O'zb  
 
11.09.2014

RAVON YOLLAR XALQIMIZ FAROVONLIGI, BUNYODKORLIK QUDRATI TIMSOLI

Qachon odamzod o‘zini yanada kuchli, qudratli sezadi? Qachon kishi bunyodkorlik ishlariga qol uradi? Qachonki, oilasida totuvlik, ishida ragbat, yurtida tinchligu osoyishtalik barqaror bolsa. Qachonki amalga oshirilayotgan islohotlar turmushining farovon bolishiga, hayotining yuksalishiga xizmat qilsa...

MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA DAVLATIMIZ RAHBARI POYTAXTIMIZDA OLIB BORILAYoTGAN KENG KOLAMLI OZGARIShLAR, YaNGILANIShLAR BILAN YaQINDAN TANIShDI. XUSUSAN OLMAZOR TUMANINING BERUNIY KOChASIDAN BOShLANIB, ShAYXONTOHUR TUMANI XURShID KOChASIGA QADAR DAVOM ETGAN, YOLNI HAM KOZDAN KEChIRDI.

Aytish kerakki, mazkur qurilish loyihasi ota qisqa muddat — shu yilning aprel oyidan boshlanib, Istiqlol bayrami arafasida qurib bitkazildi. Shu orinda qisqacha ma’lumot:

Toshkent shahar hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injinering kompaniyasi buyurtmachi bolgan mazkur loyihada Ozavtoyol davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Avtomagistral ixtisoslashtirilgan avtomobil yollarini qurish va tamirlash birlashmasi bosh pudratchi sifatida ish olib bordi.

Ushbu yolga tungi yoritish moslamalari, yol belgilari, chorrahalarda svetoforlar ornatildi. Shuningdek, 4,8 kilometr masofaga yolni ajratuvchi temir panjara, 10,2 km.lik yolning ikki tarafiga temir-beton ariqlar, yana shuncha masofaga eni 2 metrdan iborat yolning har ikki tomoniga piyodalar yolakchasi, 10 km. piyodalar yolagi yonidagi himoya panjaralari ornatildi. Shunisi quvonarliki, yol qurilish ishlarida asosan, ozimizning texnikalar Samarqandda ishlab chiqarilgan 66 ta MAN rusumli yangi ozi agdargich yuk avtomobili, Xorazmda ishlab chiqarilgan 5 ta XCMG ekskavatori, shuningdek, 180 dan ortiq turli yangi maxsus texnika tunu kun ishladi.

Umuman ushbu yol poytaxtimizning Eski shahar qismida yashaydigan aholining uzogini yaqin, ogirini yengil qilish bilan birga, ularning kundalik hayotiga, yashash tarziga ham ozgacha ruh, kayfiyat olib kirdi. Agar etibor berilsa, Eski shaharning uzviy bolagi bolgan bu hududda ham yollar tor, uylar tartibsiz qurilgan bolib, asosan paxsa yoki xom gishtdan iborat edi. Buning ustiga landshaft, yani atrof-muhitni kokalamzorlashtirish, unga mos ravishda ijtimoiy infratuzilmani yaratishga umuman etibor qaratilmagan edi. Uy-hovlilar bilan, yonma-yon bir qatorda, hech bir sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan, aralash-quralash, turli yonalishlardagi kichik-kichik ishlab chiqarish sexlari ham qurilgan edi. Bunday sharoitda kokalamzorlashtirish ishlari olib borish, aholi hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratishning sira iloji yoq edi.

Prezidentimiz yaqinda mazkur yol qurilishi bilan tanishar ekan, shu hududdagi mahallalar oqsoqollari, faollari, jonkuyarlari bilan dildan suhbatlashdi. Shuningdek, Eski shahar aholisining hordiq chiqarishini mazmunli tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga qoshimcha korsatmalar berdi.

Yol qurilishi munosabati bilan uylari buzilgan oilalarga ozlari istagan hududdan barcha qulayliklarga ega uy-joylar berildi, ularning xohishiga qarab, ayrimlariga yer-uchastkalar ham ajratildi.

Odatda yashab kelayotgan uyi buzilsa, kishining kongli buziladi. Siz hozir qanaqa kayfiyatdasiz? deya, suhbatga chorlaymiz, ozini Matluba Rahimova deb tanishtirgan ayolni.

Men 1994 yildan buyon Gafur Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida farrosh bolib ishlayman. deydi, u. Bahor kochasidagi bor-yogi 3 sotix bolgan 58-uyda, tortta alohida rozgor qaynimning oilasi, ikki farzandimning oilasi va biz turmush ortogim bilan jami 11 jon siqilib yashab kelayotgan edik. Umr yoldoshim bilan anchadan beri ikki yosh oilani alohida qilib kop qavatli uyga chiqarib yuborishni oylab yurardik. Lekin bunga qolimiz biroz kaltalik qilayotgan edi. Uyimiz orniga tushgan yangi yol qurilishi munosabati bilan bizga shahar hokimligi tomonidan 2 ta ikki xonali, 2 ta uch xonali uy ajratildi. Bu shinam uylarni, nabiralarimning keng va yorug xonalarda yayrayotganini korib, xursandligimdan kozimga yosh keladi. Axir, ozingiz oylang, barcha qulayliklarga ega, eng muhimi, har biri alohida-alohida bolgan zamonaviy uylarda emin-erkin yashaganga nima yetsin?! Bunday baxtdan kim ham suyunmaydi, deysiz?!

Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan odilona siyosat tufayli bugun turmushimiz yana ham yuksalyapti, hayotimiz tobora farovonlashib bormoqda. Buning isbotini mana men ozimning oilam misolida korib, shohidi bolib turibman. Ayni paytda yuragim quvonchga tolgan. Yurtboshim haqiga bir umr duo qilaman, iloyo, umrlari uzoq bolsin...

Bu yerda mana shunday qisqa muddatda amalga oshirilgan ishlarning barini aytadigan bolsam, yozib olishga ruchkangizning siyohi yetmaydi, deydi Hurriyat kochasi, 4-tupikda yashovchi, onaxon Shoira Dostmuhammedova. Mayli, hech bolmasa, ularning ayrimlarini ayta qolay. Oldinlari mana shu onqir-chonqir, tor-jin kochalardan farzandu nabiralarimni maktabga olib borib, olib kelish azob edi. Ayniqsa, qish paytlari uylarning tarnovidan erib oqayotgan suvlar bir qiyinchilik tugdirsa, kochaning torligi va buning ustiga, uning sirpanchiqligi yana bir noqulaylik yaratar edi.

Hozir-chi? Shundoq uydan chiqib, ottiz qadam yurmasdan katta kochaga yetib olasiz. Zamonaviy qilib qurilgan bekat. Har besh-etti daqiqada avtobus, marshrutkalar gizillab qatnab turibdi. Bu yogi maktabgacha bir qadam.

Ilgarilari-chi? Yol bir tomonlama bolishiga qaramasdan, mashinalar ikki tomonlama otib-qaytar va ortidan kotarilgan chang-tozondan nafas olib bolmasdi. Ularning tutunini aytmaysizmi, shundoq dahlizdan otib, yashaydigan xonamizga kirib dimoqqa urilardi.

Endi-chi?! Ortasi beton tosiqlar bilan ajratilgan ravon yollar barpo etildi. Svetoforlar ornatildi. Yol yoqasidagi gulzoru obodonchilik, qulay kommunikatsiya tizimini aytmaysizmi? Bilasizmi, mahallalar koksiga shabada tegadigan bolib qoldi, havo ham toza, atrof kokalamzorlashtirilgan. Hozirda atrofni yanada obodonlashtirish ishlari davom etayapti. Bu ishning boshida turganlarni hammamiz duo qilyapmiz.

Yangi yoldan hamrohim, fotomuxbirimiz Sanjarbek bilan yengil mashinada harakatlanar ekanmiz, kochaga ornatilgan zamonaviy, oziga xos tungi yoritgichlarni, aniq-tiniq yol harakati qoidalari belgilarini, kochaning har ikki tomoniga bir-biriga monand tarzda joylashtirilgan afisha va reklamalarni korib, kozimiz quvnaydi. Biroz yurganimizdan song, shundoq kocha yuzida suhbatlashayotgan odamlar yonida toxtadik.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorliklar: yangi yollar, kopriklar, ularga mos ravishda qurilayotgan zamonaviy uylar majmuasi, infratuzilma obyektlari, bir soz bilan aytganda, juda ham katta obodonlashtirish ishlarini korib, kishi quvonadi, kayfiyati kotariladi, deydi Guzarboshi mahallasi raisi, OzXDP faoli Tursunxoja Ergashev. Yangi yol ochilishi munosabati bilan Prezidentimiz tashrif buyurib, biz bilan bolgan muloqotda bu yol qurilishi, umuman, Eski shaharda yashayotgan aholining munosib ijtimoiy-madaniy hayoti va kelgusida turmush darajasining yuksalishi bilan bogliq masalalar etti olchab, bir kesishdek obdon oylanib, amalga oshirilayotgan ishlar ekanini alohida takidladi. Hali bular katta yangilanishlarning debochasi ekan...

Darhaqiqat, istiqlol yillarida mamlakatimizda xalqimiz yuksak qadriyatlari, turmush-tarzidagi muhim va oziga xos jihatlar ota nozik va hushyorlik bilan inobatga olingan milliy shaharsozlik maktabi vujudga keldi. Qurilish industriyasi barpo etildi. Unga mos ravishda qurilish bozori shakllantirildi. Aynan uzoqni oylab amalga oshirilgan islohotlar natijasida yurtimizning har bir goshasi shahar boladimi, tuman markazimi yoki chekka viloyatning eng chekka qishlogimi, bundan qati nazar, bu bunyodkorliklar ortasida uygunlik, mantiqiy uzviylik paydo boldi.

Bir soz bilan aytganda, mazkur yol qurilishi loyihasi, Prezidentimiz takidlaganidek, Eski shaharni obodonlashtirish, qiyofasiga yangicha mazmun kiritish bilan bogliq yangi ishlarning boshlanishidir. Asosiysi, bunday ozgarishlar tufayli odamlarimiz, xalqimiz turmushi farovonlashmoqda, hayot tarzi tobora yaxshilanib bormoqda.

Obiddin MAHMUDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: