traktorlar, tirkama va paxta terish mashinalari tayyorlash yangi sifat darajasiga kotarilgan. Xususan, ishlab chiqarish liniyalari zamon talabi asosida texnologik jihatdan zarur jihozlar bilan taminlangan. Qora va rangli metallarni payvandlash, qayta ishlash, shtamplash, traktor kabinalari yasash va boshqa turdagi ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish, boyash liniyalarida jadal ish olib borilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvdan foydalanib yana shuni aytmoqchi edimki, traktorlarning motoridan tashqari deyarli barcha qismi ozimizda mahalliylashtirilgan dastur asosida ishlab chiqarilmoqda. Etiborli jihati, avvallari traktor kabinalarida uning haydovchisiga hech qanday qulaylik yaratilmagan. Yani, kunning jazirama issigida va qishning qahraton sovugida uning kabinasida otirib boshqarishning ozi kishidan matonat talab qilardi. Mana, bugungi traktor kabinalarini koring, yengil avtomashinalarning salonidan hech qolishadigan joyi yoq. Barcha qulaylik mavjud.

Bundan tashqari, yana bir yangilik haqida ham toxtalib otmoqchi edim. Korib turganingiz — NEW HOLLAND TD5.110 paxta terish mashinasi aslida oddiy traktor. Respublikamizda paxta terim mavsumi 1,5 yoki 2 oy hisoblanadi. Shu mavsumda bu traktor paxta terish mashinasiga aylanadi. Qolgan vaqtda, dala yumushlarini bajaradi. Buni xarid qilgan fermer xojaliklariga juda katta yordami tegadi.

Mediatur davomida jurnalistlar Ozbekiston Janubiy Koreya hamkorligida tashkil etilgan Qishloq xojaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi masuliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Ushbu markazda bugungi kunda qishloq xojaligi uchun muhim texnikalar ishlab chiqarishda ilmiy-tadqiqotlar olib borish, tajriba-konstruktorlik ishlarini yuritish va texnologik loyihalashtirish kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Markaz mutaxassislarining olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari va say-harakatlari tufayli otgan vaqt davomida 20 dan ziyod milliy kashfiyotlar qilindi. Masalan, yangi yaratilgan, 110 ot kuchiga ega zamonaviy, milliy brendi ZAMIN rusumli traktor turli korgazmalarda ishtirok etdi. Hozir ushbu traktor sinov tajribalarida qatnashmoqda. Bundan tashqari, yosh mutaxassislar tomonidan barcha qulayliklarga ega traktor tirkamasi yaratilib, ishlab chiqarishga joriy etildi.

Jurnalistlarga ushbu markaz faoliyati, bu yerda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, yaratilayotgan sharoit haqida atroflicha malumot berildi. Kelgusidagi loyihalar, hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy-texnik izlanishlar samarasi aks ettirilgan qishloq xojaligi texnikalari korgazmasi ham namoyish etildi.

Shundan song Uz CLAAS Agro Ozbekiston Germaniya qoshma korxonasidagi ishlab chiqarish jarayoni kozdan kechirildi.

Mazkur qoshma korxona 4 ta ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ular Germaniyaning Claas Central Asia Investment kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan Dominator 130 kombayni, Arion 630S hamda 102 ot kuchiga ega universal Axos 340C haydov traktori va tirkamalar, shuningdek, goza qator orasiga ishlov berish uchun moljallangan Axos 340 3W HC rusumli uch gildirakli traktorlar ishlab chiqarilmoqda. Barcha turdagi texnika vositalari zarur sertifikatlarga ega, xalqaro standartlarga mos. Bundan tashqari korxona mutaxassislari har yili tajriba almashish uchun Germaniya, Fransiya va Vengriya davlatlaridagi CLAAS konsernining zavodlariga malaka oshirish uchun yuboriladi.

Joriy yilning mart oyida ushbu korxona tashkil topganiga 10 yil toladi. Otgan vaqt mobaynida bu yerda 1 ming 900 donadan ortiq galla orish kombaynlari, 2 ming 300 dan ortiq turli xildagi traktorlar va 700 ga yaqin chorvachilik uchun ozuqa tayyorlashda ishlatiladigan qishloq xojalik texnikalari ishlab chiqarilgan. Joriy yilda esa 700 dona turli xildagi qishloq xojaligi texnikalari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda ishlab chiqarilgan texnikalarga servis xizmati korsatish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida Uz CLAAS Agro MChJning markazlari tashkil qilingan. Servis markazlari negizida korxonada ishlab chiqarilgan texnikalarni sotish maqsadida mijozlarni topish uchun dillerlik markazlari tashkil qilingan. Dillerlar har bir hududning ozida yangi tashkil qilinayotgan qishloq xojaligi klasterlari va dehqon xojaliklari talablarini organmoqda. Kerakli qishloq xojaligi texnikalariga shartnomalar tuzadi. Bu esa ularga yanada qulaylik yaratilganidan dalolatdir.

Ushbu say-harakatlarni etiborga olgan holda 2019 yil yanvar oyida Asaka banki tomonidan Uz CLAAS Agro MChJ QKga qishloq xojalik texnikalarni ishlab chiqarish uchun 40 million AQSh dollari miqdorida kredit mablaglari yonaltirildi.

Mediatur davomida mutaxassislar qoshma korxona tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, mahsulot turlari va korxonani rivojlantirish istiqbollari haqida atroflicha malumot berdi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: