O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
30.04.2019

AGROBANK KREDITLARI OZARO ISHONCHGA, YANGI ISH ORINLARI YARATILISHIGA XIZMAT QILMOQDA

2019 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, «Agrobank» ATB tomonidan ajratilgan investitsion kreditlar qoldigi 4 trillion 974 milliard somni tashkil etdi. Ushbu kreditlar sanoat, qishloq xojaligi, qurilish va transport, moddiy-texnik ta’minotiga hamda iqtisodiyotning boshqa sohalariga yonaltirildi. Mazkur ishlar bilan tanishtirish maqsadida OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.

Birinchi manzil Toshkent viloyati, Oqqorgon tumanidagi Maxim gold tex AJ boldi. 132,7 milliard som miqdoridagi Agrobank krediti hisobidan faoliyatini boshlagan mazkur korxona paxta tolasidan kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2018 yilda 51 milliard somlik kalava ip ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda 250 ishchi mehnat qilayotgan Maxim gold tex mahsulotlari ichki bozordan tashqari xorijga ham chiqarilmoqda.

Oqqorgondan Parkent tumani tomon yurdik. Lalaku gigiyenik mahsulotlari tayyorlanadigan Soft gigienik MChJ faoliyati bilan tanishdik. Korxonada yiliga 2 million donadan ziyod bolalar gigiyenik vositalari ishlab chiqarilayotgan ekan.

— 2009-2010 yillarda biznes rejamizni olib, bazi bir banklarga borganimizda bizga ishonishmagan edi, deydi Soft gigienik MChJ muassisi Habibulla Abdiyev. Agrobankdagilar esa bizga 395 ming AQSh dollari miqdorida kredit berishdi. Qibrayda ish boshladik, barchasi reja asosida ketayotgandi, sekin-asta kreditning bir qismini ham toladik. Keyinchalik kichkina oglim biznesni kengaytirish uchun bankdan 970 ming AQSh dollari miqdorida yana qarz oldi.

Shundan song faoliyatimizni Parkentda davom ettirdik. Lalaku 3-4 yil avval bizni bozorda umuman yoq edi. Tanishlarim Ozbekiston bozorida bolalar gigiyenik vositalariga talab kam boladi, ishni boshlashdan avval yaxshilab oylab kor, deb aytishgandi. Hozirgi kunda mahsulotlarimiz xorijnikidan arzon, mahalliy mahsulotlar bilan bir xil narxda. Lekin boshqalarga qaraganda bir muncha qulayliklari bor bolib, materiali toqib chiqarilgan. Ishlab chiqarish jarayoni juda ham murakkab, lekin bola va onaga shunga yarasha qulayliklar yaratadi.

Mazkur bolalar gigiyenik vositalari uchun daraxtdan olingan paxta xomashyosini ishlatamiz. Bunday paxta Braziliya, AQSh, Tailandda yetishtiriladi. Gozani paxtasiga suv tushsa bir joyda toplanib qoladi, tarqalmaydi. Lekin yogochni paxtasi shimuvchan boladi. Shuning uchun gigiyenik ishlarda yogoch paxtasidan foydalaniladi.

Bir gramm miqdoridagisi 100 gramm suv shimib oladigan materialimiz bor. Uni siqsangiz ham suv qaytib chiqmaydi, ushbu materialni Fransiyadan olib kelamiz. Mahalliy mahsulotlardan foydalanish boyicha ham izlanishlar olib borayapmiz. Yaqinda mahalliy kleylardan namunalarni laboratoriyaga jonatdik.

Banklarning kredit bolimlarida oz fikriga ega, tahlil qila oladigan mutaxassislar faoliyat korsatishi kerak, deb oylayman. Sababi kredit oluvchini maqsadini tushunadigan, kelajagini bashorat qila oladigan, bir soz bilan aytganda, odam ajratadigan bolishi lozim. Ana shunda kredit muammoga aylanmaydi. Maqsadli sarflanadi. Ish orinlari kopayadi. Har ikki tomon uchun ham manfaatli boladi. Albatta, men ham foyda korganman, vaqtida foizini ham tolaganman. Bugun 10-15 milliard AQSh dollarilik oldi-sottimiz ham bank orqali bolyapti, bankni xizmati bormi, daromadini olyapti, bu pul aylanmasi. Bank oz resursini kerakli joyga ishlatishi kerak. Shunda bankning rejasi bajariladi, boyiydi. Agar bank ishini togri yolga qoymasa, pul aylanmasi kamayadi, qotib qolib, faqatgina pul saqlovchi vazifasini bajaradi. Pulni aylantirish uchun kreditlar berib, odamlarni uygotib, ishga solish kerak.

Kreditdan maqsad nima? Bir fuqaroni yaxshi goyasi bor, lekin mablagi yoq. Osha odam kredit oladi. Kredit bu xamirturush. Non qilish uchun xamirturush kerak. U bolmasa non ham bolmaydi. 2017 yili 2,5 milliard AQSh dollari miqdorida kredit olib, dastgoh sotib oldik va ishimizni kengaytirdik. Ozimizni pulimiz yetmasdi. Keyin ishlab chiqarishni rivojlantirish evaziga kreditni yopdik.

Bugungi kunda korxonamizda Lalakudan tashqari Soft Prima Sahara va Jonny baby nomli brendlar asosida bolalar gigiyenik vositalari ishlab chiqaryapmiz. 3 smenada ishlayapmiz. 200 dan ortiq ishchimiz bor. Ichki bozordan tashqari Qirgiziston, Tojikiston, Turkmanistonda mahsulotlarimizga talab bor. Shu kunlarda Turkiya va BAA davlatlariga sinov uchun tovar yuborganmiz. Yaqinda yana ikkita uskuna olib kelib ornatmoqchimiz. Bu rejamiz amalga oshgach, yana 100 dan ortiq odam ish bilan taminlanadi.

Bugungi kunda koplab banklar kredit taklif qilishmoqda. Lekin chanqab turganingizda suv bergan, omad ketganida suyanchiq bolgan Agrobank biz uchun qulay va qadrli. Shuning uchun barcha pul aylanmalarimizni Agrobank orqali amalga oshiryapmiz.

Agrobank tomonidan otkazilgan press-tur davomida bilganlarimizdan, bilmaganlarimiz kop ekanligiga yana bir bor amin boldik.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: