O'zb  
 
07.05.2019

HUMO MILLIY TOLOV TIZIMI: YANADA QULAY, YANADA ISHONCHLI

Milliy matbuot markazida «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblarni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani otkazildi.

Tadbirda respublikamizda turizmni rivojlantirish va turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Asaka aksiyadorlik tijorat banki birinchilardan bolib MasterCard, UnionPay va UzCard tolov tizimlarining kartalarini bankomat yoki terminalda xizmat korsatish amaliyotini joriy qilgani ta’kidlandi. Shuningdek, ushbu moliya muassasasidan yana bir yangilik: endilikda ushbu bankomatlar joriy yilning may oyidan boshlab Humo milliy tolov tizimining kartalariga ham xizmat korsata boshlashi togrisida malumotlar berildi.

— Prezidentimizning 2018 yil 19 sentabrdagi Milliy tolov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ijrosiga asosan bank tomonidan Toshkent shahar hududida jami 1 ming 550 dona Humo milliy tolov tizimiga mansub tolov terminali ornatildi, deydi Asaka aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi orinbosari Boboxon Abdullayev. Ayni kunda Humo milliy tolov tizimi viloyatlarda ham tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, bugungi kunda respublikamizning barcha viloyatlarida bankning 27 filiali, 16 ta tunu kun ishlaydigan 24/7 (bir hafta davomida kunu tun ishlaydigan) shoxobchasi, 70 bankomat va 98 infokioskasi mijozlar xizmatida. Shuningdek, bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 1,8 million donani tashkil etsa, ornatilgan terminallar soni 11 mingdan oshgan.

Qolaversa, mijozlarga qulaylik yaratish va masofaviy xizmatlar kolamini kengaytirish maqsadida Asaka mobile mobil ilovasini ham joriy qilgan. Ushbu ilova orqali kartadan kartaga pul otkazish, onlayn omonat ochish, onlayn konversiya amaliyotini otkazish, kreditlarni sondirish, kommunal, byudjet, soliq, internet va boshqa xizmatlar boyicha tolovlarni otkazish imkoniyati mavjud. Asaka mobile mobil ilova orqali oilaviy kartalarni boshqarish yangi xizmat turi amaliyotga tatbiq etildi. Bu xizmat turi orqali mijozlar oila azolariga qoshimcha kartalar olishi va oz hisob raqamidan ozi belgilagan limit doirasida amaliyotlar bajarishi mumkin.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: